Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatiga oid kelib tushuvchi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish


II. Ma’lumot markazini ishini tashkil etish tartibi



Download 128,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.07.2022
Hajmi128,82 Kb.
#822505
1   2
Bog'liq
002регламент-лотин

II. Ma’lumot markazini ishini tashkil etish tartibi 
 
4.
Ma’lumotnoma-axborot xizmatlari ko‘rsatish xizmati rahbari ma’lumot 
markazi faoliyati bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib boradi. 
5.
Ma’lumot markazi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushuvchi so‘rovnomalarni qabul 
qiladi, hisobini yuritadi; 
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushuvchi so‘rovnomalar bo‘yicha 
javoblarni o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan monitoring yuritadi;


kelib tushgan so‘rovnomalarni tahlilini olib boradi va natijalari bo‘yicha 
rahbariyatga taklif va xulosalar taqdim etadi; 
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan so‘rovnomalarni Milliy 
kutubxonaning tegishli xizmatlariga yo‘naltiradi; 
qabul qilingan so‘rovnomalarni mazmunini rahbariyatga yetkazadi. 
6. Ma’lumot markazi mutaxassisi tomonidan so‘rovnomalar bevosita qabul 
qilinadi, qayd etiladi va hujjatlashtiriladi. 
7. Ma’lumot markazi maxsus ajratilgan va jihozlangan xonada faoliyat 
yuritib, jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovnomalariga belgilangan ish vaqti 
(kun tartibi) davrida xizmat ko‘rsatadi; 
8. Ma’lumot markazi xizmatiga o‘rnatilgan elektron jihozlarning texnik soz 
holatda bo‘lishligi Milliy kutubxonaning tegishli xizmatlari orqali ta’minlanadi; 
9. Ma’lumot markazining telefon raqami Milliy kutubxonaning rasmiy veb-
saytida (natlib.uz) va binoning boshqa ajratilgan joylarida, axborot stendlari, audio, 
infokiosklarda joylashtiriladi

III.
 
Ma’lumot markazi mutaxassisi tomonidan so‘rovnomalarni qabul 
qilish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo‘natish tartibi 
10. Ma’lumot markazi mutaxassisi tomonidan jismoniy va yuridik 
shaxslarning so‘rovnomalari (+99871) 232-83-94 telefon raqami va elektron pochta 
info@natlib.uz orqali, haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 19:00 gacha, 
shanba va yakshanba kunlari soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi. 
11. Ma’lumot markazi mutaxassisi jismoniy va yuridik shaxslarning 
so‘rovnomalarini real vaqt rejimida qabul qiladi. 
12. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan telefon tarmog‘i orqali ma’lumot 
markaziga murojaat kelib tushganda, mutaxassis murojaat qiluvchi shaxsga Milliy 
kutubxona faoliyati yuzasidan murojaat qilish tartibini tushuntiradi. 
13. Ma’lumot markazi mutaxassisi jismoniy va yuridik shaxslarning telefon 
tarmog‘i orqali murojaatini qabul qilishdan oldin o‘zini tanishtirishi, murojaatni 
mazmunini diqqat bilan tinglashi, zaruriy hollarda qo‘shimcha savollar orqali 
murojaatga aniqlik kiritishi, ayrim hollarda murojaat etuvchi so‘rovnomani aniq, 
mazmunan yetkazib bera olmagan hollarda suhbat so‘rovnomasi shaklida murojaat 
mazmunini aniqlashi shart. 
14. Ma’lumot markazi mutaxassisi jismoniy va yuridik shaxslar bilan 
telefon tarmog‘i orqali muloqotda bo‘lganda, suhbat jarayonida uning so‘zlashuv 
xulqiga, ruhiy chekinish belgilari, alomatlariga e’tibor qaratishi, zaruriy hollarda 
berilgan savollarga to‘g‘ri javob qaytarish qobiliyatini tahlil qilib borishi zarur.
15. Murojaat etuvchida ruhiy chekinish belgilari, alomatlari aniqlanganda 
murojaat etuvchidan telefon orqali qaerdan murojaat etayotganligi, telefon raqamini 
bera olishi yoki boshqa aloqa usuli bilan bog‘lanish imkoni mavjudligi surishtirishi, 


imkon darajasida murojaat etuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash 
manzilini so‘rashi maqsadga muvofiq.
16. So‘rovnoma mazmuni bo‘yicha murojaat etuvchi biron bir hujjat yoki 
boshqa yozma material taqdim etishi hollarida ma’lumot markazi mutaxassisi 
mazkur 
hujjatlarni 
Milliy 
kutubxona 
faksiga 
yoki 
elektron 
pochtasi 
(info@natlib.uz)ga yuborishni tavsiya etadi. 
17. Ma’lumot markazi mutaxassisi jismoniy va yuridik shaxslarning 
so‘rovnomasini tegishli tartibda hujjatlashtirgandan so‘ng, xizmat rahbariga 
murojaat mazmuni bo‘yicha bajaruvchini tayinlash uchun taqdim etadi.
18. Ma’lumot markazi mutaxassisi kun yakuni bo‘yicha (har kuni soat 19-00 
gacha) tushgan murojaatlar soni, yo‘nalishi va qisqacha mazmuni bo‘yicha umumiy 
ma’lumot tayyorlaydi. 
19. Ma’lumot markazi orqali tushgan murojaatlar xizmat rahbari tomonidan 
har chorakda tahlil qilinadi va Milliy kutubxona rahbariyatiga hisobot beradi. 
IV. Javobgarlik 
 
20. Mazkur Tartibda belgilangan vazifalarga mas’uliyatsizlik bilan 
yondashish, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmaslik holatlari mas’ul 
mutaxassislarning javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi.

Download 128,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish