2. Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Nutqda tovushlarning qo‘shni tovushlar ta`sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi.
Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlariga akkomodatsiya, assimilatsiya, dissimilatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kabi fonetik hodisalar kiradi. Ba`zan bu hodisalarni o‘rganuvchi bo‘lim kombinator fonetika deb ham yuritiladi. Odatda tovushlarning birikuvi nutq organ-larining turli harakatlariga bogiiq boiadi.
Tovushlar qo‘shni holatda kelganda, oldingi tovushlarning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasi bilan boғlanishi natijasida ularning artikulatsiya fazalari to‘la amalga oshirilmasligi mumkin. Turli artikulyatsion-akustik xususiyatlar tovushlar birikmasida bir-biriga ta`sir qilishi natijasida artikulatsiya qisqarishi, tovush ba`zan tushib qolishi va boshqa o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar ba`zan nutqda talaffuzni iqtisod qilish hisobiga bo‘ladi, chunki "... odam o‘zining nutqi eshituvchiga qanchalik tushunarli bo‘lsa, o‘shancha talab etilgan nutq kuchini (ya`ni talaffuzini) sarf qiladi" [Martine A. Osnovi obshey lingvistiki. Novoe v lingvistike. Vғp. III.M, 1963, str. 536].
Nutqda talaffuzni iqtisod qilish artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan bir necha undoshlar birikmasini qisqartirib oson talaffuz etishda kuzatilishi mumkin. Nutqda ro‘y beravchi bunday iqtisod qilish tendensiyasi kelgusida til doirasiga ham ko‘chadi.
Masalan, (str) undoshlar birikmasining talaffuzi qiyinchilik tuғdiradi va shu tufayli uni osonlashtirish turli tillarda bo‘lgan undoshlar birikmasini umumiy qisqartirish tendensiyasiga bo‘ysunadi. Qiyoslang: rus oғzaki nutqida "stram" so‘zi "sram" yoki nemis tilidagi strom so‘zi srom - "yo‘nalish"" kabi talaffuz etiladi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostnғe obosnovaniya v komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 62].
Quyida har bir kombinator o‘zgarishni alohida ko‘rib o‘tamiz.
Akkomodatsiya. Akkomodatsiya (lotincha accomadatio - moslashuv) keng tarqalgan fonetik hodisalardan biri bo‘lib, talaffuz iqtisodi bilan uzviy boғliqdir. Akkomodatsiya uch turli bo‘ladi. Keyingi tovushning ekskursiyasi o‘zidan oldin kelgan tovushning rekursiyasiga moslashsa, progressiv akkomodatsiya deyiladi. Aksincha, agar oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashsa, regressiv assimilatsiya deb ataladi. Qo‘shni kelgan tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ularning artikulatsiyasi moslashuvi o‘zaro akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiya unlilarning undoshlarga va undoshlarning unlilarga moslashuvida ro‘y berishi mumkin. O‘zbek tilida chuqur til orqa (uvulyar) undoshlardan (x, ғ, q) keyin til oldi unlilari (i, e, a) til orqa unlilari bo‘lib talaffuz etiladi, ya`ni ularning talaffuzi moslashadi. Aksincha, til orqa unlilari (u,o) til oldi undoshlaridan keyin til oldi unlilari bo‘lib artikulatsiya qilinadi. O‘zbek tilidagi bu xususiyat progressiv akkomodasiyaga misol bo‘la oladi. Unli tovushlar burun undoshlaridan oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv akkomodasiyaga misoldir. Non, nom, ming so‘zlarida bir yo‘la progressiv va regressiv akkomodatsiya kuzatiladi, chunki ikki burun undoshi orasidagi unli nazalizatsiya qilinadi.
Rus, mordva, chuvash, nemis va fransuz tillarida til oldi unlilaridan oldin undoshlar palatalizatsiya qilinadi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostnғe obosnovaniya v komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 142]1, ya`ni regressiv akkomodatsiyaga uchraydi. Ba`zi tillarda esa, til orqa unlilaridan keyin undoshlar velyarizatsiya qilinadi, ya`ni tilning orqa qismi orqaga yoki yumshoq tanglayga tomon yo‘naladi va undoshning ton va shovqini pasayib qattiq talaffuz etiladi. Undoshlarning lablangan unlilar bilan birikuvi natijasida labializatsiya hodisasi ro‘y beradi. Ba`zan esa, velyar va lab undoshlari til orqa lablangan unlilari bilan birikishi natijasida labiovelyarizatsiya hosil bo‘ladi. Bu hodisalar ham akkomodatsiyaning turlari hisoblanadi. O‘zbek tilidagi qunt, bolta, qarta, mingta, kamchil so‘zlaridagi undosh birikmalarning har ikki elementi bir-biriga ta`sir qilib, jarangsiz undoshlar sonorlarni qisman jarangsizlashtiradi va o‘z navbatida, sonorlar ham jarangsiz undoshlarda ovoz tonini kuchaytirib, shovqinni pasaytiradi. Bu hodisa o‘zaro akkomodatsiyaga misoldir.
Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo‘lishi o‘rni va usuli, labning holati va tovush paychalarining tebranishi va yaxshi tebranmasligiga ko‘ra moslashuv orqali amalga oshiriladi. Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulatsiya fazalari orqali boғlanadi va bu artikulatsiya strukturasini tashkil etadi. Tovushlar o‘rtasidagi boғlanishning artikulatsiya strukturasini chuqur o‘rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |