sabablaridan biri, jahondagi mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning
Fransiya, AQSh, Rossiya, Italiya kabi taraqqiy etgan davlatlar iqtisodiy va madaniy
jihatdan ancha yuqori darajaga ko’tarildi. Bu darvda ishlab chiqarish, fan, ta’lim tez
65
rivojlandi. Bu jarayonlar ishlab chiqarish, xalqaro uyushmalar, trestlar, sindikatlarni va
bir qator boshqa yangi tarmoqlarni tashkil etish bilan birgalikda davom etdi. Yevropa
mamlakatlari va Amerikada ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonining mahsuli sifatida aloqa
va kommunikasiya vositalari yuzaga keldi.Chegaralangan kichik doiradagi milliy
jarayonlar jamoat taraqqiyotiga putur yetkaza boshladi. Bunday sharoitda turli sohalar
bo’yicha xalqaro munosabatlarni kuchaytirish, ya’ni iqtisodiy, ilmiy, madaniy va
sportdagi aloqalarni bog’lash qonuniyat darajasiga yetdi.
XIX asrning oxiri nisbatan tinchlik-osoyishtalik bilan o’tdi. Fransiya-Yaponiya
urushidan (1870-1871) va Parij Kommunasidan (1871) boshlab, rus-yapon urushigacha
(1904-1905) va Rossiyadagi birinchi inqilobgacha (1905-1907) jahonda hyech qanday
yirik urushlar bo’lmagan edi. Bunday holat mamlakatlararo aloqalar va sportni
rivojlantirishga qulaylik yaratdi.
Jamoat harakatlari yoshlar orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo’yicha
jamoatchilik (ommaviy) harakatining yuzaga kelishi ham bunga katta sabab bo’ldi. XIX
asrning so’nggi choragi jamoat arboblari, tibbiyotchilar, pedagoglarning yoshlarga ta’lim
berish, jismoniy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan umumiy harakatlari, faoliyatlari
ancha kengaygan davr edi.
Bu jarayonlarda jismoniy tarbiya va sportning yangi shakllari, usullarini izlash
boshlandi. Ba’zi mutafakkirlar milliy jismoniy tarbiya va sport bilan chegaralanibgina
qolmasdan, balki xalqaro sport aloqalarini o’rgatishni tavsiya etib maydonga chiqdilar.
Bu yo’lda Fransiya, Yunoniston, Angliya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Shvesiya va
boshqa mamlakatlarning jamoatchiligi o’z faoliyatlari bilan alohida ajralib turar edi.
Yoshlarni jismoniy tarbiyalash maqsadida olimpiya o’yinlaridan foydalanish kabi fikrlar
ham bildiriladi. Bu to’g’rida chex pedagogi Ya.A.Komenskiy, nemis gimnastika
maktabining asoschilari I.X.Guts-muts va G.Fit, rus jismoniy ta’limi tizimining asoschisi
P.F.Lesgaft va boshqalar bir necha bor ta’kidlashgan. Ular qadimgi yunon olimpiya
o’yinlari kabi musobaqalarni tashkil etish – yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan
tarbiyalash yo’lida ko’p xizmat qilishi mumkinligini e’tirof etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: