Tadqiqotning metodologik asosi va tadqiq usullari. Ishda semantik-
uslubiy, matniy, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi.
Shuningdek, R.Qo’ng’irov, I.Suyarov, B.O’rinboyev, B.Yo’ldoshev,
S.Karimov va boshqalarning shu yo’nalishda olib borogan kuzatishlaridagi nazariy
qarashlar va tadqiq metodlariga ham tayanildi.
Tadqiqotning manbalari. Tadqiqot mavzusi badiiy matn bilan bog’liq
bo’lganligi uchun A.Qahhor, O.Yoqubov, E.Vohidov. A.Oripov, O’.Hoshimov,
X.Sultonov, O.Matjon, U.Azim, M.Ali, T.Murod, M.Yusuf singari taniqli o’zbek
adiblari asarlaridan olingan misollar tadqiqot uchun manba va material vazifasini
o’tadi. Shuningdek, “O’zbek tilining izohli lug’ati”, “O’zbek tili sinonimlarining
izohli lug’ati” singari leksikografik manbalardan ham foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |