Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1.
Konfliktli vaziyatda qanday to’g’ri muloqat qoidalari mavjud? 
2.
To’g’ri muomala qilish usullariga doir maslahatlarni izohlang. 
3.
Tana zabonini qanday tushunasiz? 
4.
Tana zaboni qanday ko’rinishlari mavjud?
5.
O’zgani anglash (eshitish) va o’zini anglatish qoidalari izohlang. 
Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, 
―Ma’naviyat‖, 2008. 
2.
Уткин A.Я. Koнфликт: теория и практика. M. ―Изд-во‖ 1998 г. 
3.
Yoshlar va konfliktlar:Konfliktlar yechimiga o’rganish/ To’ychiyeva 
Gulxumor-Toshkent.2008 y 
4.
Ergeshova D.q., Najimov M.K. Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma – 
T.: TDYuI, 2007. – 97 b. 
5.
Konfliktologiya asoslari: O’quv qo’llanma/ R.Z.Jumayev, U.A.Ubaydullayev, 
B.A.Xujanov. - Toshkent: Akademiya, 2000. - 208 b. 
 


98 
11-MAVZU. Faol tinglash malakasi 
REJA 
 
1.
 
Tinglashga tayyorlik 
2.
 
Birovning his-tuyg’ulariga e’tiborli bo’lish
3.
 
Konfliktli vaziyatda o’z amallariga mas’ul bo’lish 
Odamlar fikrini faol eshitish ko’nikmalari 
Konfliktlar yechimining eng zarur shartlaridan biri – odamlarni faol eshitish 
ko’nikmasi hisoblanadi. Ammo hayotda aynan mana shu ko’nikmani faol ishlata 
biladigan odamlar soni juda kam topiladi. Hammamiz ham ko’proq o’zimiz 
gapirishni istaymiz, kamdan kam hollarda boshqalar so’zlariga quloq tutib, ularga o’z 
e’tiborimizni qaratamiz. Ammo insonni konflikt va tang holatdan olib chiqib 
ketadigan ko’nikmalardan biri aynan faol eshitish hisoblanadi. Ba’zan odamga e’tibor 
bilan quloq tutib, uning so’zlarini sabr bilan eshitishning o’zi uni tinchlantiradi va 
qoniqtiradi. Fikri eshitilgan inson o’zini o’ziga yordam berilgan, dardlaridan ozod 
bo’lgan, muammosi yechilgan deb hisoblaydi. Faol eshitish ko’nikmasi – o’z erkin 
hoxishingiz asosida ikkinchi planga o’tib, boshqa odamning nuqtai nazarini 
anglashga sayi-harakat qilish va uning xissiyotlari, fikrlari va qarashlarini adekvat 
tushunish hisoblanadi.
Faol eshitish talablari:
 

O’zingiz haqida umuman gapirmang 

U tanlagan mavzuni umuman o’zgartirmang 

Suhbatda umuman maslahat bermang, inson holatiga diagnoz qo’ymang, shu 
bilan birga suhbatdoshingiz so’zlarini baholamang, uning harakatlarini oqlamang, 
tanqid ham qilmang, piching ham qilmang, sabr bilan eshiting.. 

Oldindan nimalar deyishni o’ylab, rejalashtirib qo’ymang, rejalashtirish 
samimiylikni o’ldiradi. 

Boshqalar xissiyotlarini inkor etmang, ularga befarq ham qaramang 
(ignorirovat). O’z xissiyotlaringizni nazorat qiling. U qanday gapirayotganligiga 
emas, u nima axborotlarni berayotganligi, sizga uzatishga harakat qilayotganligiga 
e’tibor bilan qarang. Uning xissiyoti nimadan iborat ekanligiga diqqat qiling. 
Asabiylashgan odamning ko’zlaridagi yosh, tartibsiz tana harakatlari, o’zini tuta 
bilmaslik kabilarga juda katta diqqat qiling. Chunki qattiq emosional holatdagi 
odamning xatti harakatlari tez o’zgaruvchan bo’ladi, mehr birdaniga qahrga aylanib 
ketishi mumkin. Shu bois, tana harakatlari sizga ichki kechinmalar borasidagi 
instinktiv ma’lumotlarni uzatadi. Ularni to’g’ri ―tarjima‖ qilish, tahdid uyg’onishi va 
kuch ishlatilishidan o’zingizni muhofaza qila olishga doimo tayyor turing. 

O’zingizni hamma aytilgan xis-tuyg’ularni tushunayotgandek tutmang, agar 
biror narsani tushunmasangiz, o’zingizni tushunganday tutmang. 

Suhbatdoshingizning dardi, hayollari, xis-tuyg’ulari nimaga qartilganligini 
aniq belgilashga urining. Ularni aniqlash uchun savollar bering. Savollaringiz lo’nda 
va aniq bo’lsin. Savollar orada samimiylikni oshirishga xizmat qilsin.


99 

Suhbatdoshingizni anglayotganligingiz, 
uning 
qarashlari 
siz uchun 
oydinlashganini bildira boring. O’z so’zlaringiz bilan vaziyatni so’zlab berishga 
harakat qiling. Bu sizning vaziyatni to’g’ri anglayotganligingizni nazorat qilib borish 
imkonini yaratadi.
Konflikt vaziyatlarda faol eshitish uch epatda o’tadi. Ularda axborot olish va 
uzatishning uch turi aks etadi: axborot almashuv, tasdiqlash bosqichi va 
tinchlantirish bosqichi.
Tasdiqlash, tomonlarni quvvatlash bosqichi – biror tomon o’z xis-tuyg’ularini 
ifodalash uchun boshqa tomonga ehtiyoj, zarurat sezganda yuzaga keladi. Masalan, 
siz biror kishi bilan dildan suhbatlashish uchun juda katta ehtiyoj sezasiz. Bu 
vaziyatda gapiruvchining vazifasi – o’z muammolarini ifodalash, eshituvchining 
vazifasi – uning xis-tuyg’ularini anglash va eshitish orqali, unga tinchlanish imkonini 
yaratishdan iborat bo’ladi.
Faol eshitish talablari amal qilayotganda kuyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 

muammoni aniq belgilashga sayi-harakat qiling. Ba’zan muammo haqida 
aynan so’zlab berilayotganda u aniqroq va asosliroq belgilanadi. Muammoni har ikki 
tomon anglanganidan so’ng suhbatni davom ettiring. 
 

muammo faktlari va ularga mutanosib o’z xis-tuyg’ularingizni mushohada 
eting. Masalan, ―U sizga shunday degandan keyin, o’zingizni qanday xis qildingiz?‖
 

suhbatdoshingizning xissiyotlarini so’z bilan ifodalab berishga urining. Bu 
unga o’z xulosalarining qayta anglanishi va to’g’rilanishiga ko’mak beradi. 
 

o’zingizni va suhbatdoshingizni nazorat qilib boring. So’zlarning xissiyotlarga 
mutanosibligi, ularning real faktlar asosida kelib chiqqanligini aniqlab boring. 
 

Mavzuga qayta-qayta takror e’tibor qilinishiga erishing. Mavzudan chetga 
chiqib ketmaslikni ta’minlang. Xissiyotlar ketidan ketib, suhbatdoshingiz chetga 
chiqib ketsa, uni bosim o’tkazmasdan qayta mavzu doirasiga olib kiring.
 

―Men sizni tushundim‖, ―Men buni bilaman‖, ―Men ham shunday bo’lgan 
edim‖ qabilidagi jumlalardan o’zingizni olib qoching. Chunki biz har doim ham 
boshqa inson tushgan va boshidan kechirgan vaziyatni adekvat tarzda anglay 
olmaymiz. Ko’proq uning xolatini aniqlashtirishga qaratilgan jumlalarni ishlating. 
Masalan, ―Ko’rib turibman, sizga juda qiyin..‖, ―Qanday qiynalganingizni 
sezyapman...‖, ―Bu vaziyatni qanday qabul qilganligingizni faraz ham 
qilolmayman...‖, ― Bu vaziyat sizni tang xolatga kiritib qo’yganligini ko’ryapman...‖.
 

O’z sirlaringizni oshkora qilmang. Muloqotdagi yaqinlik ko’p hollarda 
insonlarni o’zlari haqida ko’proq axborot berib yuborishi, o’z sirlarining oshkora 
bo’lishi uchun imkon yaratadi. Keyinchalik bunday qilganligingiz uchun 
kuyinishingiz mumkin. 
 

Ochiq va samimiy suhbat yengillik topgan insonni har doim siz sari yo’lga 
tushish, sizdan doimiy foydalanish sari yo’llashi mumkin. Ammo sizning vaqtingiz 
har doim ham topilavermaydi. Vaqt topolmagan holatingizda esa mazkur suhbatdosh 
batamom sizga qarshi inson bo’lib qolishi mumkin. U kuyidagicha fikr yuritadi: ―Ha, 
mening sirlarimni bilib olish uchun gaplashib, endi umuman menga qaramay qo’ydi‖. 
Doimiy sirdoshga aylanib qolishdan o’zingizni saqlang.


100 

Muloqot jarayonida tabiiy jimlik hukm surish vaziyatlaridan qo’rqmang. Ular 
tabiiy. Jimlik osoyishtalik alomati bo’lib, fikrlarning qayta anglanishi va 
mujassamlanishi uchun xizmat qilishi mumkin.
 

Insonning tana zaboniga e’tiborli bo’ling. Tana zaboni biror narsanining ochiq 
anglangani, yoki uning aksi, biror narsa tushunilmaganligini ko’rsatishi mumkin. Bu 
esa sizning suhbatni to’g’ri yo’naltirishingiz uchun asos bo’ladi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish