Tadqiqot obyekti va predmeti.
Husayn Boyqaroning o`ziga xos uslubi, so`z
qo`llash bilan bog`liq mahorati, Alisher Navoiy bilan ijodiy hamda shaxsiy
munosabatlari, vazn, badiiy san’atlar va qofiyadan foydalanish ixtirolari
dissertasion ishning obyektini tashkil etadi. XV asr Xuroson adabiy muhitining
homiysi va iste’dodli ijodkorlaridan bo`lgan Husayn Boyqaroning she’riy
“Devon”i va “Risola” asarlari tadqiqot predmeti vazifasini bajaradi.
Dissertatsiyada Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad
Haydar mirzo, B. Valixo`jayevlarning ilmiy izlanishlari va tadqiqotlari asosiy
manba sifatida muhim ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |