Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o


O’quv yurtlarida jismoniy tarbiya



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/87
Sana18.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#69591
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87
Bog'liq
jismoniy madaniyat tarixi

O’quv yurtlarida jismoniy tarbiya. Krepostnoy huquq bekor qilinganidan keyin 

grajdan bilim yurtlarida jismoniy tarbiyaning yo’lga qo’yilishi qoniqarsiz ahvolda 

qolaverdi. Chor hukumati yosh avlod jismoniy tarbiyasiga unchalik g’amxo’rlik qilmas 

edi. Biroq ijtimoiy ta’lim-tarbiyaviy harakat ta’siri ostida 1864 yilning 19 noyabrida 

qabul qilingan yangi maktab ustaviga muvofiq gimnaziyalar va progimnaziyalarda 

gimnastkani joriy etish mo’ljallandi.  

1864 yilgi o’rta maktab islohoti jismoniy tarbiyani taraqqiy ettirish ishida ma’lum 

darajada oldinga tomon qadam qo’yilganligini anglatardi. Ammo bu islohot moddiy baza 

va kadrlar bilan mustahkamlanmagan edi. Shuning uchun ham u bilim yurtlari 

o’quvchilarining jismoniy tarbiyasini yaxshilash imkonini bermadi.  

1889 yilda maktab o’quvchilari va harbiy tayyorgarlikka chaqiriluvchilar jismoniy 

tarbiyasini yaxshilash maqsadida xalq maorifi vaziri tomonidan «Erkaklar bilim 

yurtlarida gimnastika o’qitish qo’llanmasi va dasturi» tasdiqlandi. Unda yoshlar jismoniy 

tarbiyasining vazifalari to’g’risidagi umumiy qoidalar, darslarni o’tish metodikasi va 

maktab majburiy fan sifatida joriy qilgan jismoniy mashqlar ro’yxati berilgan. Jismoniy 

tarbiyaning asosiy vositalari sifatida gimnastika va o’yinlar tavsiya etilgan edi. Bilim 

yurtlarida gimnastikani joriy etish oson ish bo’lib chiqmadi. Undan dars bera oladigan 

kishilar yo’q edi. Gimnastika darslarini o’tishga ofiserlar va hatto unter-ofiserlar taklif 

qilina boshladi. Bu hol shunga olib keldiki, grujdan bilim yurtlarida harbiy gimnastika 

joriy etildi. Uni o’rgatuvchi o’qituvchilar juda oz maosh olishar, shuning uchun ham 

gimnastika o’qitishga tasodifiy bir mashg’ulot deb qarardilar. Faqatgina ayrim 

gimnaziyalarning direktorlari jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini tushunar, bu ishga 

tajribali o’qituvchilarni taklif qilish yo’llarini axtarar edilar. 

Ko’pchilik olimlar, pedagoglar va shifokorlar jurnal sihifalarida bilim yurtlaridagi 

jismoniy tarbiyaning mavjud ahvolini tanqid qilishar edi. 1899 yili Moskva universiteti 

huzuridagi pedagoglar jamiyatining yig’ilishida N.S.Filitis o’zining o’rta maktabda 

gimnastika o’qitish haqida qilgan ma’ruzasida qo’yidagi xulosalarga keldi: «1889 yilda 

belgilangan gimnastika sistemasida yaxshi narsalar ham, shu bilan birga ko’pgina yomon 

narsalar ham bor. Biroq undagi yaxshi narsalar maktablarda qo’llanilmaydi, yomon 

narsalar esa qo’llaniladi. Ana shuning uchun ham o’rta maktab dasturlarini qayta ko’rib 

chiqish bo’yicha Moskva pedagoglarining yaqindagina bo’lib o’tgan  majlisida tuzilgan 

jismoniy tarbiya masalalarini aniqlash komissiyasi bir ovozdan gimnastikaning hozirgi 

ahvolda o’rgatilishini zudlik bilan yo’q qilishni iltimos etishga qaror qildi». 

Rasmiy doiralar maktabda jismoniy trabiyani yo’lga qo’yishni yaxshilash 

yuzasidan choralar ko’rmadilar. Faqat ayrim pedagoglarning tashabbusi bilan 

maktablarda jismoniy tarbiyani  yaxshilash harakati boshlandi. Sankt-Peterburg (1892 

yil), Odessa (1892 yil); Kiyev (1893 yil), Moskva (1893 yil) va boshqa shaharlarda 

tuzilgan o’quvchi yoshlar jismoniy kamolotiga yordam beruvchi jamiyatlar bu sohada 

katta rol o’ynadi. Ular o’yin maydonchalari ochdilar, o’quvchilar uchun sayr va 

ekskursiyalar uyushtirdilar. Jamoat tashkilotlari, ilg’or pedagoglar, shifokorlar va 

adabiyotchilarning qattiq turib talab qilishlari natijasida xalq maorifi vaziri 1902 yilning 

15 avgustida farmoyish chiqarib, bu hujjatda maktablarda harakatli o’yinlar, harbiy 

gimnastika, buyumlar bilan bajariladigan gimnastika, konki va chang’i, suzish va eshkak 

eshish, velosipedda yurish, qilichbozlik, qo’l mehnati, raqs va ashulani joriy etishni 

nazarda tutdi. Unda maktab gimnastika bayramlari o’tkazish zarurligi ham ko’rsatib 

o’tilgan. Jismoniy mashqlar mashg’ulotlarini har kuni 30 minut davomida va, albatta, 

o’quv kunining o’rtalarida o’tkazish, o’quv kunining dastlabki va oxirgi darslarida 

o’tkazilishiga sira yo’l qo’ymaslik tavsiya etilar edi. 1904 yilning 10 iyunida chiqarilgan 




 

49 


yangi farmoyishda o’quvchilarning o’qituvchilar va qarindosh-urug’lar bilan sayr 

etishlari ham qo’shimcha qilinib, bu imkoniyatlar yanada kengaytirildi. Unda suv sportini 

keng yoyish, suzish maktablari tashkil qilish tavsiya etilar, yuqori sinf o’quvchilarini o’q 

otadigan qurol bilan tanishtirish nazarda tutilardi. 

Biroq ish «tavsiya etish» va farmoyish berishdan nariga bormadi. Chunki bu 

ishlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoit yo’q edi. Malakali pedagoglar va moddiy 

baza yo’q, o’quv va o’quvchilarning o’qishdan tashqi hayoti umuman normal tartibga 

solinmagan edi. Gimnastika mashg’ulotlari maxsus ma’lumotga, xatto durustroq umumiy 

ma’lumotga ega bo’lmagan o’qituvchilar boshchiligida chang-to’zoni ko’tarilib yotgan 

yo’lak yoki dam olish zallarida o’tkazilgan vaqtda o’quvchi yoshlar jismoniy 

tarbiyasining bu tarzda yo’lga qo’yilishi o’quvchilarda fanga qiziqish va rahbarga 

ishonch tug’dira olmas edi. 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish