115
III BOB. JAMOADAGI VA OILAVIY KOHFLIKTLARNING
PSIXOLOGIK TAHLILI
13-MAVZU: Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish
1.
Jamoa vujudga kelishi mumkin bo’lgan konfliktlar
2. Jamoadagi konfliktni boshqarish tartiblari
3. Rahbarlar tomonidan jamoa etikasining buzilishi
Konfliktlar turli joylarda sodir bo’lishi mumkin. Mana shunday konfliktlardan biri
– siz ishlayotgan mehnat jamoasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan konfliktlardir.
Jamoada sodir bo’lishi mumkin bo’lgan konfliktlarning o’ziga xos xususiyatlari
mavjud bo’ladi. Jamoada sodir bo’ladigan konfliktlar mana shu jamoada ishlayotgan
barcha hodimlarga o’z ta’siri o’tkazmay qolmaydi.
Mehnat jamoasidagi vujudga kelishi mumkin bo’lgan konfliktlar (1)
sizdan
tashqarida, ya’ni ziddiyat sizning manfaatlaringizni o’zida jam qilmagan, yoki (2)
unga siz ham tortilgan, ya’ni sizning manfaatlaringiz konflikt orqali buzilayotgan va
yoki aksincha, sizning manfaatlaringiz yutiyu chiqayotgan, yoki (3) alohida holda siz
va sizning hamkasbingiz, siz va sizning rahbaringiz o’rtasida, yoki (4) umuman butun
jamoa orasida vujudga kelishi mumkin. Jamoadagi konflikt kim o’rtasida
sodir
bo’layotganligiga qaramay mana shu jamoada ishlayotgan hodimlarning barchasini
o’z domiga tortib ketadi.
Siz jamoada sodir bo’lgan ziddiyatdan tashqarida bo’la olmaysiz. Agar siz
konfliktga umuman aralashmasangiz ham, sizdan konfliktga nisbatan o’z
munosabatingizni oydinlashtirish so’ralganda, xohlang-xohlamang ziddiyatga
nisbatan o’z
fikringizni, o’z xulosalaringizni aytishga majbur bo’lasiz. Bu esa,
qaysidir masalalarda bir, yoki boshqa tomonning manfaatlarini ustun qo’yishingizga,
biror tomonning yonini olishingizga sizni majbur etadi. Agar siz maqsadli ravishda
jamoadagi konfliktdan o’zingizni olib qochib, o’zingizni betaraf deb e’lon
qilganingizda ham, har kuni o’sha jamoada bo’lganingiz uchun, konfliktning qanday
rivojlanayotganligi, tomonlar o’zini qanday tutayotganligi beixtiyor kuzatib borasiz,
oxir oqibat o’zingizni haqiqatan ham ziddiyatdan tashqaridaman deb his qila
olmaysiz.
Jamoada vujudga kelgan har turli konfliktlarga
nisbatan ham passiv emas, faol
yondoshgan ma’qul. Siz o’zingizni bir tomonning yonini olgan, yoki ikkinchi tomon
uchun bo’ysungan holda emas, balqi avval o’rganganimizdek, mana shu konflikt
vaziyatni vujudga keltirgan muammoni aniqlashga sayi-harakat qilib, butun jamoa
diqqatini shaxslararo munosabatlarni
taftish qilishga emas, balki muammoni
aniqlashga, uning yechimini qidirishga, tomonlarning har birining manfaatlarini
o’zaro yaqinlashtirishga, har ikki tomonni ham o’zaro
qoniqtiradigan yechimni
qidirishga safarbar etishingiz lozim bo’ladi.
Masalan, jamoada ikki hodim o’rtasida o’zaro konflikt vaziyat vujudga keldi.
Bo’lim muhim bo’lgan masala yuzasidan yillik hisobot tayyorlashi lozim edi.
Hisobotning tarkibiy qismlari turli hodimlarga bo’lib berildi. Kimdir hisobot
116
yozishga mas’uliyat bilan yondoshdi, kimdir mas’uliyatsizlik qilib, kechikib, o’zi
tayyorlashi bo’lgan sahifalarni yozib ulgurmadi. Buning natijasida butun bo’lim yillik
―mukofot‖dan quruq qolishi ehtimoli vujudga keldi.
Kimdir ―O’zi kim bu landovurni ishga olib kelgan‖, dedi. Boshqa bittasi ―Avval
so’raylikchi, oilasida biror kor-hol bo’lgandir‖, dedi. Uchinchilar ―Mana biz
kechalari uxlamay, qog’ozlarni uyga olib ketib, xo’jayinlardan gap eshitib bo’lsa
ham, yozib ulgurdik-ku‖, dedi. Boshqa bir hodim ―Haydash
kerak bunaqa
bezbetlarni, birovlar hisobiga kun ko’radiganlarni. Qutulish kerak ulardan. O’zi ham
ishlamaydi, birovlarni ham oyog’iga bolta uradi‖, dedi. Hamma gapga chidayotgan
ishni bajarib kelmagan hodim, ―Kim bezbet? Kimning oyog’iga bolta uribman?!‖ deb
qarshisida turgan odamga tashlanib qoldi. Orada shovqin-suron bo’lib ketdi. So’z
bilan urishish mushtlashishga aylanib ketdi. Shovqinga bo’lim boshlig’i kirib qoldi.
Ikkala urishgan hodimni o’z xonasiga taklif etdi. Boshliq xisobotni muddatida
qilmagan odamni o’zi ishga olib kelgan edi. Shu bois uni ko’p urishmadi.
Gaplarining oxirida ―Hammaga aytib, tinchlantirib qo’yinglar. Hamma o’z mukofot
pulini oladi‖, - dedi. So’ng, ―Biz bir bo’limdamiz. O’zaro janjal qilmanglar. Uyat
bo’ladi. Murosa-yu madora. Qani bir-birlaringizga qo’l berib, yarashib olinglar-chi‖,
dedi-da ularni qo’yib yubordi.
Ana endi siz javob bering. Boshliq o’rtadagi nizo va ziddiyatni yechib, muammoni
hal qilgan-mi?! Eng oson yo’li,
xuddi muammo mavjud emasdek, tomonlarga
―urushmanglar‖, deyish. Ammo, ―urushmanlar‖ deyish bilan odamlar urushmasdan
qolmaydi-ku... shu bois, jamoada vujudga keladigan konlfiktlarda ham o’zini tutish
va konfliktda bo’lgan munosabalar bo’yicha ma’lum tartib-qoidalarga
rioya qilgan
ma’qul bo’ladi. Jamoadagi konfliktlar bo’yicha mutaxassislar konfliktni
boshqarishning sakkiz muhim qoidalarini ajratishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: