92
3.
Sizning qo’llaringiz nima axborot berayotganligiga e’tibor bering. Agar
barmoqlaringiz mushtga tugilgan bo’lsa, bu tahdid va hujum alomatidir. Agar
qo’llaringizni ko’kragangizda almashtirib tursangiz, bu bee’tiborlilik, ―Menga sening
gaplaring qiziq emas, men o’zim bilaman, nima qilishni‖ degani bo’ladi. Agar
qo’llaringizni haddan ziyod u yoq bu yoqqa
qarata harakat qildirsangiz,
qarshingizdagi odam sizdan uzoqroq turishni ma’qul topadi. Chunki, beixtiyor unga
tegib ketishingiz mumkin.
4.
Ko’llaringiz yonga to’g’ri tushgan, oyoqlaringiz to’g’ri, gavdangiz ham to’g’ri
bo’lsin. Ortiqcha harakatlar qilmang. Stolni chertmang, boshqa tomonga qaramang, u
yoq bu yoqqa yurmang, samimiy va ochiq bo’ling.
5.
Hamsuhbatingizning ko’zlariga ko’zingiz to’g’ri va tik, ammo tahdidsiz
qarasin. Gaplashayotganda hamsuhbatingizga qarama – qarshi tomonga, yoki boshqa
xonaga qarab o’tirmang. Yuzma-yuz qarashga harakat qiling. Qarshingizda turgan
odamga ochiq nazar bilan qarang.
6.
Hamsuhbatingiz bilan gaplashayotganda uning so’zlariga e’tiborli bo’ling. O’z
e’tiboringizni tana harakatlari bilan tasdiqlab turing.
Odamlarning tana zabonini anglash bo’yicha ba’zi “tarjimalar”
Agar odam sizning nima
deyayotganingizni tushunmasa, u boshini bir
yonga burib, qoshlarini taranglashtiradi, ko’pincha qoshlarini bir nuqtaga, markazga
yaqinlashtiradi.
Odamlar o’rtasidagi suhbatda qo’llarinigizni ko’krakda kesishtirib olsangiz,
bu suhbatdan o’zingizni olib qochmoqchi ekanligingizni yoki o’zingizni himoyalash
niyatigizni bildiradi.
Sizga yoqib qolgan narsani ko’rsangiz, ko’z qorachiqlaringiz kengayadi.
Siz kiygan kiyim siz haqingizda siz istagan axborotnigina bera oladi.
O’z joyida tinch o’tira olmayotgan, barmoqlari
yoki qalam bilan stolni
taqillatayotgan odam o’zining asabiylashayotganini ko’rsatadi, yoki mavzu uni
qiziktirmayotganligi, yoki uning shaxsiy makoniga ruxsatsiz kirganligingiz
alomatidir.
Agar ayol kishi sochlarini to’g’rilab, ularni siltab-siltab qo’ysa, demak siz
unga yoqmoqdasiz
Erkaklar chiroyli ayolni ko’rsalar qoshlarini yuqoriga ko’taradilar va
ulaning kayfiyati yaxshilanadi.
Agar odam yaxshi kayfiyatda bo’lsa va siz unga kulib qarasangiz, u ―Men
unga yoqaman‖ deb o’ylaydi. Ammo mazkur odam yomon kayfiyatda bo’lsa-yu, siz
haddan ziyod unga kulib qarasangiz, u ―Meni mazah qilyapti, ustimdan kulyapti‖ deb
fikr qiladi.
Qo’llarini cho’ntagiga
solib olgan yigit, atrofdagilarga o’z mustaqilligini
namoyon qilmoqchi bo’ladi, aslida u o’zini noqulay xis qilgani uchun va o’z
komplekslarini (uyalyotgani, xavotiri, hayajonini) yashirmoqchi bo’lib, cho’ntakdan
foydalanadi.
O’z kursdoshlaringiz va do’stlaringiz hatti-harakatlarini yuqoridagi tamoyillar
asosida baholashni
boshlashdan avval, bu misollar har doim ham vaziyatga monand
bo’la olmasligini nazarda tushing. Masalan, agar kimdir qo’llarini ko’kragida
93
kesishtirib turgan bo’lsa, balki u aslida sovuq qotgandir. Agar kimdir suhbatdan
oldin bir baklajka koko-kolani ichib olgan bo’lsa, balki shu sabab joyida tinch o’tira
olmayotgandir. Agar kimdir sizga tana zaboni
usulidan qanday xabar
jo’natayotganligiga shubhangiz bo’lsa, u bilan oddiy suhbatda munosabatlaringizni
aniqlashtirib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: