Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Ochiq va aniq savollardan foydalaning!



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

7. Ochiq va aniq savollardan foydalaning!
Konflikt vaziyatida tomonlar 
muloqoti imkon darajasida har ikki tomonga tegishli bo’lgan axborotlarni yig’ish va 
tahlil qilish asosiga qurilmog’i lozim. Aslida konflikt emosiyalar to’qnashuvidan 
axborotlar almashuviga o’tilishi asosida yechiladi. Shu bois, suhbat, ya’ni muloqot 
jarayonida ochiq va aniq savollar beribgina siz boshqa inson sizdan nimani 
so’rayotganligini, uning qanday talablari mavjudligi, uning xissiyotlari va xulosalari 
nimalarga asoslanganligini to’g’ri tushuna olasiz.
Ammo, ochiq va aniq savollar – nima?! Ochiq va aniq savollar bu - «ha» yoki 
«yo’q» so’zlari javob sifatida ishlatilmaydigan, keng javob bo’la oladigan, sizning 
savolingizga opponentingiz har tomonlama to’liq javob bera oladigan savollardir.
Nima uchun ochiq va aniq savollar ishlatilishi lozim?! Chunki siz o’z 
opponentingiz borasida keng ma’lumotlarni uning o’zidan olishingiz lozim. Agar u 
sizning barcha savollaringizga faqat ―ha‖ yoki ―yo’q‖ deb javob beraversa, siz 
opponentingiz haqida juda kam va noaniq ma’lumotlar to’play olasiz xolos. ―Ha‖ va 
―yo’q‖ javoblari sizga opponentingiz kayfiyati, munosabati, xulosalari, xissiyotlarini 
to’la va asosli namoyon qila olmaydi.
Shu bilan birga ―ha‖ va ―yo’q‖ ko’proq siz shakllantirgan xulosalarga bo’lgan 
ijobiy yoki salbiy munosabatni anglatadi. Bunday javoblar – sizning 
munosabatingizga bo’lgan noaniq javob bo’la oladi xolos. Ya’ni, opponentingiz 
xulosalari va xissiyotlari ikkinchi planga o’tib qoladi. Opponentingiz fikrlarini aniq 
tasavvur etmaslik esa konflikt yechimi jarayonida noto’g’ri xulosalar qilinishiga olib 
kelishi mumkin.
Shu bilan birga, siz ochiq va aniq savollar berish orqali uni qiynayotgan fikr-
o’ylarning tashqariga chiqishiga yordamlashasiz. Opponentingizga shunday savollar 
berish orkali uning muammolari siz uchun befarq emasligini, siz uning shaxsi va 
so’ziga etibor berayotganligingizni ko’rsatasiz. U – tinchlanadi. U - o’zining yakka 
emasligini anglaydi. Unda ishonch hosil bo’ladi. Ochiq va aniq savollar orqali u o’z 
dardlarini gapira boshlaydi. Sizning eshitishingiz esa undagi ishonchni qayta tiklaydi. 
O’rtada –ochiq va aniq muloqot o’rnatilishi uchun asos yaratiladi. To’g’ri tashkil 
qilingan muloqot esa tomonlarni bir biriga yaqinlashtiradi, konflikt va muammoni - 
bir tomon, ularga qarshi qaratilgan tomonlarni, ya’ni siz va opponentingizni - bir 
tomon qilinishiga ko’mak beradi. Ochiq va aniq savollarga kuyidagi misollarni 
keltirish mumkin: 
Ochiq va aniq bo’lmagan savollar
: - Sen charchadingmi?! 
- Sen borasanmi? 
- Bolalar yaxshimi?!
Ochiq va aniq savollar
: - Bo’lib o’tgan voqyea senga qanday ta’sir o’tkazdi? 
Nimalarni o’ylading, nimalar seni qiynadi?! 
- Nima uchun sen ―sinfdoshlar uchrashuviga‖ borishga qaror qilding? 
Sinfdoshlar uchrashuviga borib, nimalarni ko’rmoqchi va bilmoqchi eding?! 
- Men ketgandan so’ng, bolalar nima qildi? Sen ularga mening yo’qligimni 
qanday tushuntirding? Ular nima deyishdi? Hafa bo’lishdimi? Sen o’zing qanday 


84 
kayfiyatda bo’lding? Sen nimalarni o’ylading?! Bolalar uchun qanday javob 
tayyorlading?! O’zing bo’lib o’tgan voqyea haqida nimalarni o’ylaysan? 
Ochiq va aniq yo’naltirilgan savollarga faqat ―ha‖ yoki ―yo’q‖ deb javob berib 
bo’lmaydi. Albatta, biror holat, yoki vaziyat, yoki xissiyotni to’la bo’lmasa ham, 
kengroq tarzda so’zlab berishga inson majbur bo’ladi. Ana shunday vaziyatda siz o’z 
opponenetingiz so’zlarini samimiy e’tibor bilan tinglasangiz, o’rtada samimiy 
muloqot uchun sharoit yaratiladi. Shu bilan birga, agar konflikt eng yaqin odamlar 
o’rtasida yuz bergan bo’lsa, oilaviy tashvishlar, farzandlar borasidagi umumiy 
qarashlar tomonlarni samimiy muloqotga undovchi omillar hisoblanadi. Esingizda 
bo’lsin, samimiyat samimiyat yaratadi, yaxshilik yaxshilikni keltirib chiqaradi, 
kechirimli bo’lsangiz, sizni ham kechirishadi, iliq munosabat bildirsangiz sizning iliq 
munosabatgiz ham bejavob qoldirilmaydi.
Agar konfliktdan so’ng tomonlar umuman ajralib ketsa ham, tomonlar o’zaro 
hurmat, biri birini xo’rlamaganlik, biri birini yerga urmaganlik, bir birini 
nafsoniyatiga tegmaganlik asosida ajraladi. Bu esa – tomonlarni o’z insoniy nufuzi va 
qadriyatlarini saqlab qolinishiga imkon yaratadi. 
8.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish