Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

5.
 
Birovning his-tuyg’ulariga e’tiborli bo’lish

Konfliktlarda manfaatlar to’qnashuvidan tashqari emosional-xissiy to’qnashuv 
ham yuz beradi. Ya’ni, emosional-xissiy qarama-qarshilik mavjud nizoning tashqi 
ko’rinishi sifatida o’zini namoyon etadi. Konfliktda ham o’z manfaatlarini ifoda etish 
maqsadida, ham o’zini himoya qilish uchun har bir inson o’z xis-tuyg’ulariga berilib, 
esankirab qolishi mumkin. Emosional ekankirash esa konflikt jarayonining to’g’ri va 
adolatli hal etilishiga zarar yetkazishi mumkin. Shu bois, konfliktning yechimida bir 
tomondan, o’zining xis-tuyg’ularini jilovlay bilish, ikkinchi tomondan, o’z 
opponentining xis-tuylariga e’tiborli bo’lish talab qilinadi. Birovning xis-tuyg’ulari 
mazkur konkret shaxsning aynan konkret shart-sharoitdagi ahvolining namunasi 
sifatida baholanishi ma’lum xulosalar qilinishiga yordam beradi. Ya’ni, konfliktdagi 
xis-tuylar insonning boshqa insonga yo’naltirilgan doimiy mavjud munosabatini 
emas, balki birdaniga uyg’ongan va portlash orqali o’zini ifoda etayotgan tuyg’ularini 
4
Тафаккур гулшани. –Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989, - Б. 39 


76 
ifoda etadi, xolos. Emosional portlash - o’tib ketadi. Ularning ortida insonning 
azaliy, shakllangan va hurmatli munosabati yotgan bo’lishi mumkin. Shu bois, 
diqqatni bir soniyada vujudga kelib, jo’sh urgan emosiyalarga emas, balki azaliy 
mavjud bo’lgan hurmatli munosabatlar va emosiyalarga qayratishga harakat qilishga 
yo’naltirish darkor. Hurmat va e’tibor ishonchga olib kelishini yodda tutish lozim. 
Birovning xis-tuyg’ulariiga e’tiborli bo’lish, faqat konflikt sharoitiga nisbatan emas, 
balki umuman hayotdagi barcha bosqichlarga nisbatan qat’iy qoidalardan biri bo’lishi 
lozim.
Masalan, o’z otangiz bilan siz uchun muhim bo’lgan masalada bahslashib 
qoldingiz. Masalan, siz o’zingiz yoqtirgan qizga uylanmoqchisiz, ammo otangiz 
bunga qarshi. Otangiz sizni tushunishni istamaydi. Orada janjal yuzaga keladi. Siz 
jahl qilib, ko’chaga chiqib ketasiz. Otangiz orangizda bo’lgan hodisadan qiynalib, 
uyda qoladi. Otangiz aslida sizga yomonlik istamaydi. Otangiz, balki siz tanlagan 
qizning qaydayligi bilsa, o’z fikrini o’zgartirar. Bunga esa vaqt talab etiladi. 
Kechqurun kelsangiz, otangiz hafa. Ammo siz chekinishni istamaysiz. Siz yana unga 
nisbatan o’z so’zingizda qolganingizni ko’rsatmoqchi bo’lib, bee’tibor bo’lasiz.
Ammo otangizning kechqurundagi salbiy kayfiyati kunduzi bo’lgan janjal 
oqibatida o’zini yomon xis qila boshlagani natijasi bo’lishi mumkinligini hayolga 
ham keltirmaysiz. Siz, o’zingizni o’z baxti ustida kurashayotgan odam sifatida qabul 
qilasiz, o’z so’zingizdan qaytmasligingiz aniq. Ammo, bu degani, umuman 
bee’tiborlilik degani emas-ku?! Otangiz sizni hafa qilmaslik uchun o’z ahvoli haqida 
so’z demaydi, u indamaydi, o’zini yomon xis qilayotganligini yashiradi. Uning yurak 
huruji og’irlashadi. Siz esa o’zingiz bilan o’zingiz ovora bo’lib qolaverasiz. Bunday, 
yaqinlaringiz emosional holatiga bo’lgan bee’tiborlilik juda yomon oqibatlarga olib 
kelishi mumkinligini siz hali bilmaysiz.
Konflikt sharoitida har ikki tomon ham ishonchga muhtojdir, o’zaro ishonch esa 
konflikt yechimini topishga imkon beradi. Yuqoridagi holatda, kechqurun uyga 
qaytgandan so’ng, (aslida ko’chada yurganda ham bir telefon qilib ahvol so’rasangiz 
bo’ladi), ―Dada, mayli hafa bo’lmang. Bu masalalar birdaniga hal bo’lmaydi. 
O’ylashib ko’rarmiz... Biror chorasi chiqib qolar... Siz menga yaqin odam.. 
O’zingizni avaylang...‖, desangiz, otangiz yurak xuruji bezovta qilayotganligini ochiq 
aytadi. O’rtada, ikki tomon orasida yana ishonch vaziyati tug’iladi. Inson insonga har 
jihatdan zarur va muhtoj ekanligini yodingizdan chiqarmang. Chunki inson axloqi 
uning boshqalarga bo’lgan munosabati orqali bilinadi, o’zini ko’rsatadi, ammo uning 
axloqiyligini yaratuvchi mohiyat inson ichki olamida tarbiyalangan bo’lsagina, u 
yuzaga chiqadi. 
6.
 
O’z amallariga mas’ul bo’lish. 
Eng qadimgi davrlardan boshlab inson sivilizasiyasi tarbiya va axloq masalalariga 
e’tibor bilan qaragan. Inson axloqiy normalari ichida o’z so’zida turish, burch, 
mas’uliyatli bo’lish, birovlarga berilgan va’dalarga hurmat va ularni so’zsiz bajarish 
inson komilligining oliy qadriyatlaridan hisoblangan. Ammo hayotda har doim ham 
shunday bo’lavermaydi. Ko’pincha biz o’z va’dalarimizni esdan chiqarib qo’yamiz, 
o’z so’zimiz ustida turmaymiz. Bu – juda yomon odat. Ba’zan, boshqalarning bizga 
bergan va’dasini o’z vaqtida bajarmagani uchun aziyat ham chekamiz. Insonning eng 
halokatli xatolaridan biri – yaxshi ishni ham yomon bajarib, barbod etishdir. 


77 
Konfliktlar sharoitida o’z so’zi ustida turish - konflikt yechimiga qaratilgan 
va’dalarning ustidan chiqishni anglatadi. Agar konflikt yechimi ichida siz o’z 
xohishingiz bo’yicha o’zingizga ba’zi mas’uliyatli vazifalarni olsangiz, ularni 
bajarishga sayi-harakat qilishingiz lozim. Agar ularning uddasidan chiqolmayotgan 
bo’lsangiz, ular borasida ham ochiq muloqotda so’zlab, ishni bajara 
olmayotganligingiz haqida o’rtoqlashishingiz lozim bo’ladi. Konflikt sharoitida 
kuyidagi amallar maslahat beriladi:
-
O’z so’zlaringiz va amaliy ishlaringizda mas’uliyatni o’z zimmangizga oling.
-
Tomonlar o’rtasidagi turli shartnomalar va o’z mas’uliyatingizdagi vazifalarni 
albatta bajaring.
-
Agar sizning sa’y-harakatlaringiz behuda ketayotganligi va yordam 
bermayotganligini sezsangiz, harakatlaringizni qaytadan boshlang va opponentingiz 
bilan samimiy o’rtoqlashing. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish