Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o


Olimpiya an’analarini qayta tiklash



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/87
Sana18.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#69591
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Bog'liq
jismoniy madaniyat tarixi

Olimpiya an’analarini qayta tiklash 

Insoniyatning iroda, aql va jismoniy harakatini tarbiyalashga xizmat etuvchi 

qadimgi Olimpiya bayramlarini qayta tiklash g’oyalari uyg’onish davriga kelib paydo 

bo’la boshladi. Uning ilk tashabbuskorlaridan biri italiyalik davlat arbobi Matteo 

Polmiyeri (1406  -  1476) hisoblanadi.  U o’zining «Fuqarolik hayoti haqida» nomli 

kitobida antik Olimpiya o’yinlarining yoshlarni jismoniy  tarbiyalashdagi mohiyatini 

ochib beradi. Shuningdek, «Hayot shahri» (Gorod jizni) kitobida yoshlarni vatanparvarlik 

ruhida tarbiyalash, jamiyatga xizmat qilish ehtiyojini singdirish inson hayotining 

ma’naviy me’yorlarini tarkib toptirishning asosi ekanligini e’tirof etgan.  

Qadimgi Olimpiya o’yinlaridan ibrat olishni Yan Amos Komenskiy, Jan Jak 

Russo, Fridrix Shiller, Mixail Lomonosov,  Iyeronim Merkurialis va boshqa 

donishmandlar ham tavsiya etishgan. 

Ba’zi bir davlatlarda qadimgi Olimpiya o’yinlarini o’tkazish amaliy jihatdan 

kuchga kirgan. Bunday o’yinlar faqat bir davlat miqyosidagina o’tkazilganligi ko’zga 

tashlanadi. 1604 yilda Robert Dover (Angliya) yoshlar orasida Olimpiya o’yinlariga 

o’xshash musobaqa o’tkazishga muvaffaq bo’ladi. Bu voqyea «Gotevold o’yinlari» 




 

20 


(joyning nomi asosida) nomi bilan tarixda qoldi. Gotevold tepaliklarida o’tkazilgan 

musobaqalar dasturida rapira, sablya, shpagada qilichbozlik, kurash, futbol, (sul) o’yini, 

bosqon uloqtirish, otda poyga, shaxmat va boshqa o’yinlar bo’lgan. Uilyam Shekspir 

«Vindgorlik oyimchalar» (Vindgorskiye devushki) asarida «Gotevold tepaliklaridagi 

Olimpiya o’yinlari» deb uni tilga oladi.  

Kapitan Robert Doverning o’yinlari o’ttiz yildan ortiq davr ichida o’tkazib borildi. 

Uning 1641 yilda vafot etishi bilan uning o’yinlari ham to’xtab qoldi.  

Antik Olimpiya o’yinlari timsolidagi musobaqa keyinchalik Germaniya, Shvesiya, 

AQSh, Kanada, Gresiya kabi davlatlarda ham o’tkazilgan. Har bir mamlakatning 

imkoniyat doirasi va o’zlariga xos xususiyatlari asosida o’yinlar ham turlicha tus olgan. 

Masalan, 1845 yilda Kanadada bu «Monreal Olimpiya o’yinlari» nomi bilan o’tkazilgan.  

Shu tariqa jahonda Olimpiya o’yinlari xalqaro miqyosida o’tkazishga asta-sekin 

zamin tayyorlangan. U XIX asrning oxirida bu ish to’la amalga oshirildi. 

Xulosa qilib aytganda, o’rta asrlar jarayonida jismoniy madaniyat yangi shakllar 

va mazmunlarga ega bo’lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari qadimgi ajdodlar 

jismoniy madaniyat negizida rivoj topdi. Ularni takomillashtirishda harbiy jismoniy 

tayyorgarlik tadbirlari, yoshlarni har tomonlama tarbyailash maqsadida tashkil etilgan 

risarlik maktablari va boshqa shu turdagi o’quv muassasalarining o’rni g’oyat katta 

bo’ldi.  

Feodalizm tuzumining rivojlanishi shahar  va qishloqlar aholisi o’rtasida 

o’tkazilgan turli an’analarda, marosimlar o’tkazishda, kurash, boks, qilichbozlik, 

kamondan o’q otish, otlarda poyga va boshqa turli-tuman o’yinlardan keng 

foydlanganlar. 

Feodal tuzumning yemirilishi va kapitalistik tuzumining  shakllana borishi 

natijasida kelishmovchilik va urushlar ko’payib, o’q otar qurollardan keng foydalanish 

boshlandi. Shu tariqa jismoniy tarbiya va sportning rivoji zamon ruhi  bilan bog’langan 

holda davom etdi. 

XV-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar tomonidan 

yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashga doir yangi g’oyalar ilgari surildi. 

Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi. 

Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyotlar davlatlarning 

iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sabab bo’ldi.  

Fan, madaniyat va ta’lim-tarbiyaning Yangi yo’nalishlari negizida antik Olimpiya 

o’yinlari qayta tiklashga urinishlar bo’ldi. Natijada, Shvetsiya, Angliya, Kanada va 

boshqa bir qator davlatlarda qadimgi Olimpiya o’yinlariga qiyoslab, yangi ko’rinishdagi  

o’yinlar o’tkazildi va umuman, jamiyatning o’sha davrdagi tuzilishi, diniy hukumronlik 

sharoitida bunday tadbirlarni muntazam o’tkazib borish, ularni xalqaro miqyosda tashkil 

qilishga hyech bir davlat qodir emas edi.  




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish