Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda xalq



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

 
Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda xalq 
maorifi va pedagogika 
Tarixdan ma'lumki, xalqimiz o’z boshidan kechirgan og’ir davrlardan biri Ikkinchi 
jahon  urushi  yillaridir.  O’sha  davrda  mamlakatimiz  yoshlarini  yuksak  axloq 
ruhida, ayniqsa, vatanparvarlik, do’stlik, meh-natsevarlik, ongli intizom, fidokorlik, 
birdamlik ruhida tarbiyalash kuchaydi. Bu tarixiy sharoit taqozosi edi. 
1941  -yil  22  iyunda  fashistlar  Germaniyasi  hujum  qilmaslik  haqidagi  bitimni 
buzib, urush e'lon qilmay turib Sovet ittifoqiga bostirib kirdi. 
Mamlakatdagi  hamma  xalqlar  mudofaa  uchun  otlandi.  O’zbekiston  ham 
himoyaga o’zining munosib hissasini qo’shdi. 
Kishilar  fabrika  va  zavodlarda,  shaxta  va  temiryo’llarda,  kolxoz,  sovxoz  va 
MTSlarda—hammajoyda  «Hamma  narsa  front  uchun,  hamma  narsa  g’alaba 
uchun» degan shior ostida fidokorona ishladilar. Butun kuch, vosita va imkoniyatlar 
fashistlar ustidan g’alaba qozonish uchun safarbar etildi. 
Mamlakat  mudofaa  fondiga  pul,  qimmatbaho  buyumlar,  davlat  obligasiyalari, 
xullas,  kimda  nima  bolsa,  hammasini  topshirdi.  Urushning  dastlabki  kunlaridanoq 
birgina Toshkent shahrining o’zida mudofaa  fondiga 5,5 million so’mdan ortiq pul 
yig’ildi. 
Dushman  bosib  olgan  yerlardagi  anchagina  zavod-fabrikalar,  ishlab  chiqarish 


 
142 
korxonalari, turli muassasalar O’zbekistonga ko’chirildi. O’zbekiston ularni joy, 
ishchi  kuchi  bilan  ta'minladi.  Buning  ustiga,  frontdagi  armiyani  oziq-ovqat  va 
kiyim-kechak  bilan  ta'minlash  asosan  o’zbek  xalqi  zimmasiga  tushdi.  Ishchi  kuchi 
etishmaganidan  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  yig’ib-terib  olish  ancha  orqaga 
cho’zilib  ketmoqda  edi.  Hukumatning  1942-yil  13  fevralda  chiqargan  «Urush 
yillarida  mehnatga qobiliyatli bo’lgan barcha kishilarni ishlab chiqarish sohasiga  va 
qurilishga  jalb  qilish  to'g’risida»  farmoni  mamlakat  ichkarisidagi  ishlarni 
birmuncha izga soldi. 
Ikkinchi  jahon  urushi  davrida  maktablarning  o’quv  dasturlari  sharoitga 
moslashtirildi. 
Urush  yillari  harbiy-fizkultura  darslari  soati  ko’paydi,  harbiy  o’qish  1-sinfdan 
boshlab  o’tila  boshlandi,  harbiy  ta'lim  faqat  o’g’il  bolalarga  emas,  qiz  bolalarga  ham 
o’rgatila boshlandi. 
Urushning 
dastlabki 
kunlaridan 
boshlab 
urush 
ketayotgan 
joylardan 
O’zbekistonga ko’plab yosh bolalar va keksalar, xotin-xalaj evakuasiya qilingan edi. 
1942-yili ular soni 716 mingga etdi. 
1943-yili  O’zbekistonda  154  bolalar  uyi  bor  edi.  1945-yilga  kelib  ular  soni 
242taga, tarbiyalanuvchilar soni esa, 31.500ga etdi. 
Urush  davrida  ko’pchilik  pedagoglar  frontga  safarbar  qilinganligi  uchun 
respublika  bo’yicha  1940-1941  o’quv  yilida  36267  nafar  o’qituvchidan  30616 
kishi  qoldi.  Frontga  ketganlar  o’rnini  to’ldirish  uchun  qisqa  muddatli  o’qituvchilar 
tayyorlash kurslari ochildi. 1941-yildan 1943-yilgacha bu kurslarni 16  ming o’qituvchi 
bitirib chiqdi. Boshqa sohalarda ishlayotgan o’qituvchilar maktabga qaytarildi. 
Maktablar  uchun  o’qituvchilar  tayyorlash  ishiga,  ayniqsa,  o’zbek  xotin-qizlaridan 
ko’proq jalb etish zarurligi alohida ta'kidlandi. 
Shaharlardagi  maktablarda  o’qish  uch  smenada  olib  borilar  edi.  Bu  hol  esa, 
tabiiyki, ta'lim-tarbiya jarayonining qiyinlashishiga olib kelgandi. Darslar 40  minutga 
qisqargandi. Ashula va rasm darslari umuman o’tilmagandi. 
Kitoblar  yetishmasligi  tufayli  o’qituvchilar  og’zaki  tushuntirishga  katta  e'tibor 
berdilar. Yangi o’tiladigan dars o’qituvchi tomonidan doskaga yozilar, o’quvchilar uni 
daftarga ko’chirib olishardi. 
Sharoit  taqozosi  bilan  ko’pchilik  o’quvchilar  ham  maktabda  o’qib,  ham  qishloq 
xo’jalik ishlarida faol qatnashdilar. Barcha ishlab chiqarish  muassasalarida, zavod 
va fabrikalar qoshida kurslar ochilib, o’quvchilar o’qishdan ajralmagan holda mehnat 
qildilar. 
O’zbekiston  mahalliy  sovetlari,  hukumat  ko’rsatmasiga  binoan,  1943-yilning  1 
yanvaridan  boshlab  8-10-sinf  o’quvcbilari  hamda  katta  yoshdagi  o’zbek  o’quvchilarini 
o’qish haqi to’lashdan ozod etdi. Qozoq, qirg’iz, tojik, qoraqalpoq, turkman va boshqa 
xalqlar bolalari ham o’qish haqi to’lashdan ozod bo’ldilar. 
1942-yilning  boshidan  qishloq  xo’jaligi  asoslarini  maktabda  o’qitiladigan 
fanlar qatoriga kiritish haqida buyruq chiqdi. 
Davlatning maxsus ko’rsatmasiga binoan 1943-yildan boshlab ba'zi maktablarda 
o’quv-ishlab chiqarish ustaxonalari ochila boshlandi. 
Ikkinchi  jahon  urushi  g’alaba  bilan  tamom  bo’lgach,  respublika  xalq  talimi 
urushdan  keyingi  yillar  bir  qancha  jiddiy  qiyinchiliklarni  engib  o’tishga  to’g’ri 


 
143 
keldi.  
Urush  davrida  maktablar  birmuncha  qisqargan,  o’quvchilar  soni  ham  shunga 
yarasha  kamaygandi.  Ko’pchilik  o’quvchilar  turli  sinflardan  o’qishni  tashlab, 
frontga, front uchun qurol-aslaha ishlab chiqaradigan zavodlarga ishga ketib qoldilar. 
O’sha yillari yangi maktab binolari qurilmaganligi va eski maktablar  o’z vaqtida 
jihaozlar  bilan  ta'mirlanmaganligi  sababli  ko’p  maktab  binolari  o’quv  jarayonini 
maromida tashkil etish va gigiena talablariga javob bermas edi. 
Urushdan  keyingi  dastlabki  yillari  o’quvchilarning  maktabni  tashlab  ketishlari 
birmuncha  kamaygan  bo’lsa  ham,  harholda,  davom  etaverdi:  1945-1946  o’quv 
yilida  O’zbekiston  maktablaridagi  o’quvchilar  soni  rejadagi  1  mln.10  ming  kishi 
o’rniga 823 ming kishidan iborat bo’ldi. Sinfda qolgan o’quvchilar soni ham ko’p 
bolib,  1946-yili  u  barcha  o’quvchilarning  37%ini  tashkil  etdi.  Ayniqsa,  qizbolalarni 
maktabga jalb qilish, ularni o’qish tugaguncha ushlab turish alohida muammo sifatida 
ko’ndalang bolib turardi. 
O’qituvchi  xodimlar  masalasi  urushdan  keyingi  yillardagi  eng  katta 
muammolardan  biri  edi.  Chunki  malakali  o’qituvchilar  asosan  urushga  yuborilgan, 
ularning  ko’pchiligi  halok  bo’lgandi.  Xususan,  1947-yili  respublika  bo’yicha  4 
ming  o’qituvchi  etishmasdi.  Tuman  xalq  maorif  bo’limlari  mudirlari,  maktab 
direktorlari  va  ta'lim  bo’yicha  direktor  muovinlarining  60%  dan  ko’prog’i  tegishli 
malumotga ega emasdi. 1950 -yili 7125 maktab o’qituvchilarga muhtojlik sezardi. 
Rasmiy  hokimiyat  soxta  proletar  baynalmilalligini  amalda  kuchaytirish 
maqsadida  maktablarda  rus  tili  va  adabiyotini  kengroq  o’qitishga  urg’u  berdi. 
Natijada  60-yillari  o’zbekiston  tarixi,  o’zbek  tili  va  adabiyoti,  chet  tili,  musiqa  va 
ashula darslari hajmi keskin qisqardi va ular o’quv rejasida belgilanganidan haftasiga 
16,5 soat kamayib ketdi. Ular o’rniga esa rus tili va adabiyoti fani o’qitildi. Masalan, 
o’qituvchilar «XIX asr ikkinchi yarmi  – XX asr boshlarida o’zbek adabiy muhiti», 
«Milliy-madaniy  jarayonlar»  to’g’risidagi  mavzularda  dars  o’tishi  lozim  bolgan 
soatlarda  rus  madaniyatining«progressiv»  ahamiyatini  ko’rsatib  berishga  majbur 
boldilar.  Oqibatda,  boy  va  ko’hna  o’zbek  xalqi  tarixini  o’rganishga  52  soat 
ajratilgani holda boshlang’ich maktablarda rus tili va adabiyoti fanlari uchun 1600 
soat ajratilgan. 
Xalq  xo’jaligini  tiklash  hamda  rivojlantirish  sohasida  urushdan  keyingi  birinchi 
beshyillikda  jiddiy  kamchiliklarga  duch  kelindi.  Birinchidan,  aholi  o’zi  tug’ilib 
o’sgan  shaharlariga  qaytib  ketayotganligi  sababli  aholi  sonida  keskin  o’zgarishlar 
ro’y  berdi.  Ikkinchidan,  majburiy  ta'lim  maktablarida  o’qitiladigan  bolalarni 
hisobga olishning aniq va tezkor sistemasi yo’q edi. 
Shuning  uchun  ham  maorif  xodimlari  tezlik  bilan  maktab  shoxob-chalarini 
tiklash va kengaytirish, urush vaqtida maktabni tashlab ketgan bolalarni maktablarga 
tortish  sohasida  juda  katta  ishlar  qilishlari  kerak  edi. Bunday mas'uliyatni bajarishda 
ular  dastlab  boshlang’ich  maktablarni  tamomlagan  bolalarning  hammasini  to’la 
ravishda  o’qishga  tortishga  e'tibor berishlari lozim edi. Bu ish ancha muvaffaqiyatli 
amalga oshirildi. 
Bu  davrga  kelib  o’rta  maktabni  bitirib  chiqayotganlarning  soni  oliy  o’quv 
yurtlariga qabul qilinayotganlar soniga qaraganda ancha ortib ketdi. o’rta  maktablarni 
tamomlaganlarning  ko’pchiligi  sanoat  va  qishloq  xo’jaligida  ishlashlariga  to’g’ri 


 
144 
keldi.  Biroq  ular  bu  amaliy  faoliyatga  yetarli  tayyorlanmagandilar:  maktablarda 
o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishlari yaxshi yo’lga qo’yilmagandi. 
O’rta  maktablarni  tamomlaganlarning  maxsus  kasbiy  tayyorgarligini  oshirish 
maqsadida texnikumlar soni ko’paytirildi, texnikumlar qoshida to’liq o’rta malumotli 
kishilarni qabul qiladigan bo’limlar ochildi. Bu  bo’limlarda o’qish muddati 2-3 yil 
qilib  belgilandi.  Mehnat  zahiralari  sistemasida o’rta  maktab  negizidagi texnika bilim 
yurtlari ochila boshladi. Bu texnika bilim yurtlari 1-2 yillik o’qish muddati bilan yuqori 
malakali mutaxassislar tayyorlab berishi kerak edi. 
Urushdan  keyingi  yillari  1943-yili  ochilgan  ishchi  va  dehqon  yoshlari  maktablari 
(kechki va smenali) tarmog’i birmuncha kengaytirildi. 
1951-55  yillarga  mo’ljallangan  beshinchi  beshyillik  rejada  politexnika  ta'limiga 
katta  o’rin  berildi.  Shu  munosabat  bilan  ittifoqdosh  respublikalarning  talim 
vazirliklari  o’quv  rejalari  va  dasturlarini  qayta  tuzib,  politexnika  talimini  oshirish 
to’g’risida maktablarga ko’rsatmalar berdilar. 
1957-1958 o’quv yilidan boshlab ba'zi pedagogika oliy o’quv yurtlarida boshlang’ich 
maktab  uchun  oliy  pedagogika  malumotiga  ega  bo’lgan  o’qituvchilar  tayyorlashga 
kirishildi va buning uchun  maxsus  fakultetlar tashkil  etildi.  Lekin  urushdan  keyingi 
yillari 
hamda 
mavjud 
jamiyatni 
rivojlantirish 
jarayonida 
respublika 
maktablarida  hamma  narsa  risoladagidek  olib  borildi  deyish  xato  bo’lar  edi. 
Chunki o’tgan davrlar  chuqur tahlil qilinganda ko’p kamchiliklar borligini ko’rish 
mumkin.  Chunonchi,  ko’pgina  maktablarda  o’quv-tarbiya  ishlarining  saviyasi 
davlat  standarti  talablariga  etarlicha  javob  bera  olmas,  bir  sinfda  ikki  yil  qolgan 
o’quvchilar  soni  hamon  ko’p,  o’quvchilarning  maktabni  tashlab  ketishlari  esa  tobora 
ko’payayotgandi.  Ko’pgina  maktablarning  moddiy-texnika  bazasi  talablarga  javob 
berolmasdi,  maktablarda  matematika,  fizika,  rus  tili  va  chet  tili  fanlaridan  dars 
beradigan  malakali  o’qituvchilar  etishmasdi,  yettiyillik  umumiy  majburiy  talimni 
amalga  oshirish  va  o’rta  talimni  rivojlantirish  borasidagi  ishlarda  ham  muayyan 
nuqsonlar  yo’q  emas  edi.  Bu  kamchiliklarni  bartaraf  etish  o’sha  kunning  birinchi 
galdagi vazifasi bolib qolgandi. 
Boshlang’ich  maktabda to’rtyillik boshlang’ich talimdan uchyillik  boshlang’ich 
talimga o’tish amalga oshirildi. 
Yettiyillik to’liqsiz o’rta maktab, umumiy majburiy sakkizyillik ta'lim 
maktabiga aylantirildi. 
Sakkizyillik  maktabni  tamomlagan  o’quvchilar  quyidagi  o’quv  yurtlarida 
o’qishlari  mumkin  edi:  1)  to’liq  umumiy  ta'lim  o’rta  maktablarida  (IX-X 
sinflarda);  2)  o’qish  muddati  uch-to’rtyillik  bo’lgan  texnikumlarda;  3)  hunar-
texnika bilim yurtlari hamda 4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida. 
1959-1975-yillari  respublikada  internat-maktablar,  maxsus  maktablar  va 
kuni  uzaytirilgan  guruhlar  tarmog’i  rivojlandi;  jismonan  nuqsonli  bolalar  uchun 
maxsus maktablar tashkil qilindi; pedagog  xodimlar tayyorlash va ular malakasini 
oshirish  tarmog’i  kengaytirildi.  70-80-yillari  ham  O’zbekiston  maktablarida  ahvol 
o’zgarmay  qolaverdi.  Ularning  moddiy-texnika  bazasi  yaxshilanmadi.  Ammo 
maktablar,  o’quvchilar  soniyildan-yilga  ortib  boraverdi.  Masalan,  O’zbekistonda  1945– 
46-o'quv  yilida  jami  4525  maktab  bo’lib,  ularda  qariyb  998  ming  o’quvchi  o’qigan 
bo’lsa,  1970–71-o'quv  yilida  respublikaning  umumiy  talim  maktablari  soni 


 
145 
7072taga, o’quvchilar soni esa, 3 mln.164 ming kishiga etdi... 1970-1980-yillari xalq 
talimi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag’ ll%dan 8%ga kamayib ketdi... 5% 
dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi. 
Umuman,  xulosa  qilib  aytganda,  urushdan  keyingi  va  tinch  qurilish  davridan 
mustaqillik davrigacha O’zbekiston maorifi, fan va madaniyati  rus  hamda  Yevropa 
madaniyati  ta'sirida  rivojlandi,  ammo  bu  -  o’zbek  xalqining  milliyligidan, 
asrlardan  beri  meros  bo’lib  kelayotgan  qadriyatlaridan  muayyan  darajada 
ajralgan holda rivojlanish edi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish