Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish yo’nalishi «umumiy pedagogika»



Download 492,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana09.05.2023
Hajmi492,24 Kb.
#936453
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
yan amos komenskiyning pedagogik tizimi (1)

Onalar maktabi
» 
qo’llanmasini ishlab chiqdi. U maktablarda dunyoviy fanlar o’qitilishini, ashula va 
qo’l mehnati o’rgatilishini uqtirib, boshlang’ich maktablarning ahamiyatini 
ko’tardi. Shubhasiz din darslariga ham katta e’tibor berdi. 
Insonning o’zini-o’zi boshqarishi, Komenskiy fikricha, tarbiyaning 3 
maqsadidan biridir. Bunga axloqiy tarbi vositasi bilan erishiladi. 
Komenskiy Platon va Aristotel yo’lidan borib, donishmandlik, mo’tadillik, 
mardlik va odillikni eng asosiy fazilatlar, deb hisoblaydi. Narsalar to’g’risida 


to’g’ri, rost fikr yuritish fazilatlarning asosidir. Shu sababli donishmandlik fazilatli 
turmushning rahbaridir. Odamning har ishida o’ziga xos maarom bo’lishi, hyech 
narsadan tuyish va nafratlanish darajasiga borib yetmasligi uchun mo’tadil bo’lishi 
kerak. 
Mardlik
– o’zini tuta bilish, chidamlilik, burchni ado etish singari xislatlarni 
o’z ichiga olishdir.
U shulardan tashqari bolalarda kamtarlik, mo’min-qobillik, shafqatlilik, 
pokizalik, xushmuomalalik, mehnatsevarlik xislatlarini tarbiyalashni axloqiy 
tarbiyaning asosi deb biladi. Komenskiy intizomning ahamiyati juda kattaligini 
ko’rsatdi. Buning isboti uchun u chexlarning «
Intizomsiz maktab bamisoli suvsiz 
tegirmondir
», deb maqomini keltiradi. Uning eng katta xizmati shundaki, u o’rta 
asrdagi kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga qarshi chiqdi, bolalarga 
insoniy muomala qilishni talab qildi. 
«
Yaxshi yo’lga qo’yilgan maktab qonunlari
» nomli asarida o’quvchilar 
xatti-harakatlariga taalluqli qimmatli qoidalar bayon etilgan. 
Komenskiyning pedagogika sohasidagi merosi ta’lim-tarbiyada ahamiyati 
juda kattadir. Uning ko’p tillarga tarjima qilingan darsliklari ko’pgina 
mamlakatlarda, shuningdek, XVII-XVIII asrlarda Rossiyada ham keng tarqaldi va 
150 yildan ko’proq davr davomida eng yaxshi darslik sifatida xizmat qilib keldi. 
Uning asrlari, qimmatli fikrlari hozir ham o’z qimmatini yo’qotgani yo’q. 


XULOSA 
Mavzu yuzasidan olib borilgan nazariy tadqiqotlar hamda mavjud 
adabiyotlarni o’rganish orqali ta’lim nazariyalarining mohiyati, ta’lim-tarbiya 
jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilish orqali quyidagi xulsalarga kelindi: 
Ta’lim nazariyalarining mohiyati va vazifalari quyidagilardan iborat. 
- ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va 
tushuntirish; 
- ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va 
texnologiyalarini ishlab chiqish; 
- ta’lim jarayoni uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, 
omillarini tahlil qilish va ta’riflash. 
Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini 
o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib 
berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. 
O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limini 
jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga 
imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va 
vositalarini qo’llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy 
hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi. 
Ta’limning assosiativ-reflektorli konsepsiyasi bosh miyaning shartli refleksiv 
faoliyati tasavvurlariga asoslanadi, persepsiya va assosiasiyalar o’rtasidagi 
munosabatlarni ochib beradi. Ma’nosi shundaki, inson miyasi sezgi organlari 
signallarini yodga olibgina va voqyealar o’rtasidagi bog’liqliklarni (assosiasiyalar) 
aniqlab olish va qayta tiklash qobiliyatiga ham egadir. 
O’qitishning ketma-ketligi quyidagi bosqichlardan kelib chiqadi: 
1.
Harakat bilan dastlabki tanishish, OOD yaratish, ya’ni o’quvchi hayolida 
harakatlar taxminiy asosini (OOD) qurish. OOD - o’rganilayotgan harakatni 
matn yoki grafik usulda tuzilgan modeli, uni to’g’ri bajarish shartlari 
sistemasidir, OODning bir necha turlari mavjud: to’la, to’la bo’lmagan, 
invariantli. 


2.
Mmoddiy harakatlar. O’quvchilar o’z harakatlarini o’quv topshirig’iga binoan 
tashqi moddiy shaklda, o’z harakatlarini OOd (instruksiya) bilan solishtirib 
bajaradilar. 
3.
Tashqi nutq bosqichi. Bir necha bir-biriga o’xshash harakatlarni bajargandan 
so’ng instruksiyaga murojaat etish zaruriyati qolmaydi. O’quvchilar ushbu 
vaziyatdao’zlashtirayotgan harakatlarini, o’sha operasiyani ovoz chiqarib 
aytadilar. Ularning ongida o’quv ma’lumotlarini umumlashtirish, qisqartirish 
sodir bo’ladi, harakatlar esa avtomatlasha boshlaydi. 
4.
Ichki nutq bosqichi. O’quvchilar bajarayotgan harakatlarini ovoz chiqarmay 
ichlarida gapiradilar, shu bilan birga eng murakkab, harakatlarning muhim 
elementlarini gapira oladilar, bu uni yanada aqliy umumlashtirish, 
qisqartirishga imkon beradi. 



Download 492,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish