Tana zabonining yetti doirasi
1
. Tashqi ko’rinish.
Sochingiz jingalakmi yoki boshqa rangga bo’yalganmi?
Sochlaringiz orqa tomonga turmak qilinganmi, yoki kesilganmi?! Sochlaringiz
chiroyli va zamonaviy qilib turmaklanganmi, yoki pala partishmi?! Egningizda
atlasmi yoki shim-kostyummi? Bo’yalganmisiz yoki o’sma qo’yganmisiz?
Ro’moldamisiz, yoki boshingiz ochiqmi? Tilla zanjirdamisiz yoki hyech narsa
taqmaganmisiz? Yoshmisiz, yoki yoshi o’tganmisiz?! Mashinadamisiz, yoki
oyoqdamisiz?! Mana shularning barchasi siz haqingizdagi ma’lum ma’lumotlarni
boshqalarga uzatib turadi. Tashqi ko’rinish inson haqidagi ma’lum informasiyani
yaqqol namoyon etadi. Tashqi ko’rinishdan inson moddiy ahvoli, kelib chiqishi,
ijtimoiy holati borasidagi ilk ma’lumotlarni darrov qabul qilish mumkin. Masalan,
odatda zamonaviy kiyingan, sochlari bo’yalgan, o’ziga aro berib yuradigan ayolni siz
kalish-maxsida, boshiga ko’k rangdagi ro’mol o’ragan, milliy kiyimda, mungli
ahvolda ko’rsangiz, birinchi qiladigan xulosangiz, ―Bu ayol azador bo’libdi-da‖
degan xulosa bo’ladi. Ya’ni, tashqi ko’rinish mazkur ayol hayotida kechgan
voqyealar borasidagi ma’lum axborotni atrofdagilarga tarqatish uchun xizmat qiladi.
2.
Vaqt.
Vaqt hamda vaqtga bo’lgan munosabat inson haqida aniq ma’lumotlarni
olishga yordam beradi. Siz uchrashuv uchun ertalabni tanladingizmi yoki kechki
paytni? Siz biror odamni 60 minut kutasizmi, yoki 2 minutdan so’ng, kutmasdan
ketib qolasizmi? Yoki, siz o’zingiz uchrashuvga tayinlangan vaqtda, kechikmasdan
kelasizmi, yoki har doim kechikib yurasizmi? Siz tanigan odamni ko’rib, darrov
88
ro’parasiga chiqasizmi, yoki uning o’zi oldingizga kelishini kutib turasizmi?
Bularning barchasi siz haqingizdagi ma’lum axborotlar manbai bo’lib xizmat qiladi.
Agar siz uchrashuvga kechikib kelsangiz-u, darrov kechirim so’rab, o’zingizni
aybdorday xis qilsangiz, demak, siz odatda kechikib yuradigan odam emassiz,
kechikishingiz uchun biror sabab mavjud, ataylab bunday qilmagansiz,
kechikkaningiz uchun o’zingiz hijolatdasiz. Ammo agar kechikib kelgandan so’ng,
uzr ham so’ramasangiz, demak, siz tarbiyasiz, qo’rs odamsiz, yoki kutayotgan
odamning kekkaygan boshlig’isiz. Demak, vaqtga munosabat masalasi ham inson
xarakterini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi.
3.
Ijtimoiy ahvolingiz.
Odamning ijtimoiy ahvoli uning tashqi ko’rinishingizdan
yaqqol ko’rinib turadi. Ijtimoiy ahvol va tashqi ko’rinish masalasi odamning na faqat
qaysi sohada ishlashi, oilasining to’kinlishi, uning boyligi, yoki kambag’alligi,
shaharlik, yoki qishloqlik ekanligini oydinlashtirishga xizmat qiladi. To’kin yashash
ramzlarining mavjudligi, biror guruhga taalluqlilik, boylik, mashina, zebu-ziynat
kabilar siz to’g’ringizdagi ma’lum axborotlarni doimiy uzatib turadi. Ijtimoiy ahvol
shuningdek, agar inson juda kam zebu-ziynat ishlatgan bo’lsa ham, ammo kiyimining
qanday bichuvda tikilganligi, materiallarning to’la-to’kisligi, uning razmeri
masalalarda ham o’zini namoyon qiladi. Zadagonlarga tegishli oilalarda juda sodda,
zebu ziynatsiz, ammo xushbichim kiyiinish targ’ib qilinadi. Zebu ziynatning
ortiqchaligi madaniyatsizlik va didsizlik alomati sifatida baholanadi. Yangi boy
bo’lgan odamlar esa, o’zining boylar qatoriga qo’shilganligini namoyon qilish
maqsadida, ko’pincha zebu ziynatni ko’p ishlatishadi. Demak, odamning tashqi
ko’rinishi uning ijtimoiy mavqyeini aniqlashga ko’mak beradi.
4.
Yaqinlikni ko’rsatuvchi alomatlar
. Inson boshqa insonlar bilan bo’ladigan o’z
muloqotida ularning nechog’li o’ziga yaqinligini ko’rsatuvchi alomatlarni ham
bildirib turadi. Masalan, qo’l berib salomlashish, quchoqlashish, yelkaga urib
qo’yish. Toshkentlik yigit-qizlar hyech qachon o’zaro qo’l berib so’rashmaydilar.
Ammo viloyatlardan kelgan yigit-qizlar orasida qo’l berib salomlashish urf-odati
keng tarqalgan. Shu bois, viloyatdan kelgan yigit toshkentlik qizga qo’lini uzatib,
salomlashmoqchi bo’lsa, qiz bola uning qo’lini olmasligi tabiiy. Chunki toshkentlik
qiz bu narsani behurmatlik alomati hisoblaydi. Viloyatdan kelgan yigit uchun esa qiz
bola uning qo’lini olmaganligi – uni mensimaganligi, hurmat qilmaganligi, o’zini
―katta‖ olganligi belgisi bo’ladi. Aslida, qiz bola va har qanday ayolga erkak kishi
birinchi bo’lib qo’l uzatishi madaniyatsizlik alomati hisoblanadi. Shu bois, bu narsa
toshkentliklarda targ’ib qilinmaydi. Shu bilan birga, ayol va erkak salomlashish
qonun qoidalarida, ya’ni etiketda ham, faqatgina ayol kishi o’zi birinchi bo’lib qo’l
uzatsagina, unga qo’l berib salomlashish mumkinligi ta’kidlanadi. Ya’ni, ayol kishi
qarshisida turgan odamning o’ziga yaqinligi me’yorlarini o’zi belgilaydi. Demak,
insonlararo munosabatlarni ko’rsatib turuvchi maxsus makon mavjud. Mana shu
makon insonlarning o’zaro yaqinligiga qarab turib, qisqarishi, yoki kengayishi, tabiiy
holdir. Tana zabonida kuyidagi turdagi xatti-harakatlar ajratiladi:
- yaqin tanishlarning o’z xatti-harakatlari;
- rasmiy hatti-harakatlar;
- doimiy xatti-harakatlar;
- kichik bir guruhda qabul qilingan xatti-harakatlar.
89
Masalan, hozir, Toshkentda o’g’il bolalarning salomlashishida boshining bir
chekkasini o’zaro urishtirib qo’yish urf bo’lgan. Ammo, katta yoshdagilar hyech
qachon boshini urishtirib, salomlashmasligi ayon. Begona odamlar o’zaro yaqinlik
alomatlarini ko’rsatuvchi harakatlarni ishlatmaydilar. Begona odam dabdurustdan
sizning yelkangizga urib, salomlashsa, ―bu – odam jinni ekan‖, deb o’ylashingiz
tabiiy. Ammo sizga yaqin, ammo uzoq vaqt siz ko’rmagan odam siz bilan o’z
yaqinligini ko’rsatuvchi alomatlardan xoli bo’lgan rasmiy salom-alik yo’lini tanlasa
hamda sizga ―sovuq‖, yoki ―rasmiy‖ munosabat bildirsa, siz uni yoki biror narsa
bo’lgan, yoki ―u kekkayib ketibdi‖, degan xulosalarni qilasiz.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: |