suratlari» deb nomlangan asarida, o’qish ishini rasmlar bilan olib borish
g’oyasini ilgari suradi. Bunda «Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan
maktablarning qonuni» kabi pedagogikaga doir ishlari o’rin olgan.
1656-yili Shved-polyak urushi vaqtida Leshnodagi «Chex qardoshlari» jamoasiga
barham beriladi. Komenskiy Gamburgga so’ngra Amsterdamga ketishga majbur
bo’ladi. o’sha yerda Gollandiya senatining buyrug’iga muvofiq uning asarlari
to’plam holda bosib chiqariladi.
Komenskiy vatani mustaqilligi uchun kurash olib borgan. Uning asarlarida
vatanparvarlik hissi yaqqol aks etgan. U chex xalq poyeziyasini yig’ib chex maqollar
to’plamini tuzgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |