Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

Bahovuddin Naqshband 
Muhammad  ibn  Muhammad  Fazl  Buxoriy  –  Bahovuddin  Naqshband  bijriy  718 
(milodiy 1318) -yili Buxoro shahxiga yaqin Ko’shki Hinduvon (qasri Orifon) qishlog’ida 
tug’iladi.  Naqshband  uning  laqabi  bo’lib,  ota  kasbi  -kimxobboflik  bilan 
shug’ullanganligi uchun berilgan bolsa kerak. 
Muhammadning  bobosi  so’fiylar  bilan  yaqindan  munosabatda  bo’lganligi  uchun 
ham,  unda  tasavvuf  ilmiga  qiziqish  bolalikdan  paydo  boladi  va  shu  yoida  tarbiyat 
topadi. 
Muhammad  ibn  Muhammad  tariqat  sulukiga  oid  ilk  saboqlarni  shayx  Hoja 
Muhammad  Boboyi  Samosiy  va  Sayyid  Amir  Kuloldan  oladi.  Ajnmo  Hazrat  Hoja 
Bahovuddin  Hoja  Abdulholiq  G’ijduvoniyni  o’ziga  ustjoz  bilib,  uning  yo’lini  qabul 
qiladi. 
Avvalo,  naqshbandiya  suluki  halol  mehnat  qilish  orqali  kun  kechirish  g’oyasini 
targ’ib  qiladi.  Bahovuddin  Naqshband  tomonidan  ilgari  surilgan  «Dil ba  yoru dast  ba 
kor» (Dil yorda, qol ish (mehnat)da) shiori fikrimizning yorqin isbotidir. Shuning uchun 
ham naqshbandiya sulukiga kirgan kishilar mehnat qilish evaziga hayot kechirar edilar. 
Tunu kun toat-ibodat bilan shug’ullanib, oila, jamiyat yumushlarini tark etish emas, balki 
oilani farovon, mamlakatni obod etish yo’lida mehnat qilish talab etilar edi. Ushbu talab 
hadislar  mazmunida  olg’a  surilgan  g’oyalarga  toia  mos  tushadi.  Bahovuddin 
Naqshbandning o’zi ham oddiy, pok inson boiib, mehnat qilish evazdga kun kechirgan. 
Naqshbandiya  tariqatining  boshqa  suluklardan  yana  bir  farqi  shu  ediki,  boshqa 
suluklarning  tarafdorlari  pir  oldiga  yig’ilib,  «Zikri  aloniya»ni  amalga  oshiralar,  ya'ni 
ovoz chiqarib zikr tushsalar, Naqshbandiya tariqatining tarafdorlari «Zikri xufiya»ni 
amalga  oshirganlar,  ya'ni  ular  tomonidan  Ollohga  qilinayotgan  toat-ibodat  ovoz 
chiqarmasdan bajarilar edi. «Zikri aloniya»ning mohiyatiga ko’ra Olloh ismi yoki «Lo 
iloha  illolloh»  kalimasi  bor  ovozda  ohang  yordamida  aytilib,  raqsu  samo’  asosida 
bajarilgan. Ahmad Yassaviy sulukida zikrning mazkur shakli «Zikri arra» deb yuritilar 
edi.  Mazkur  amalni  ado  etish  chog’ida  zikr  tushayotganlarning  ovozi  yog’och 
kesayotgan vaqtda arradan chiqadigan ovozga o’xshar edi. «Maqomati naqshbandiy» 
asarida keltirilishicha, Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya sulukidagilar ham ana shu 
odatga amal qilganlar. 
«Zikri  xufiya»  amalini  bajarish  vaqtida  esa  muridlar  bir  joyga  to’planishlari 
shart emas, har kim o’z uyida tinch, osuda, shovqin-suronsiz, raqsu samo’siz Ollohning 
ismi  va  muqaddas  so’zlarni  dilda  yod  etib,  kunduzlari  o’z  ishi  bilan  mashg’ul 
bolaveradi. «Zikri xufiya» amalini Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshband yuqorida qayd 
etib  o’tilganidek,  Abdulholiq  G'ijduvoniydan  o'zlashtirgan.  Mutafakkirlar  – 


 
46 
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ham shu suluk vakillari bo’lganlar. 
Uchinchi  farq  shundan  iborat  ediki,  naqshbandiya  sulukining  valiylari  bemordan 
o’zlariga  kasallikni  tortib  olib,  so’ngra  kasallikni  o’z  vujudlaridan  chiqarib  tashlash 
xislatiga ega bo’lganlar. 
To’rtinchi  farqi,  naqshbandiya  sulukidagi  avliyolar  boshqa  ba'zi  avliyolardek, 
karomatfurushlikka  yo'1  qo’ymaganlar.  Har  bir  muridning  Ollohga  etishishi  hamda 
vahdat  hosil  qilishi  uchun  ma'naviy  va  ruhiy  poklanish  maqsadi  yo’lida  uning  har 
qanday bid'atga qarshi kurashishi talab etilgan. Avliyolik kuch-quvvatini esa faqat ezgu 
ishlar:  ilm-ma'rifatni  rivojlantirish,  xalqning  ma'naviy  jihatdan  poklanishini  ta'minlash 
yolida  har  qanday  zulm  va  bid'atga  qarshi  kurashishga  sarflaganlar.  Ushbu  suluk 
valiylari  shu  kabi  ezgu  amallari  bilan  xalq  orasida  katta  obro’  qozonganlar.  Buni 
«Maqomati  Hoja  Naqshband»  asarida  bayon  etilgan  voqealar  va  Hazrati  Hoja 
Bahovuddin  Naqshband  tomonidan  ifoda  etilgan  hikoyatlar  mazmunidan  ham  anglash 
mumkin. Xususan, Bahovuddin Naqshband musulmonlikning mohiyatini quyidagicha 
yoritgan edi: «Musulmonlik, bu  - iloji boricha hukmlarga  bo’ysunish, taqvoga rioya 
qilish,  amalni  bajarishga  intilish  va  bekorchilikdan  uzoq  bo’lish.  Bularning  hammasi 
nuri safo va rahmat  hamda valoyat  darajasiga etishish vositasidir. Avliyolarning aziz 
manzili  va  maqomlariga  mana  shu  sifat  va  parvarish  orqali  etiladi».  Ushbu  fikrning 
mantiqiy davomi sifatida o’z tariqatining maqsadini  
Naqshbandiya  tariqati  asosida  har  bir  insonning  halol,  pok  bo’lishi,  o’z  mehnati 
bilan  hayot  kechirishi  kerakligi,  sabr-qanoatli  bo’lishi,  kamtar,  samimiy  bo’lishi, 
iymon  va  e'tiqodini  mustahkam  tutishi,  dilga  xudoni  jo  etib,  amalda  xalq  bilan  birga 
bo’lish kabi olijanob xislatlarni tarkib toptirish yotadi. Bu xislatlarni o’zlashtirib borish 
jarayonida inson poklana boradi va ruhan Ollohga etishishga o’zini tayyorlaydi. 
Naqshbandiya 
tariqati 
kishilarni 
mehr-oqibat, 
samimiylik, 
halollik, 
mehnatsevarlik,  rostgo’ylik,  sabr-qanoatga  ega  boiish  sari  yo’llar  ekan,  ularda  yomon 
illatlar:  harom  ishlar,  ya'ni  o’g’rilik,  nopoklik,  xasislik,  yolg’onchilik,  firibgarlik, 
ta'magirlik,  boylikka  hirs  qo’yish  kabilarni  qoralaydi.  Buni  biz  Hazrati  Hoja 
Bahovuddin Naqshbandning quyidagi fikrlaridan ham bilsak boiadi: 
«Shamga o’xshagin, toki hammaga ravshanlik bag’ishla, o’zing esa qorong’ida bo'1, 
«Hoyu  havas  va  nafs  ahllari  tutgan  ishlar  asosining  barchasi  zalolat(adashuv)dan 
iboratdir.  Ishlarda  niyatni  to’g’ri  qilish  eng  muhim  narsadir»,  «Kishi  o’zining 
nafsiga  tuhmat  qilishi  kerak.  Kimki  Haq  subhonahu  inoyati  bilan  o’z  nafsining 
yomonligini tanigan, uning hiyla-nayrangini anglagan bo’lsa, bunday qilish unga oson 
bo'ladi».  Bu  yo’ldan  yuruvchilarda  o’zgalarning  gunohini  ham  o’zlaridan  deb  bilish 
hollari ko’p boladi. 
Bu  hikmatlarda  komil  insonni  tarbiyalash  uslublari  ham  bayon  etilgan: 
«Suhbatimizga  etishadigan  guruhlardan  ba'zilari  shundayki,  ularning  ko’ngillarida 
muhabbat urug’i bor, ammo xalaqit beruvchi xasu hashaklar tufayli o’solmaydi, bizga 
esa uni poklash lozim. Ba'zilarida muhabbat urug’i yo’q, bizga esa uni paydo qilish lozim»; 
«Murshid tolibning o’tgan, hozirgi va kelajak kabi uch holidan boxabar bo’lishi kerak, 
shundagina  uni  tarbiya  qila  oladi»;  «Tolib  amal  qilishi  zarur  bolgan  shartlardan  biri 
shuki,  u  Haq  taolo  do’stlaridan  biri  bolgan  do’st  bilan  hamsuhbat  bo’lib,  o’z  holidan 
voqif  bo’lishi  zarur.  Suhbat  zamonini  o’zining  o’tmish  zamoni  bilan  solishtirib 
ko’rsin,  nuqsondan  kamol  sari  ketayotganini  o’zida  mushohada  qilsa,  bu  azizning 


 
47 
suhbatida mulozamatda bo’lishni o’zi uchun farzi ayn hisoblasin». 
Xulosa  qilib  aytganda,  naqshbandiya  tariqati  ikki  muhim  tariqat:  Abdulxoliq 
G’ijduvoniy hamda Ahmad Yassaviy yolini birlashtirdi va hayotga moslashtirdi. 
Naqshbandiya suluki (xudoga yaqinlashish yoii) o’n bitta axloqiy qoidani ishlab chiqdi 
va amaliyotga tadbiq etdi. 
So’fiyning  poklanish  va  xudoga  etishish  darajasi  ma'naviy  murabbiy  -shayx, 
murshid yoki pir tomonidan amalga oshiriladi. 
Va  nihoyat,  murshid  bilan  murid  o’rtasidagi  ma'naviy-ruhiy  aloqaning  paydo 
bo’lishi  muridning  kamolotga  etishganligini  ko’rsatadi  va  murshid-muridga  o’z 
hirqasini  echib  beradi.  Bu  yol  muroqaba,  mushohada,  musohaba  kabi  uch  bosqichdan 
iborat bo’ladi.  Naqshbandiya sulukiga kirgan inson  o’zini ham ruhan, ham jismonan 
chiniqtirishi, ma'naviy poklashi va qalbga sayqal berishi lozim. 
Naqshbandiyaning asosiy yo’li Haqqa etishga intilish, xufiya zikr qilish boiib, ba'zi 
bid'atlarni  rad  etadi.  Masalan,  darbadarlik,  qashshoqlik,  musiqa  chalib,  ashula  va  raqs 
tushib,  zikr  tushish  (samo’)  va  ovoz  chiqarib  (jahr)  zikr  qilish  va  boshqalar.  Aziz-
avliyolar,  ularning  mozorlariga  sig’inish  man    etilib,  har  qanday  madadni  faqat 
Ollohdan  so’rash  kerakligi  ta'kidlanadi.  Ruhan  poklanib,  manmanlik,  kibru  havodan 
voz kechib, oddiy o’z mehnati bilan kun kechirishga davat etadi. 
Demak,  naqshbandiya  tariqatining  asosini  insonning  ham  ruhan,  ham  jismonan 
poklanishi  tashkil  etib,  bu  jarayon  hozirgi  davrda  ham  o’z  ahamiyatini 
yo’qotmagan.  Bugungi  kunda  yosh  avlodni  etuk  inson  etib  tarbiyalashda 
naqshbandiya tariqatining axloqiy sistemasi, yo'1 va usullari qo'1 keladi. Zero, aqliy, 
axloqiy,  jismoniy  kamol  topgan  shaxsni  shakllantirishda  mazkur  tariqat  g’oyalari 
muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 
Haqiqiy  so’fiylik  tarkidunyochilik  g’oyasini  ilgari  surmaydi,  u  insonni  ma'naviy 
poklanishga  yo’llaydi.  Lekin  ba'zi  johil  va  nodon  kishilar  (hatto  din  peshvolari  ham) 
insonning  ruhan  xudo  bilan  birlashishi,  «Anal  haq»lik,  ya'ni  «Men  xudoman»  degan 
ifodaning mohiyatini tushunmasdan, ularni ta'qib etdilar. Aslini olganda, so’fiylik, bu 
-  muruvvat,  saxovat,  mehnat,  qanoat  va  diyonatdir.  Ular  inson  xulqida  mavjud 
bo’lgan  illatlarga  qarshi  kurashuvchilardir.  So’fiylar  hayotni  qabohat  va  razolatdan 
tozalash  yo’lida  har  bir  insonning  ma'naviy  jihatdan  pok  bolishini  ta'minlash 
uchun kurashganlar. 
Xulosa qilib aytganda, Islom er yuzida keng tarqalgan dinlardan bolib, u musulmon 
madaniyatining  tarkib  topishida  muhim  o’rin  tutdi.  Islom  talimotining  muqaddas 
kitobi  -  «Qur'on»da  ilgari  surilgan  xulq-odob,  turmush  tarziga  oid  qarashlar 
musulmonlar  axloqiy  tarbiyasining  shakllanishiga  asos  bo’lib  xizmat  qildi.  Barcha 
musulmon  mamlakatlarida  «Qur'on»ning  sharhlovchilari  tomonidan  shariat  qonun-
qoidalari,  axloqiy  talablarini  targ’ib  etilishi  keyinchalik  musulmon  adabiyotida  axloqiy-
didaktik mazmundagi asarlarning paydo boiishiga turtki boidi. 
Islom  barcha  musulmon  mamlakatlarida  bolgani  kabi,  Xuroson  va 
Movarounnahrda  ham  asosiy  din  hisoblanadi.  Shuning  uchun  xalq  hayotida  Islom 
ta'limotida ifodalangan xulq-odob qoidalari mohiyatini chuqur o’rganish asosida yosh 
avlodda ma'naviy-axloqiy xislatlarni tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish