Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o


Siyosatdan yiroqlik, insonparvarlik, havaskorlik



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/87
Sana18.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#69591
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87
Bog'liq
jismoniy madaniyat tarixi

Siyosatdan yiroqlik, insonparvarlik, havaskorlik. Urushdan keyingi davrlarda 

G’arb mamlakatlari sport-gimnastika harakatining nazariy-amaliy faoliyatida sportdagi 

asosiy tamoyillardan yuz o’girish holatlari yuzaga keldi. Ya’ni siyosatdan yiroqlashuv, 

insonparvarlik va havaskorlik yangi yo’nalishlarda davom etdi. Sportda kamsitish, 

chegaralanishga yo’l qo’yilmaslik g’oyalari rivojlandi. Lekin kamsitish o’rniga siyosiy 

jihatdan b’zi mamlakatlarni o’z yo’lidan qaytarishga kirishildi. Bu xalqaro sport 

maydonlaridagi ba’zi davlatlarni siqish, xalqaro ahvolning keskinlashuvi (Vengriyadagi – 

1956, Chexoslovakiyadagi –  1968, Afg’onistondagi –  1979 voqyealar va h.k.) sabab 

bo’ldi. Bunday holatlar sportdagi gumanizm tamoyillariga ham ta’sir o’tkazdi. 

Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda insonparvarlik g’oyalaridan 

uzoqlashishning asosiy sabablaridan biri sportchilarning yukori natijalarni ko’rsatishi 

uchun doping ishlatilishi (giyohvandlik), sportga aloqador bo’lmagan turli xil 

musobaqalarning uyushtirilishi (xotin-qizlar, odamlarning itlar bilan olishuvi va h.k.) 

sabab bo’ldi.  

Havaskorlik harakatining halokatga uchrashi esa urushdan so’nggi davrlardagi 

milliy va tashqi sababalar bilan bog’liqdir. Ichki sabablardan biri shuki, har yili sportda 

eng yuqori natijalarni ko’rsatish talabi kuchayadi, sportdan keladigan daromadlarni yo’q 

qilish, bunda ommaviy axborot vositalarini ishga solish kuchaydi. Tashqi sabablar esa 

sportdagi havaskorlikning susayishi, xalqaro sport maydonlarida kuchlar tengligining 

o’zgarishlari hisoblanadi.  

Shu sababdan havaskorlik sport tamoyillarini saqlash eski yo’lga qaytdi, ya’ni 

havaskorlik sporti professional sport chegarasi doirasida rivoj topa boshladi. Olimpiya 

Xartiyasidan «Havaskorlik» atamasi o’chirib yuborildi. 1984 yilda Los-Anjelesda 

o’tkazilgan XXIII o’yinlardan boshlab, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi (XOQ) va bir qator 

sport federasiyalarining (XSF) ruxsati bilan professional sportchilar Olimpiya o’yinlarida 

qatnashish huquqini oldilar. Asosan, ular futbol, basketbol, xokkey tennis, figurali uchish 

kabi turlarda ishtirok etdilar. 

Tushkunlik (krizis) holatlaridan ustun kelish yo’lida sportda ilmiy-texnik 

taraqqiyot natijalarini qo’llash amalga oshirildi. Bu sportdagi yuksak natijalarga erishish 

yo’llarida ko’mak bo’ldi. AQSh, GFR, Yaponiya, Fransiya, Angliya, Italiya kabi taraqqiy 

qilgan yirik mamlakatlarda tibbiyot, fiziologiya, psixologiya sohalarida ilmiy tadqiqotlar 

o’tkazildi. Sportga o’rgatish va mashg’ulotlarni tashkil qilish ususllari ishlab chiqildi. 

Ilmiy-tadqiqot natijalariga asosan, universitetlar va kollejlarning majmualarida hamda 

yuqori malakali sportchilarni jalb etish yo’li bilan ilmiy markazlarda katta sinov-

tajribalar amalga  oshirib borildi.  



 

37 


Xulosa shundan iboratki, Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda jismoniy 

tarbiya va sport jahonning barcha mamlakatlarida tezlik bilan rivojlandi. Eski usullardan 

voz kechildi. Xalqaro sport harakati va Olimpiya o’yinlarining o’tkazilishi yoshlarni 

sportga jalb etish, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va ularning sport mahoratlarini 

oshirishda katta rag’batlantiruvchi kuch bo’ldi. Bu jarayonlar AQSh, GFR, Fransiya, 

Italiya, Skandinaviya mamlakatlari hamda Sharqda Yaponiya, Koreya kabi 

mamlakatlarda keng quloch yoydi.  


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish