Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Jahli chiqayotgan odamlar bilan muloqot qilish bo’yicha boshqa maslahatlar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

 
Jahli chiqayotgan odamlar bilan muloqot qilish bo’yicha boshqa maslahatlar 
1.
Vaziyatni xolis baholashga harakat qiling. Aqlingizni ishga soling, xissiyotlarga 
berilib ketmang. Sizdan jahli chiqayotgan odam bilan kelgusi munosabatlar naqadar 
siz uchun qadrli ekanligini baholang. Muammo nimada? Opponentingizning qaysi
hissiyotlari jabr ko’rgan? Shularni aniqlang. 
2.
Boshqa odam o’z hissiyotlarini ushlab tura olmasligi va rasional fikr yurita 
olmayotganligini ham anglang, tushuning. Odam g’azablanayotganda, odatda tinchlik 
davrida aytmagan gaplarni va qilmagan harakatlarni qilishi mumkin, shu bilan birga, 
bu harakatlarni o’zi hohlamagan holda oshkora qilayotgan va aytayotgan bo’lishi 
ham mumkin. Boshqa odamni erinmay eshiting, uning yig’ilib qolgan 
emosiyalarining chiqib ketishga imkon bering. O’zingizning emosional vaziyatga 
tortilishingiz va qalbingizda javob qaytarish niyati tug’ilishidan ehtiyot bo’ling. Bir-
birinigizni tahqirlamang. Esingizda tursin - shaxsga emas, muammoga hujum qilish 
lozim. 
3.
Boshqa odamga o’zingizning ham konflikt haqida o’ylayotganingiz, bezovta 
bo’layotganligizni ayting. Muammo siz uchun ham muhim ekanligi, siz ham uni 
qo’ldan kelgancha yechishga harakat qilayotganligingizni, unga qarshi yuragingizda 
adovat yo’qligini ayting. Boshqa odamdan, mavzu bo’yicha suhbatlanish uchun 
qachon vaqti bo’lishini so’rang. U bilan samimiy gaplashish uchun doim tayyor 
ekanligingizni ayting. 
4.
Suhbat uchun qulay va tinch joy toping, hyech kim halaqit bermaydigan, osuda, 
keng va ochiq joy jahldor odam bilan suhbatlanish uchun eng qulay joydir, odam 
ko’p, tor joylarini tanlamang, keng suhbat kenglikni talab etadi. 
5.
Bahslashmang, kim haq, kim nohak ekanligi muhim emas. Muhimi 
suhbatdoshingizni tinchlantirish va muammo yechimini qidirishdir. 
6.
Boshqa odamning tana zaboniga e’tibor bering. Agar uning harakatlaridan 
sizning hayotingiz va salomatligingizga zarar yetishini tushunib qolsangiz, zudlik 
bilan bu odamni holi qoldirish yo’lini qiling. Agar hayotingizga xavf bo’lmasa, 
qochmang. 
7.
O’zingizning tana zaboningizni nazorat qiling, o’zingiz ham suhbatdoshingizga 
do’q-po’pisali harakat ramzlari hamda signallari jo’natmayotganligingizga imon hosil 
qiling. Unga juda yaqin o’girmang. 


111 
8.
O’z ovozinigiz intonasiyasiga e’tibor bering, yumshoq, tinch, samimiy ovozda 
gapirishga harakat qiling. Tinchlantiradigan so’zlarni topib ishlating. 
9.
Siz bilan boshqalar o’zlarini qanday tutishlarini xohlasangiz, o’shanday 
o’zingizni tuting. O’zingizni na takabburlik va manmanlik bilan, shuningdek 
marhamatli qilib ham qilib ko’rsatmang. Takabburlik uning jahlini badtar oshiradi, 
marhamatli bo’lishingiz uning nafsoniyatiga tegadi. Sizning teng munosabatingiz 
konflikt yechimining eng muhim shartlaridandir. 
10.
Adolatli konflikt yechimli bo’yicha o’z zimmangizga ma’lum 
majburiyatlar oling. Ba’zan hammasiga qo’l siltab, ketib qolgingiz keladi. Ba’zi 
hollarda bu yordam beradi ham. Ammo muammo yechimini qidirish ustida ishlash 
foydaliroqdir. 
Konfliktli vaziyatda g’azab va qahrdan o’zini tinchlantirish usullari 
Har birimiz o’zimizni o’rab turgan voqyea-hodisalarga turlicha munosabat 
bildiramiz. Masalan, ba’zilar hind filmlarini miriqib ko’radilar, ba’zilar ularni 
umuman yoqtirmaydilar. Ba’zilarga blokbasterlar bo’lsa bas, ba’zilar esa trillerni 
xush ko’radilar. Ba’zilar esa milliy kino, milliy kiyimlarni yoqtiradilar. Masalan, 
―xevi-metall‖ muzikasini 100 % katta yoshdagi odamlar ―bosh og’riq‖ deb qabul 
qilishi tabiiy. Chunki odam yoshi o’tgandan keyin uning bosimi ko’tarilishi hollari 
ko’p uchray boshlaydi, bosim ko’tarilishining tabiiy xususiyatlaridan biri bu – bosh 
og’rig’i hisoblanadi. O’zi boshi og’rib turgan odamning bunday baland va shovqinli 
muzikadan lazzatlanishi g’ayri oddiy hol bo’ladi. Shu bilan birga, ba’zilar uxlashni 
yaxshi ko’radilar, ular joy tanlamaydilar, hamma joyda uxlab ketaveradilar, ularga 
bosh qo’yishga joy bo’lsa bo’ldi, pishillab uxlayveradilar. Boshqalar esa ularning 
bunday uxlashga bo’lgan moyilligini beg’amlik, qayg’urmaslik, tepsa tebranmaslik, 
mas’uliyatsizlik alomati deb baholashi mumkin. Ba’zilar ovqat yeyishni yaxshi 
ko’radilar. Sabrsizlik bilan ketma-ket katta-katta luqmalarning og’iz bo’shlig’ida 
yo’qolib borayotganligini kuzatib turgan boshqa bir odamning esa umuman ishtahasi 
yo’qolib ketishi mumkin. Chunki u bu darajada ovqat yeyish mumkinligiga umuman 
ishonmaydi. 
Demak, biz voqyea va hodisalarga turlicha munosabat bildirishimiz tabiiy. Mana 
shunday turlicha munosabat, fikrlar va qarashlar rang-barangligi odamlar orasida 
ba’zi konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mana shunday xilma-xillik konflikt 
uchun bahona bo’lishi mumkin. Sizning so’zlaringiz, tana zaboningiz, ovozingiz, 
nimalarni o’ylashingiz, orzularingiz, amallaringiz biror boshqa kimsaning, ba’zan esa 
xatto eng yaqin kishilaringizning g’azabini ko’zg’ashi mumkin. G’azab esa 
zo’ravonlik bilan tugashi mumkin. Demak, biz konflikt vaziyatlarning kelib chiqishi 
oldini olish uchun o’zimizda vujudga kelishi mumkin bo’lgan g’azabning oldini 
olishga o’rganishimiz lozim. 
Odamlar turli yo’llar bilan o’z xissiyotlari, g’azab va jahllarini jilovlashi mumkin. 
Konflikt bilan to’qnash kelganda kimdir portlab ketadi, kimdir baqirishni boshlaydi, 
kimdir qo’pollik qila boshlaydi, kimdir qo’llarini musht qilib, boshqalarga hamla 
qilishga urinadi, kimdir stolga ura boshlaydi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish