Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti fizika fakulteti



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/29
Sana14.08.2021
Hajmi1,11 Mb.
#147700
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
yerga yaqinlashuvchi asteroidlar tadqiqoti

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

35 


§ II. Kichik sayyoralar (Asteroidlar). 

2.1. Asteroidlar haqida umumiy ma’lumotlar va ularni o’rganish.. 

 

Kichik  sayyoralar  kashf  etilganda  ularga  (xuddi  katta  sayyoralar  uchun 



qo‘llaniladigan) alohida belgilar berilgan. Bu belgilashlar 1845 yilgacha ochilgan 

dastlabki  4  ta  asteroidlar  uchun  ayni  paytlarda  ham  gohida  ishlatiladi.  Keyingi 

ochilgan  asteroidlar  uchun  o‘ylab  topilgan  belgilar:  Astreyi,  Gebe,  Iris  kabilar 

umuman  qo‘llanilmasdan  qoldi  va  umuman  asteroidlar  soni  ko‘paya  brogan  sari 

ularni  alohida  belgilar  bilan  belgilash  to‘xtatildi.  Asteroidlar,  ularning  ochilish 

vaqti bo‘yicha tartib raqami bilan belgilanadigan bo‘ldi. Shunday qilib, Tserera-1, 

Pallada-2,  Yunona-3,  Vesta-4  va  h.k.z.  etib  belgilandi.  Barcha  asteroidlar 

o‘zlarining  qiymatlari  bilan  katta  sayyoralardan  farq  qiladi.  Tserera  -  Quyoshdan 

o‘rtacha masofada 7,4 yulduz qiymatiga, Pallada – 8,0, Yunona – 8,7, Vesta – 6,5, 

keyingi  asteroidlar  esa  anchagina  kichik  qiymatlarga  ega  bo‘ladi.  Ochilayotgan 

asteroidlarning  yorqinligi  ularning  tartib  raqami  ortishi  bilan  kamayib  boradi. 

Bundan  kelib  chiqadiki,  katta  asteroidlar  fanga  diyarli  ma‘lum,  bundan  keyingi 

ixtirolar tufayli ancha kichik asteroidlar guruhlari ochiladi xolos. 1861 yilga qadar 

yorqinligi  9-yulduz  qiymatigacha  bolgan  asteroidlar  uchragan.  Keyinchalik 

ochilgan asteroidlar: 10-, 11-, 12- va hatto 13- yulduz qiymatigacha yorqinlikdagi 

asteropidlar  hisoblanadi.  Kichik  yorqinlik  kichik  chiziqli  o‘lchamga  mos  keladi. 

Ba‘zi  astronomlar  nisbatan  kattaroq  asteroidlarning  bevosita  o‘lchamlarini 

o‘lchashga  harakat  qilishdi.  1905  yil  1-yanvarga  qadar  548  ta  kichik  sayyoralar 

ochilgan. Keyinchalik esa asteroidlar faqatgina fotosuratlar yordamida ochiladigan 

bo‘ldi. Ushbu yo‘l bilan ochilgan dastlabki kichik sayyora - № 323 bo‘lib, u 1891 

yil  20 dekabrda  Maks  Volf  tomonidan  fotografik plastinka  yordamida  aniqlangan 

edi.  Barcha  asteroidlarni  doimiy  kuzatib  borish  murakkab  jarayon.  Ulardan 

ba‘zilari  birinchi  kuzatuvdan  so‘ng  yo‘qolib  qoladi,  ba‘zi  asteroidlar  bir  necha 

marta qayta ochilgan. Shu sababdan, qayta kuzatilgan asteroidga raqam beriladi va 

uning  orbitasi  aniq  bo‘lgach,  asteroidning  oldindan  ma‘lum  asteroidlar  safida 

yo‘qligiga ishonch hosil qilingach, u ro‘yxatga kiritiladi.  




 

36 


Sayyoralarning  anchagina  katta  asboblar  yordamida  olingan  fototasvirlari 

ham,  tadqiqot  usuli  kuchli  bo‘lishiga  qaramasdan,  kutilgan  natijalarni 

beravermaydi.  Qator  fotografik  tasvirlarda,  havoning  o‘zgarib  turishini  e‘tiborga 

olgan  holda,  o‘rtadagi  uzoq  kutish  vaqtlari  oqibatida  sifatsiz  tasvirlar  olinadi. 

Sababi:  atmosferaning  o‘zgarib  turishi  sayyoralarning  fotografiyasida  kerakli 

detallarni  yuvib  yuboradi.  Shu  bois,  kuzatuvchidan:  o‘ta  sinchkovlik  va  kutish 

talab  etiladi.  Bir  vaqtning  o‘zida,  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  bir  necha 

kuzatuvchilar  olgan  tasvirlar  ijobiy  natija  beradi.  Bu  holda,  kuzatuvchilar  ish 

jarayonida  bir-birlariga  rasmlarni  ko‘rsatmasligi  va  ko‘rayotganlari  haqida  bir-

biriga  aytmasliklari  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Hozirgi  vaqtda  asteroidlar  optik 

teleskoplar orqali muntazam kuzatilmoqda. 

 

97 %  ―kichik  sayyora‖ larning  Quyoshgacha  o‘rtacha  masofasi   2.17 



dan  3.65 gacha  astronomik  birliklar  oralig‘ida  bo‘lib, ular   asosan  doiraviy  

orbitalarda  harakatlanadi.  Lekin  bazi  asteroidlar  Quyosh  atrofidan  cho‘zinchoq 

elliptik    orbita    bo‘ylab    harakatkanadi.  Binobarin,    ular  Quyoshga    juda  yaqin 

keladi.  Quyoshga  eng    yaqinlashuvchi  asetroid    Ikardir.    Quyoshga  nisbatan    28 

mllion    km  masofada    harakatlanishi    tufayli    u  vaqti  –  vaqti  bilan    Yerga  ham 

yaqinlashib    turadi.  Sayyoralarning  anchagina  katta  asboblar  yordamida  olingan 

fototasvirlari ham, tadqiqot usuli kuchli bo‘lishiga qaramasdan, kutilgan natijalarni 

beravermaydi.  Qator  fotografik  tasvirlarda,  havoning  o‘zgarib  turishini  e‘tiborga 

olgan  holda,  o‘rtadagi  uzoq  kutish  vaqtlari  oqibatida  sifatsiz  tasvirlar  olinadi. 

Sababi:  atmosferaning  o‘zgarib  turishi  sayyoralarning  fotografiyasida  kerakli 

detallarni  yuvib  yuboradi.  Shu  bois,  kuzatuvchidan:  o‘ta  sinchkovlik  va  kutish 

talab  etiladi.  Bir  vaqtning  o‘zida,  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  bir  necha 

kuzatuvchilar  olgan  tasvirlar  ijobiy  natija  beradi.  Bu  holda,  kuzatuvchilar  ish 

jarayonida  bir-birlariga  rasmlarni  ko‘rsatmasligi  va  ko‘rayotganlari  haqida  bir-

biriga  aytmasliklari  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Qarama-qarshi  (Ro‘para)  turish 

paytida  ham  eng  yorqin  kichik  sayyoralarni  xuddi  xira  yulduzlar  kabi  ko‘rish 

mumkin  bo‘ladi.  kichik  sayyoralarning  yorqinligi  o‘zgarib  turgani  bois,  ularni, 

o‘zgaruvchan  yulduzlarni  kuzatishda  qo‘llaniladigan  usuldan  foydalanib  kuzatish 




 

37 


mumkin.  Bu  kuzatishlarning  murakkabligi  shundaki,  kichik  sayyoralar  yulduzlar 

orasida to‘xtovsiz aralashib (chalkashib) ketadi, shuning uchun ham taqqoslovchi 

yulduzni  almashtirishga  majbur  etadi.  Bu  holda,  har  qaysi  taqqoslovchi  yulduzni 

oldingisi  bilan  o‘rin  almashtirib  turish  kerak  bo‘ladi.  Bu  hol,  visual  kuzatishlar 

uchun  ham,  fotografik  kuzatishlar  uchun  ham  tegishli  bo‘lib,  faqat,  soat 

mexanizmiga ega bo‘lgan uzun fokusli kameralarga qo‘yish mumkin.  Astroidlar - 

Quyosh sistemasida eng ko‘p tarqalgan mayda jismlar. Asteroidlar belbog‘i Mars 

bilan    Yupiter  orbitalari  oralig‘idagi,  ya‘ni  Quyoshdan  2,3  va  3,3  a.b.  masofani 

egallaydi. Taxminlarga ko‘ra, asteroidlar - Quyosh sistemasining shakllanishidagi 

qoldiq  jismlar  bo‘lib,  ularning  bitta  yirik  jism  bo‘lib,  birlashishiga  Yupiterning 

gravitatsion  g‘alayoni  xalaqit  bergan.  Astreoidlarning  razmeri  bir  necha  metrdan 

yuz  km  gacha  bo‘ladi.  Barcha  astroidlar  quyosh  sistemasidagi  kichik  jismlar 

sifatida  klassifikatsiya  qilingan.  Ammo,  ba‘zi  bir  astroid  deb  klassifikatsiya 

qilingan  Vesta  va  Gegeya  kabi  jismlar  karlik  planeta  deb  klssifikatsiyasini 

o‘zgartirish mumkin, agar uning gidrostatik muvozanatga ega ekanligi ko‘rsatilsa. 

Astroidlar  belbog‘ida  diametri  1km  dan  katta  millionlab  ob‘ektlar  harakat  qilishi 

mumkin. Diametri 100 mkm dan 10m gacha bo‘lgan osmon jismlarini meteroidlar 

deb  ataladi.  Astroidlarni  ularning  orbitalari  xarakteristikalari  asosida  guruh  va 

oilalarga birlashtiriladi. Yo‘ldosh asteroidlar: - bo‘nday asteroidlar boshqa asteroid 

atrofida  aylanadigan  asteroidlardir.  Asteroidlar  belbog‘ida  kometalar  ham 

mavjuddir.  Bundan  tashqari  Quyosh  ichki  sistemasida,  ya‘ni  Merkuriy  va  Mars 

orbitalari  orasidagi  orbitalarda  harakatlanuvchi  astroidlar  guruhi  mavjud.  Ulardan 

aksariyatining  orbitasi  ichki  planetalar  bilan  kesishadi.  Tserera  -  astroidlar 

belbog‘idagi yirik jismlardan biri bo‘lib, karlik planeta deb klassifikatsiya qilingan. 

Uning diametri 1000 km va massasi xususiy gravitatsiyasi ta‘sirida sferik shaklini 

saqlay oladigan darajada yetarlicha kattadir.  

 

Kichik  sayyoralar-asteroidlar  Quyosh  atrofida  elliptik  orbitalar  bo‘yicha 



harakatlanuvchi  va  8  ta  katta  sayyoralardan  o‘zlarining  o‘lchami  kichikligi  bilan 

farq qiluvchi osmon jismlaridir.  Eng katta astreroid Tserera bo‘lib uning diametri 

770 km, Pallada – 490 km va Vesta 385 km.  Boshqa asteroidlarning o‘lchami esa 



 

38 


anchagina  kichik.  Orbitalari  aniq  hisoblangan  kichik  sayyoralarning  barchasiga 

nom    va  doimiy  raqam  beriladi.  Barcha  raqamlangan  kichik  sayyoralar  haqidagi 

ma‘lumotlar 1947 yildan buyon nashr etilayotgan Rossiyaning “Kichik sayyoralar 

efemeredalari”  nomli  nashirida  chop  etiladi.  1974  yilgacha  efemeredada  1796  ta 

kichik  sayyorala  haqida  ma‘lumot  berilgan.  Zamonaviy  teleskoplar  oqali 

kuzatilishi mumkin bo‘lgan kichik sayyoralarning umumiy soni 40 ming atrofida 

bo‘lib,  ularning  umumiy  massasi  taxminan  1/ming  Yer  massasiga  teng.  Kichik 

sayyoralarning  Quyosh  atrofidagi  harakat  yo‘nalishi    xuddi  katta  sayyoralar 

harakati  kabi bo‘ladi. Biroq o‘rtacha ekstrisitentlari 0,151 va ekliptika tekisligiga 

o‘rtacha  qiyaligi  9,54

0

  ga  teng  bo‘ladi.    Kichik  sayyoralar  hakatini  o‘rganish 



astrometriyaning qator muammolarini yechishda qo‘l keladi (masalan, astronomik 

doimiylarni  aniqlash  va  b.).  Quyosh  atrofida  aylanuvchi  8  ta  sayyoralar  va 

ularnung yo‘ldoshlari, 200.000 ga yaqin kichik sayyoralar (asteroidlar), kometalar, 

meteor jismlar birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi. Quyosh bu sistemaning 

markazida joylashgan. Sayyoralar va barcha mayda jismlarning og‘irligi birgalikda 

Quyosh sistemasi jismlari umumiy og‘irligining 0,1% ni tashkil etadi. Quyoshning 

og‘irligi  esa  taxminan  99,9%  ni  tashkil  etadi.  Shu  bois  Quyosh  bu  sistemaga 

kiruvchi barcha  jismlarning harakatlarini boshqarib turadi. Sayyoralar  Quyoshdan 

uzoqligi  bo‘yicha  quyidagi  tartibda  harakat  qiladi:  Merkuriy,  Venera,  Yer,  Mars, 

Yupiter,  Saturn,  Uran  va  Neptun.  Ularni  ko‘pincha  qora  shar  shaklidagi  katta 

sayyoralar  deb  atashadi.  Asteroidlar  esa,  Yerga  nisbatan:  o‘n,  yuz  va  hatto  ming 

martalab  kichik  bo‘lgan  kichkina  osmon  jismlaridir.  Diyarli,  barcha  kichik 

sayyoralar:  asteroidlar  zonasi  yoki  tasmasi  deb  ataluvchi,  o‘ziga  xos  aylanalar 

bo‘ylab, asosan, Mars va Yupiter sayyoralari orbitalari oralig‘ida harakatlaishadi. 

Asteroidlar  zonasidan  tashqi  tomonda  harakatlanuvchi:  Yupiter,  Saturn,  Uran  va 

Neptun  sayyaralari  –  tashqi  sayyoralari  hisoblanadi.  Merkuriy,  oVenera,  Yer  va 

Mars  esa  ichki  sayyoralar  hisoblanadi.  Sayyoralar  va  asteroidlar  Quyosh  bilan 

yoritilganligi  uchun  ham  bizga  ko‘rinadi.  Kichik  sayyoralarning,  hattoki  eng 

kattasi ham xuddi yulduzga o‘xshab,  bamisoli chaqnab turuvchi nuqta kabi, faqat 

teleskop  orqaligina  ko‘rinadi.  Shu  bois,  ular  asteroidlar  (grekchadan  –  yulduzga 




 

39 


o‘xshash) deb nom olgan.  

Barcha  sayyoralar  va  asteroidlar  Quyosh  atrofida 

Yerning  harakati  bo‘yicha  ya‘ni  to‘g‘ri  harakat  qilishadi.  Ular,  Quyosh 

sistemasining  bir  qismi  sifatida  Sayyoralar  sistemasini  tashkil  etadi.  Sayyoralar 

sistemasining  radiusi  6·10

9

  km  atrofida.  Shunday  bo‘lsada,  Sayyoralar 



sistemasining  radiusi,  bizga  eng  yaqin  bo‘lgan  yulduz  (sentavrning  α  si)gacha 

bo‘lgan masofadan 6.900 marta kam. Samoda, hattoki bir-birlariga qo‘shni bo‘lgan 

sayyoralar orasidagi masofalar ham o‘n va hattoki yuz millionlab km larni tashkil 

qiladi.  Astronomik  kuzatishlar  fizika  va  kimiyodagi  kabi  tajribalar  vazifasini 

bajarsada,  ular  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Astronomik  kuzatishlarning  1-

xususiyati  shundan  iboratki,  bunda  ko‘pchilik  hollardagi  kuzatuvlar 

o‘rganilayotgan osmon jismlariga nisbatan passiv bo‘ladi. Biz jismlarga faol ta‘sir 

ko‘rsata  olmaymiz,  chunki  boshqa  tabiiy  fanlardagi  kabi  tajribalar  o‘tkaza 

olmaymiz.  Faqat  kosmik  apparatlardan  foydalanishgina  Oy  va  boshqa  sayyoralar 

sirtida  bevosita  tekshirishlar  olib  borish  imkonini  yaratdi.  Bundan  tashqari, 

ko‘pgina  osmon  hodisalari  shunday  sekin  o‘tadiki,  ular  ustida  kuzatishlar  olib 

boorish  uchun  juda  uzoq  vaqt  kerak  bo‘ladi.  M-n:  Yer  o‘qining  o‘z  orbitasi 

tekisligiga og‘ishining o‘zgarishini faqat bir necha yuz yil o‘tgandan keyin yaxshi 

sezish mumkin. shu bois, bundan ming yillar ilgari o‘tkazilgan ba‘zi kuzatishlar biz 

uchun  hali  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan.  2-xususiyati:  biz  osmon  jismlarining 

vaziyatini  va  ularning  harakatini  o‘z  o‘qi  atrofida  va  Quyosh  atrofida  harakatda 

bo‘lgan  Yerdan  turib  kuzatamiz.  Biroq  biz,  osmon  jismlari  harakatini  Yerdagi 

kuzatuvchiga nisbatan tasvirlaganimizda, kuzatuvchini ko‘pincha qo‘zg‘almas deb 

qaraymiz.  M-n:  yoritkichlarning  chiqishi  va  botishi  haqida  so‘zlaganimizda,  bu, 

Yerning  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanishidan,  Quyoshning  yulduz  turkumlari  bo‘ylab 

yillik harakati esa Yerning Quyosh atrofida aylanishidan kelib chiqishini bilamiz. 

Bundan  tashqari,  Yerning  harakati  oqibatida  osmon  manzarasi  yil  davomida 

Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan o‘zgarib boradi. Bu faqat kuzatuvchining Yerning 

qaysi  joyida  bo‘lishigagina  emas,  hsuningdek,  uning  sutkaning  va  yilning  qaysi 

vaqtida kuzatishiga ham bog‘liq bo‘ladi. M-n: bizda qishki kun bo‘lganda, Janubiy 

Amerikada yozgi tun va aksincha bo‘ladi. Ba‘zi yulduzlar faqat yozda yoki qishda 




 

40 


ko‘rinadi.  Astronomik  kuzatishlarning  3-xususiyati  shularga  bog‘liqki,  hamma 

yoritkichlar bizdan shunchalik olisdalarki, na ko‘z bilan, na teleskop bilan ulardan 

qaysilari  bizga  yaqin  va  qaysilari  uzoqda  ekanini  hal  etib  bo‘lmaydi.  Ularning 

hammasi  bir  xil  uzoqlikda  joylashganga  o‘xshab  ko‘rinadi.  Shu  bois,  osmon 

jismlari orasidagi masofa (m-n: yulduzlar oralig‘i) kuzatuvchi turgan nuqtadan shu 

jismlarga  qarab  yo‘nalgan  chiziqlar  orasidagi  burchak  bilan  o‘lchanadi.  bunday 

masofani  burchak  masofa  deyiladi  va  u  gradus  hamda  gradusning  ulushlari  bilan 

o‘lchanadi.  Shu bilan  birga,  agar biz  ko‘rayotgan 2  ta  yulduzga  nisbatan bo‘lgan 

yo‘nalishlar  bir-biriga  yaqin  bo‘lsa,  bu  yulduzlar  osmonda  ham  bir-biriga  yaqin 

joylashgan  deb  hisoblanadi.  Yoritkichning  gorizontdan  hisoblangan  burchak 

masofasi  h  ni  yoritkichning  gorizontdan  balandligi  deyiladi.  Yoritkichlarning 

balandligi  0

o

  dan  (yoritkich  gorizontda  bo‘lganda)  90



o

  gacha  (yoritkich 

kuzatuvchining  boshi  ustida  bo‘lganda)  o‘lchanadi.  Yoritkichning  gorizont 

tomonlariga  (dunyo  tomonlariga)  nisbatan  vaziyati  azimuth  deb  ataladigan  va  0

o

 

dan 360



o

 gacha o‘zgaradigan 2-burchak bilan belgilanadi. Yoritkichning balandligi 

va  azimuti  teodolit  deb  ataladigan  maxsus  burchak  o‘lchagich  optik  asbob  bilan 

o‘lchanadi. 

 

―Kichik sayyorlar efemeredalari‖ – xalqaro yillik nashr (1948 yildan nashr 



etiladi).  Raqamlangan  kichik  sayyoralar  orbitalar  elementlari  va  ularni  kuzatish 

mumkin bo‘lgan qulay sharoitlar haqida ma‘lumotlar berib boradi. Bu nashr butun 

dunyoda  qo‘llaniladi.  Raqamlangan  kichik  sayyoralar  soni  tobora  ortib  borishi 

munosabati  bilan  2012  yildan  boshlab  ushbu  nashr  ma‘lumotlarni  kompakt 

disklarga yozishni yo‘lga qo‘ydi. Masalan, 2014 yilgi nashr 360 ming 190 kichik 

sayyoralar orbital elementlari haqida ma‘lumotga ega.  

 

Kichik sayyoralarni fotometrik kuzatishlar katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu 



kuzatiuvlar Kichik sayyoralarning fizik tabiati haqida ma‘lumotlar beradi. Kichik 

sayyoralarning yorqinligini aniqlash va bu yorqinlikdagi o‘zgarishlarni tadqiq etish 

-  Kichik  sayyoralarning  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanish  davrlarini  aniqlashga, 

shuningdek,  ularning  o‘lchami  va  tuzilishini  aniqlashga  imkon  yaratadi.  Bu  kabi 

tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Kichik sayyoralar notekis tuzilishga ega va ularning 



 

41 


aylanish  davrlari  2  –  17  soat  oralig‘ida  yotadi.  Kichik  sayyoralarning  aylanish 

davrlari  xuddi  giganr  sayyoralar  (Yupiter,  Saturn,  Uran  va  Neptun)niki  kabi 

qiymatga ega bo‘ladi.  Kichik sayyoralarni tadqiq etish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p 

miqdordagi  kuzatish  va  hisoblash  ishlari  maxsus  xalqaro  xizmatni  tashkil  etishni 

talab  qiladi. 1911  yildan  boshlab, kuzatuv  natijalarini  qayta  ishlash  va  orbitalarni 

hisoblash asosan Berlin astronomiya institutiga yo‘naltirildi va unda boshqa qator 

ilmiy  jamoalar  ham  ishtirok  etdi.  1946  yildan  boshlab,  Xalqaro  astronomiya 

ittifoqining  topshirig‘iga  binoan  Kichik  sayyoralar  orbitalarini  va  efemeridalarini 

hisoblash  sobiq  Ittifoq  FA  sining  Nazariy  astronomiya  institutida  olib  borilgan. 

Kichik  sayyoralarni  kuzatish  markazi  1948  yilda  Sinnati  (AQSh)  astronomik 

observatoriyasi qoshida tashkil etildi. 

 


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish