Saturn sayyorasi: sharqda Zuhal, yunonlarda Kronos nomi bilan yuritilib,
Quyosh sistemasining qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan eng
oxirgi sayyorasidir. Shuning uchun ham, qadimda uzoq yillar Saturnning orbitasi
Quyosh sistemasi-ning chegarasi deb qaralgan. Saturn kattaligi jihatidan faqat
Yupiterdan keyin turadi, uning diametri 120 ming 800 kilometr. Quyoshdan
o‘rtacha uzoqligi 9,5 astronomik birlik, ya'ni Quyoshdan 1 milliard 427 million
kilometr narida yotadi. Halqali bu sayyora orbitasi bo‘ylab sekundiga 9,6
kilometr tezlik bilan uchib, 29 yil 5 oy 16 kun deganda Quyosh atrofini bir marta
aylanib chiqadi. Saturnning o‘z o‘qi atrofida aylanishi, Yupiterniki kabi turli
kengliklarida turlichadir. Ekvator zonasi-ning aylanish davri 10 soat 14 minut
boigani holda, qutbga yaqin sohasi 10 soat 28 minutli davr bilan aylanadi.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |