270
2. 1-4- sinflarda arifmetika o’qitishning mazmunini musbat butun sonlar va ular ustida
amallar tashkil etadi. Asosiy maqsadlardan biri o’quvchilarda puxta yozma va og’zaki hisoblash
malakalarini shakllantirish hisoblanadi. Shuningdek, o’lchovlarni o’rganish va o’lchashda
mashqlarga alohida e’tibor beriladi. Ismli sonlar ustidagi amallar oson hollar bilan
chegaralaniladi. Ulushlar bilan tanishtiriladi, ularga sonning qismi haqida tushuncha beriladi.
Yarim chorak, nimchorak, o’ndan bir kasrlar hosil bo’lishi tushuntiriladi.
Boshlang’ich sinflarda son va hisoblashlarni o’rganish uslublarining asosiy qoidalari
mavjud:
1)Tushunchalarni tarkib toptirishda ko’rgazmali qurollarga tayaniladi, so’ngra bir qator
mashqlardan keyin umumlashtirishlarga o’tiladi;
2)Tushunchalarni asta-sekin shakllantirish va hisoblash usullarini o’zlashtirishga erishish
uchun arifmetika boshlang’ich kursi konsentrlarga bo’linadi:
1 konsentr – sanoh, raqamlar, o’ngacha qo’shish va ayirish;
2 konsentr – ikki o’nlik doirasida nomerlash va amallar;
3 konsentr – yuzlik chegarasida o’sha ish;
4 konsentr – minglik chegarasida o’sha ish;
5 konsentr – million chegarasidagi sonlar ustida o’sha ishlarni bajarish;
6 konsentr – ixtiyoriy kattalikdagi sonlar ustida qo’shish va ayirish;
3)Amallar haqidagi tushunchalarni tarkib toptirishda oddiy masalalarni yechish va tuzish
qo’llaniladi.
4.Son va hisoblashlarni o’rganishning
umumiy uslubiy prinsiplari quyidagilar:
1. Tushunchalar ma’lum sistemada bayon etiladi;
2. O’qitish uzlashtirish eng ongli bo’lishi va fikrlash mustaqilligiga erishish nuqtai
nazaridan tashkil etiladi;
3. Xulosalarni qulay mantiqiy asoslashga katta e’tibor beriladi;
4. O’qitish jadval, chizma, sxema ko’rinishdagi har qanday ko’rgazmalik bilan amalga
oshiriladi, bunda matematik mulohazalar murakkab mantiqiy bosqichlari ko’rsatiladi;
5. Hisoblashning rasional usullariga e’tibor beriladi;
6.Olingan xulosalar amaliy mazmunli masalalarni yechishda foydalanishi lozim;
7.Matematikani o’zlashtirishning har qanday uslublari fan talablariga zid bo’lmasligi
lozim;
8. 4 va 5-sinflarda ta’lim uzviyligini saqlash zarur. Buning uchun bu sinflar o’qituvchilari
bir-birlarining darslariga kirishlari, o’zaro ish uslublarini o’rganishlari talab etiladi.
O’qitish usullarida
uzviylik yangi mavzuni o’rganishda o’quvchilarning ko’proq faol
ishlashlariga jalb etish, mustaqil ishlar uchun beriladigan topshiriqlarni tushuntirishlari, daftarlar
tutishlariga va ularni nazorat qilishga e’tibor qaratish lozim. O’qitish mazmunida uzviylik bu
oldingi tushunchalar sistemasini tuzish, yangi elementlar kiritilishi, yangi nazariy tushunchalar
bayon etilishini kuzda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: