21
Mukammal ekologik bilimga ega bo‘lgandagina tabiat muhofazasi
mohiyatini va bu ish bir davlat yoki millatning ishi ekanligini tushunishi mumkin.
Ekologiya fani biologiyaning eng yosh, lekin juda ham tez rivojlanayotgan
tarmog‘i bo‘lib, tabiatda uchraydigan tirik organizmlarning bir-birlari va ular
yashayotgan muhit bilan bo‘layotgan munosabatlarini o‘rganadi. Ekologiya tirik
organizmlarning rivojlanishi, ko‘payishi, tarqalishi, o‘zgarishi hamda ular hosil
qiladigan murakkab ekologik birliklar qonunlarini o‘rganadigan fanga aylandi.
Fan-texnika taraqqiyoti jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning
o‘zgarishiga olib keladi. Salbiy kuchlar ta‘sirida tabiatning holati o‘zgarib turishi
mumkin. Buning natijasida tabiiy voqyelikni o‘rganadigan ekologiya fani turli
biologik va nobiologik fanlar bilan tabiiy ravishda bog‘lana boshlaydi.
Ekologiya o‘simlik va hayvonlarning turli joylarga moslanishi, fasllar
bo‘yicha o‘zgarishi va ayniqsa, ularning turli tabiiy mintaqalarga xosligini
aniqlashda jug‘rofiya fani bilan qadimdan bog‘liqdir.
Organizmlarni o‘rganish jarayonida ularga muhitning tabiiy omillari ta‘sirini
aniqlashda va muhitga organizmlarning nobiologik fanlarga, ya‘ni iqlimshunoslik,
landshaftshunoslik, metrologiya, geomorfologiya, tuproqshunoslik kabi fanlarga
ko‘payishi, iqlim yerlarining tuzilishi, tuproqlarning tabiy va kimyoviy holatlari
bilan bog‘liqdir.
Kimyoning rivojlanishi, sanoat, qishloq xo‘jaligining taraqqiyoti natijasida
inson salomatligiga ziyon yetkazishni anglaydigan, ekologik ofatlarning oldini
olishni o‘rganadigan yo‘nalishlar: «Odam ekologiyasi», «qishloq xo‘jalik
ekologiyasi», «transport ekologiyasi», «sanoat ekoloiyasi», «tabobat ekologiyasi»,
«Iso ekologiya», «qurilish ekologiyasi» kabi fan tarmoqlari kelib chiqmoqda.
Iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning tabiiy zahiralaridan foydalanish
yo‘llarini o‘rganadigan va amalga oshiradigan «iqtisodiy ekologiya», «ijtimoiy
ekologiya», tabiat go‘zalligini tushuntirib, uni targ‘ibot qiladigan «etik, estetik
ekologiya» fani ham rivojlanmoqda.
Hozirgi vaqtda turli shahar va qishloqlarda aholi uchun uy-joylarni, sanoat
markazlarni qurishda tabiatga zarar keltirmaydigan holda qurishni rejalashtiradigan
«me‘morchilik ekologiyasi» tabiatdagi salbiy holatlarni aniqlaydigan, turli ekologik
chora-tadbirlar ishlab chiqadigan muhitning ifloslanishini, zaharlanishini tahlil
qiladigan «ekologik ekspertiza» kabi yo‘nalishning, EHM aparatlari hisoblari
asosida matematik yo‘llar bilan ekologik modellar yaratish kabi yo‘nalishlar ham
mavjud.
Tabiatda bo‘ladigan fizik jarayonlarning atrof-muhitga ko‘rsatadigan zararli
ta‘sirini kamaytirish tirik organizmlarning sog‘ligini saqlashda muhim ahamiyat
kasb etishini e‘tiborga olgan holda «Fizikaviy ekologiya» yo‘nalishi ham fan
sifatida kiritildi.
Shunday qilib, ekologiya tirik organizmlarning eng maydasi-mikro
organizmlardan tortib to insongacha, hattoki insonning yashash sharoitini, uning
tabiatga va tabiiy holatlarning insonga qiladigan salbiy va ijobiy ta‘sirini o‘rganadi.
Ekologiya atrof-muhit holatini o‘rganishning nazariy asoslarini yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: