Alisher navoiy nom idagi samarqand davlat um versiteti a bdu r ash id a b d u r a h m o n o V



Download 7,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/190
Sana16.03.2022
Hajmi7,93 Mb.
#496288
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   190
Bog'liq
abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri

SHOM ONIYLIK
ShomoniyliK 
(E venk tilida shaman - ruhoniy)
qadimgi 
turkiylarning diniy c ’tiqod shakllaridan hisoblanadi. Uning 
asosini yovuz va ezgu ru h larn in g inson h ay otig a t a ’sir 
etishiga ishonish tashkil etadi. S h o m on iy ru h o n iy la r -
shamanlar odam lar huzurida ruh bilan aloqaga kirishganlar 
va b o ‘l a ja k v o q e a l a r n i o l d i n d a n a y t i b b e r g a n l a r .
Gerodotning k o ‘rsatishicha, shomonlikning tarixi miloddan 
avvalgi XI asrlarga borib taqaladi.
A rab tarixchisi Juvayniy sh u n d ay yozadi: « M o 'ta b a r
m o ‘g ‘ullardan eshitdimki, qora qishda yalangoyoq b o ‘lib, 
tog'larga chiqib ketgan bir kishi b o r edi. U: «Tangri bilan 
gaplashdim. Buyurdiki, yer yuzini Timuchin va o ‘g ‘illariga 
berdim, aslini Chingizxon q o ‘ydim», deydi. Bu o d a m g a T a b
T a n g r i d e y is h a r d i» . T a b T a n g r i 
s h o m o n b o ‘lib, u 
k elajak d an x a b a r beruvchidir. « Q o 'r q u t o ta kito b i» d a 
Q o ‘rqut. o ta tu r k iy la r q av m in i jip sla s h tirish , u la rn in g
turmush tarzini yaxshilashga rahnam olik k o ‘rsatgan ulug* 
siymodir. Shu bilan birga u o ‘z qavmining kelajagini ayta 
olish qobiliyatiga k o ‘ra shomonlikning vakili sifatida ham
nam oyon bo'ladi.
S h o m o n i y l i k t u r k i y q a v m l a r o ‘r t a s i d a q o m deb 
y u ritilg a n . Q o m la r b o la d u n y o g a kelishi b ilan u nin g
qismatidagi voqealard an x ab ar bergan. Q o ‘rqut ota o ‘z 
q a v m id a tu g 'ilg a n bo la g a «ismini men berdim , um rini 
T a n g r i b ersin » deb, d u o qili.shi s h o m o n lik vazifasini 
o ‘tashidir. E ro n tarixchisi J u v ay n iy keltirishicha, q om
ilmidan x a b a rd o r u y g ‘u rlar s h a y to n la rg a h am hukm ini 
o ‘tkazishga h arak at qilganlar.
Q o m l a r q o r va y o m g ’ir y o g ‘d i r i s h s e h r in i h a m
egallashgan. M ah m u d Koshg‘ariy «Devonu lug'otit turk» 
kitobida bu voqeaga shohid bo'lganligini eslaydi: «Bir tosh 
(y at-y ad a) bilan k o h in lik qilinadi, sh am ol va y o m g 'ir
30


chaqiriladi. Bu hoi lurklarda ju d a keng tarqalgan bo'lib, 
men ham uning shohidi bo'ldim. Yozda k atta bir yong'in 
chiqqan edi. Uni o ‘chirish m aqsadida Ollohning izni bilan 
qor chaqirildi va u yog‘ib, yo n g ‘in so'ndi».
Q o m la r y ad a tosh lari sehri bilan y o m g ‘ir yoki q o r 
y o g ‘dirishi t o ‘g ‘risida k o 'p l a b rivoyat, afsona, tarixchi 
olimlarning esa hayotiy kuzatishlari bitilgan xotiralar yetib 
k e lg a n . Y a d a t o s h l a r i n i n g p a y d o boM ishi N ull 
p ayg‘am barga bo g 'lan a r ekan. T urk olimi U sm on Turon 
shunday rivoyatni keltiradi: N u h p a y g ‘am b ar Turkistonni 
o ‘g‘li Yofasga berganida, u bu suvsiz o ‘lkada nima qilishini 
s o ‘raydi. O ta unga yom g‘ir y og‘dirish qudratini baxsh etib, 
ustiga duo (ismi a ’zam) yozilgan bir tosh (tilsim) beradi. 
Y a ’ni ehtiyoj b o ‘lganda, shu tosh bilan Ollohga duo etib, 
yom g'ir yog'dirilar edi. Toshni «yada, toshi» (yada - jada, 
jodugarlik demakdir - A.A.) deyishardi. Rivoyatlarga k o ‘ra, 
to sh o ‘g ‘u zlar q o ‘liga o ‘tgani u c h u n u n g a ega b o 'lish
m a q s a d id a q o rlu q , h a z a r va b o s h q a t u r k l a r o ‘rta s id a
u ru s h la r b o ‘lgan. T u r k la r n in g a jd o d ig a O lloh y o m g 'ir 
yog‘dirish qobiliyatini bergani haqidagi rivoyatlar Xitoy
islom va nasroniy m anbalarda ham k o ‘p m a rta zikr etilgan.
Ahm ad bin Yusuf al-Tifoshiy Ahm ad bin A bu Xolidning 
«Kitob ul-Axjar» asari asosida yada toshlari bilan b og‘liq 
r iv o y a t n i 
k e ltir a d i: 
« X o r a z m s h o h
( A lo u d d in
M uhamm ad)ning qo'shinida bir turk istagan paytda yomg‘ir 
yog‘dirgan. Yog'ingarchilik vaqtida Surxob nomli bir qush 
paydo b o ‘lib, tuxumdek keladigan toshlar tashlagan. Ular 
t o ‘p la n ib , h u k m d o r x a z i n a s id a s a q l a n g a n va k e r a k
b o lg a n id a ulardan yomg'ir yog'dirish, dushm anga qarshi 
b o ‘ron turdirish maqsadida foydalanilgan...
K ek sa b ir tu r k cliodir ic h id a y o m g ‘ir y o g 'd ir is h g a
kirishganda. biz ham xazina boshchilar bilan birga usti ochiq 
bo'lgan o ‘zga bir chodirda edik. U oldiga suv t o ‘la bir idish


q o'y d i. Keyin uch d o n a qalin qam ishni suvning o ‘ngu 
so'liga tiqib, oxirgisini k o 'n d ala n g qilib q o ‘ydi. Ingichka 
va qizil yada toshi rangidagi ilon dumini k o ‘ndalang yotgan 
qamishga yonm a-yon yotqizib, boshini suvning tepasida 
tutdi. Keyin ik kita y a d a toshini suvga solib, bir-biriga 
ishqadi. Bu ishni yetti m arta takrorlar ekan, unga shogirdlari 
yordam berib turdi. N ihoyat, yadachi boshi ochiq, sochlari 
t o ‘zg‘igan, yuzi asabiy va ko 'pchigan holda boshini k o 'k k a
q aratd i-d a, ikki soat d a v o m id a y o m g ‘ir duosini o ‘qidi, 
nihoyat, osmonni bulut qopladi va qattiq jala quydi».
Shomonlar yaxshi turm ush tarzini orzu qilganlarida ezgu 
ruhlardan m ad ad olganlar. Oltoy turkiylari ezgulik ruhini 
tog* timsolida k o ‘radilar va u bilan m uloqotga kirishadilar.
Quyosh aylanmas p o ‘lat tog
Oy aylanmas po ‘lat tog
Ona о 'rmonlarining yopinchig
7
M uqaddas buyuk tog
Otalarimiz, buyuklarim iz senga topindilar.
Bu biror yaxshilik keltiradimi?
Abadiy yashayajak urug ‘imizga fo y d a beradimi?
Qo
‘limizdan tutib yetaklaydim i?
Ey, beshik ruhini yaratgan,
Suruvlarimizga barokat b e r ! .
Yurtimizga yashash baxsh etgin!
Shom onlar turkiylarning kelajakdagi hayotim bashorat 
qilganlar. T urk olimi A. Qaboqli «Turk adabiyoti» kitobida 
s h o m o n iy lik n in g bu xil vazifasi aks etgan ikki s h e ’riy 
p a r c h a n i k e l tir a d i . T e l e n g e t s h o m o n l a r i o x ir z a m o n
k o ‘rinishini shunday b ash o rat qilganlar:
32


O xirzamon kelganda,
Osmon temir bo 'lib qolur.
Yer bokir bo 'lib qolur,
Xoqon xoqonga yopishar.
Qattiq tosh maydalanur.
Ota о 'g ‘ilni tanimas,
О 'g 'il otani tanimas.
Pogir o 'ti qimmatlanur.
Ot boshidek ka tta oltin,
Bir tovoq oshga arzimas.
Oyoq ostidan oltin chiqar,
Uni oluvchi yo 'q bo 'lur.
Qora yerga о ‘t yo g ‘ilar.
Qayra xonla X uday ota (Tangrilar)
Bunga tutar qulog 'in.
Bu hangomadan dunyo buzilar.
Dengizlar chayqalar.
Oltoy shomonlari ham oxirzamon belgilarini quyidagicha 
aytganlar:
Qora suv qon bo ‘lib oqadi,
Yer guldirar, tog 'lar о 'rnidan siljir.
Ко ‘к qimirlar, parchalanar,
Dengizlar oqar tagi ко ‘rinib.
Dengiz tubida to 'qqiz qo ‘lli qora tosh,
To 'qqiz yeridan parcha-parcha bo 'lur.
U yerdan to'qqiz temir otli kishi chiqar
,
Ular mingan otlar,
Yirik, sariq, urushqoqdir.
Daraxtlarga tegsa uni sindirar,
Jonivorga tegsa tilka-pora qiladi.
( О ‘sha lahzada) oyning yorug

yo
V/ 
bo ‘ladi,
D araxtlar tomiri bilan sug'iriladi.



Download 7,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish