Alisher navoiy merosi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirish



Download 390,5 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2020
Hajmi390,5 Kb.
#31836
1   2   3   4
Bog'liq
alisher navoiy merosi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirish


tarbiyachilarning vazifalari
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o’z mas’uliyatini anglashga, ta’lim va tarbiya vazifalarini hal etishga ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o’rtoqlarining o’sishiga ko’maklashishga yordam beradi. Tarbiyachi o’zi yashab turgan o’lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini tushunish, ijtimoiy faol bo’lish, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi kerak. Uning pedagogik hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.
Respublikamiz rahbariyati o’qituvchilar va tarbiyachilar faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, o’qituvchilik, tarbiyachilik ishidagi ijodiy mehnatlari, ilg’or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o’qituvchilar va tarbiyachilar “Metodist o’qituvchi”, “Katta o’qituvchi”, “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Metodist - tarbiyachi” va boshqa shunga o’xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi.
Jamiyatimiz hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog’chada, maktabda, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida shakllanayotgan yosh avlod ijodiy xulq-atvor normalari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini kasb-hunar, malaka va ko’nikmalarni har tomonlama puxta egallab borishni talab qiladi.
Buning uchun uzluksiz ta’lim sistemasining muhim bo’g’ini bo’lgan umumta’lim maktablari oldiga har bir o’g’il va qizni zarur darajadagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, jahon madaniyati, milliy madaniyatimizning durdonalari bilan
tanishtirish, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqtirish vazifasi qo’yiladi. Davlat ahamiyatiga molik bo’lgan bu muhim vazifani amalga oshirishda
umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang’ich bo’g’ini

31

bo’lgan bolalar bog’chalari muhim rol o’ynaydi. Shuning muvaffaqiyati ko’p jihatdan tarbiyachiga bog’liq.


Tarbiya fangina bo’lib qolmay, balki san’at hamdir, uni egallash uzoq vaqt davom etadi. O’zi o’qiydigan, doimo bilimini oshirib boradigan kishi o’qituvchidir, degan qoida tarbiyachiga ham bevosita taalluqlidir. Doimo o’zini tarbiyalash bilan, tarbiya ilmi va san’atini egallash bilan shug’ullanadigan tarbiyachigina haqiqiy tarbiyachi bo’la oladi. Bu borada allomalardan biri “Bolani tarbiyalash tarbiyachining o’z-o’zini takomillashtirishidan boshqa narsa emas”, degan edi. Biz shuni esdan chiqarmasligimiz kerakki, tarbiya obyekti bo’lgan bola uzluksiz o’sadi, yildan-yilga tarbiya sharoitlari o’zgaradi, bularning hammasi tarbiya ishida murakkab vazifalar yaratadi, bu esa tarbiyachidan ijodiy yondashishni talab etadi.
Tarbiyachining o’ziga talabchanligi, o’zining har bir xatti-harakatini nazorat qilib bora olishni davlatimiz maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga qo’ygan talablarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning garovidir. Bunga quyidagilar kiradi:


  • bolaning sog’ligini saqlash va mustahkamlash;




  • aqliy qobiliyatlarini o’stirish;




  • jamiyatimizning, milliy madaniyatimizning g’oyaviy-axloqiy prinsiplariga mos keluvchi e’tiqod va qarashlarni tarkib toptirish;



o’rtoqlik, do’stlik hissini, halollik, mehnatsevarlikni tarbiyalash.


Albatta, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi, ammo tarbiya shularga asoslanib bolalarni kelajakdagi mustaqil hayotga, mehnatga tayyorlash ishini ma’lum maqsad bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin.
O’qituvchilar, maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlarining malakasini oshiruvchi ilmiy-pedagogik markazlar kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o’tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.

32

Allomalardan Rizouddin ibn Faxriddin aytadi: “Har bir odam va har bir elning saodatli bo’lishiga bosh sabab ilmdir. Ekinlar uchun yomg’ir, sug’orish qanday bo’lsa, odam bolasi uchun ham shu darajada keraklidir”.


Bolalarini ilmli, odobli qilib o’stirish ota-onaning burchidir. Muallimlar ham bu muqaddas vazifalardan chetda emasdir.
Agar muallim esangiz, shogirdlaringizning har bir harakatini ko’z odingizda tuting, ularni xushmuomalali bo’lishga o’rgating, jamiyatning foydali a’zolari qilishga erishing. Bolalarni nojo’ya so’z, nojo’ya xatti-harakatdan to’xtab qolishga o’rgatib, o’zi esa o’zini to’xtata olmaydigan, bolalarni do’stlik, o’rtoqlikka o’rgatib, o’zi esa ular bilan o’rtoq, do’st sifatida emas, balki katta rahbar sifatida muomalada bo’ladigan tarbiyachi yomon tarbiyachidir.
Bu o’rinda dono xalqimizning kamtarlik to’g’risidagi quyidagi hikmatini keltirish joizdir.
Ulug’lik aylama zinhor, o’zingni kamtar tut, Kimdaki bo’lsa bu xislat ajab saodatdir.
Kishi shaxsining dastlabki asoslari vujudga keltiradigan maktabgacha tarbiya yoshidagi kattalarning bolaga ta’siri ayniqsa katta bo’ladi. Bola aqliy va axloqiy jihatdan faqat kattalarning to’g’ridan-to’g’ri ta’sirida tarbiyalanadi, kamolga yetadi. Hyech qanday shakllar, hyech qanday intizom, hyech qanday ustav hamda mashg’ulotlar inson shaxsining sun’iy ravishda almashtirishi mumkin emas. Yosh qalb uchun bu quyoshning samarali nuridir, buni hyech bir narsa bilan almashtirib bo’lmaydi. Bola shaxsining shakllanishida tarbiyachining yetakchi rol o’ynashi, uning shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o’yinlarda, mashg’ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo’ladigan muomalada ta’sir ko’rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o’rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o’z vaqtida yordam ko’rsata olishi oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur.

33

Tarbiyachining pedagoglik mahorati ko’p qirralidir. Mahorat kasbiy tayyorgarlikdan, nazariy bilim va ish tajribasini doimo oshirib borishdan, bolalarga bo’lgan muhabbatdan vujudga keladi.


Tarbiyachi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang’ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o’z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo’lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo’yik, adolat, jamurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o’simlik va hayvonlarga nisbatan g’amxo’rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko’nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyaash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o’z kasbining mohir ustasi bo’lish uchun maxsus tayyorgarlik ko’rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi lozim:


  1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan,

ilg’or tajribali pedagoglarning tajribasini o’rganib, o’z ishiga tadbiq eta oladigan kishi bo’lishi kerak.


2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to’g’ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir vositalarini topa oladigan bo’lishi kerak.


  1. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko’nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy ixcham bo’lishi ozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana oishi kerak. Bolalar bilim, malaka,

ko’nikmalarni yaxshi o’zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi savollardan foydalanishi lozim.


4. Tarbiyachi o’ziga yuklangan vazifani bajarishi uchun bolalarda o’sha faoliyatga nisbatan qiziqish uyg’ota olishi, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o’stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi kerak.
34

  1. Har bir faoliyat uchun kerakli materialni oldindan tayyorlab qo’yishi, yangi bilimni egallagan bilimlari bilan to’g’ri baholay olishi va bolalar egallashi lozim

bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalar ularning yosh imkoniyatlariga mos bo’lishi va ularni sekin-asta murakkablashtirib borishi kerak.




  1. Kun tartibini to’g’ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qilib bilishi, ularning faoiyati (o’quv, o’yin, mehnati) mazmunli bo’lishi uchun kerakli materiallar bilan ta’minlanishi zarur.




  1. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi lozim.




  1. Kun davomida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo’llarini topa olishi kerak.




  1. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar

o’tkazishi, ularni bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo’yicha amalga oshiradigan ishining mazmuni, metodlari tanishtirib borishi, oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o’zining ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanishi lozim.




  1. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixoh munosabatda bo’lishi, har bir bola uchun qulay ruhiy sharoit yaratishi, xafa bo’lsa ovuntira olishi, xursandchilik va xafagarchiligiga sherik bo’la olishi, ayniqsa kichik guruh bolalariga nisbatan muhim,

e’tiborli, qat’iy, sabr-toqatli, yumshoq, ozgina hazilkash, bolaning kuch va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydigan bo’lishi kerak.


Tarbiyachi bolaga mehr-oqibat bian munosabatda bo’lsa, bolalar bilan uning o’rtasida mehribonlik, g’amxo’rlik munosabatlari yuzaga keladi.
Bolalar tarbiyachining shaxsiy sifatlarini, bilimi, malakasi, bolalarga munosabati, talabchanligini quyidagicha belgilaydilar: kichik guruh bolalari tarbiyachining ularga bo’lgan mehr-muhabbatiga qarab, 4-5 yoshli bolalar tarbiyachining bolalar hayotini yaxshi tashkil eta olishiga qarab, katta guruh bolalari tarbiyachining hamma bolalarga haqqoniylik bilan yaxshi munosabatda bo’lishi, yaxshi ishlashiga qarab baho beradilar.

35

Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to’g’ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak.



36

2.3. Alisher Navoiy merosida asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda


tafakkurni shakllantirishga oid o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarining
samaradorligi va natijalari
Bugungi kunda Navoiy asarlarini har bir kishi o’rganishi masaasi turgan bir paytda, bu ulkan merosni kichik yoshdanoq bolalarga singdirib borish masalasi muhim sanaladi. Biz tajriba sinov ishlarimizni Samarqand shahar 122-maktabgacha ta’lim muassasasida olib bordik. Tajriba-sinov ishlariga katta guruh tarbiyachilarni jalb etdik. Bu ishda bizga guruh tarbiyachisi Imomova Adolat opa yordam berdi. Bolalarning Navoiy merosidan nechog’lik xabardor ekanligini aniqlash navbatida so’rovnoma o’tkazdik. So’rovnomada 18 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi. Biz quyidagi savollarni bolalarga berib ko’rdik:


  1. Alisher Navoiy kim?




  1. Navoiyning qanday asarlarini bilasiz?




  1. “Hotami toy” hikoyatida nimalar tasvirlanadi?




  1. “Sher bilan Durroj” asaridagi Durrojning xatosi nimada edi?

Birinchi savolga bolalar umumiy tarzda olim, mutafakkir, shoir deb javob berishdi. Ikkinchi savolga qoniqarsiz javob olindi. “Hotami toy” hikoyati bog’cha dasturida berilganligi sababli bolalar mehnat qilish lozimligi ifodalanganligini aytib o’tishdi. “Sher bilan Durroj”da esa Durrojning kim ekanligini aytishdi. Biz umumiy tarzda o’zlashtirish ko’rsatkichi 40 % deb belgiladik.


Shundan so’ng o’sha nazorat guruhidagi bolalar bilan alohida shug’ullandik. Navoiy merosi bo’yicha maktabgacha ta’lim muassasalari dasturida 5 ta mashg’ulot ajratilgan. To’g’ri, ajratilgan mashg’ulot soatlari Navoiy asarlari haqida ma’lumot beradi, bu esa bola tafakkurini oshirishga muhim manbalardan sanaladi. Buning uchun esa tarbiyachi mashg’ulotlarni interfaol usullardan foydalanib o’tish talab etiladi. Biz 30 minutik vaqt mobaynida Navoiy merosi bo’yicha mashg’ulotni o’tkazdik. Navoiy portreti tushirilgan plakatni bolalarga ko’rsatib Navoiy haqidagi quyidagi mashg’ulotlarni berdik.
Navoiy shoir, alloma bo’lgan. U 1441-yilda Afg’onistonga qarashli Hirot shahrida tug’ilgan. U judayam ko’p asarlar yozgan, siz eshitgan “Sher bilan Durroj”,
37

“Bir kabutar”, “Hotami toy” asarlari ham Navoiy bobomiz tomonidan yozilgan. Yana “Ikki vafoli yor”, “Marhamatli Ayub va o’g’ri” nomli hikoyalarni ham yozgan. Bobomiz bolalarning odob-axloqi haqida ham fikrlar aytib qoldirgan. Ilm o’rganishning foydali xususiyatlari haqida ham gapirib o’tgan. Jumladan, “Oz-oz o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur”. Bobokalon shoirimiz Navoiy so’zning yumshoq, go’zal, nafisligi va inson ruhiyatiga ta’siri haqida ham mulohaza yuritgan. “Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz” degan hikmatli gaplar ham yozib qoldirgan. Hazrati Navoiy tilning mazmuni, ifodasiga alohida e’tibor bergan. Shu kabi Navoiy bobomizdan ko’pgina nodir asarlar yetib kelgan.


“Hotami toy” hikoyasini bolalarga asar asosida tayyorlangan sur’atlar yordamida tushuntirishga urindik. Hikoyani shunday boshladik: “Navoiy bobomizning aytishicha, qadim zamonda bir o’tinchi chol bo’lgan ekan. U har kuni o’rmonga borib o’tin terar va tergan o’tinlarini bog’lab yelkasida ko’tarib kelar ekan. Mana shu jarayonda biz bolalarga nuroniy cholning o’tin ortmoqlagan rasmini bolalarga ko’rsatib hikoyani davom ettirdik. Chol yashayotgan qishloqda bir hotami toy, ya’ni o’ta sahiy, qo’l ochiq, mehmondo’st odam yashar ekan. U har doim muhtojlarga yordam berar ekan, ularga dasturxon yozib mehmon qilar ekan. Biz jarayonga mos tushadigan uchinchi rasmni, ya’ni katta hashamatli bino oldida bir necha odamlarni kutib olayotgan boy odam tasvirini bolalarga namoyish etdik. Haligi o’tinchi choldan Hotami toy oddiy odam qiyofasida uni ko’chada uchratib nima uchun Hotami toyning ziyofatiga bormayotganligining sababini so’rabdi. Shunda biz Hotami toy va o’tinchi chol tasviri tushirilgan sur’atni bolalarga ko’rsatdik. Hikoyani davom ettirdik. O’tinchi chol hotami toyga Hotami toy minnatidan, ya’ni uning bergan ziyofatidan ko’ra o’zining peshona teri bilan topgan ozgina qora noni shirinroq ekanligini aytadi. Shunda Hotami toy “aslida Hotami toy men emas, haqiqiy sahiy odam sizsiz” deya o’tinchi cholga tan bergan ekan”. Biz hikoyani tugatib bolalarga hikoya yuzasidan savoar berib ko’rdik.


  1. O’tinchi chol qanday mehnat bilan shug’ullanadi?




  1. Hotami toy kim?




  1. Hotami toy o’tinchi cholga nimalar dedi?

38


  1. Siz o’tinchi cholday halol mehnat qilishni xohlaysizmi? Nima uchun? Savollarga 80 % tarbiyalanuvchilar a’lo darajada javob berishdi. Hatto ba’zilari

rasmlarda ifodalangan holatlarni so’z bilan aytib berishdi. Jumladan, o’tinchi cholning kiyimlari oddiy ekanligi, hotami toyda esa yangi kiyimlar borligini, hotami toy cholga egilib ta’zim qilib uni ulug’laganini so’z bilan tasvirlashdi. Bularning deyarli barchasi o’tinchi cholday mehnatkash bo’lishni yoqlashdi. Ular hozirdanoq mehnat bilan mashg’ul ekanligini tasdiqlashdi. Masalan, piyolalarni yuvishini, o’rnini o’zi tartibga keltirishini, oyisi ish qilayotganida ukasiga qarab turishini ta’kidlab o’tishdi. Biz o’z navbatida bolalarning bu ishlari juda yaxshi ekanligini, mehnat kishini ulug’lashini, kattalardan doimo rahmat eshitish odobli bolalarga xosligini ta’kidlab o’tdik.


Biz keyingi kun ham mashg’ulotlar jarayonida tajriba-sinov ishlarimizni davom ettirdik. Bunda ham nazorat guruhini tanladik. 30 minut davomida bolalar bilan shug’ulandik. Bu mashg’ulotda biz Navoiy maktabgacha ta’lim muassasasi dasturiga kiritilgan “Sher bilan Durroj” hikoyasi asosida bolalar bilan suhbat o’tkazdik. Bu mashg’ulotda biz “tabiat burchagi”dagi sher tasviridagiyumshoq o’yinchoqdan sher va chumchuqsimon qush tasviridagi o’yinchoqdan Durroj qahramonlarini tanlab oldik. Qolaversa, biz “Mohir qo’llar” burchagidagi to’qima ro’mochadan to’r sifatida foydalandik. Shunday qilib obrazli tarzda hikoyani boshladik.
Qalin o’rmonzorda bir bahaybat sher yashar ekan. Xuddi o’sha o’rmonda Durroj degan qushham yashar ekan. Durroj u yoqdan bu yoqqa o’tib sherni cho’chitar va bolalariga ziyon yetkazar ekan. Sher bolalariga ozor yetishidan cho’chir ekan. Durroj esa sherga yemak bo’lishdan qo’rqar ekan. Bir kuni ular o’zaro gaplashib do’st bo’lishga qaror qilishibdi. Ular bir-biriga yordam berib qalin o’rtoq bo’lib qolishibdi. Kunlar o’tib Durroj yomon odat chiqaribdi. Yolg’ondan “meni qutqaring, qutqaring, menga yordam bering” deya chaqiradigan bo’libdi. Durrojga yordam berish maqsadida sher o’rmonning uzoq burchaklaridan yetib kelibdi. Lekin necha marotaba kelsa ham, bu yolg’on ekanligidan, ya’ni do’sti noo’rin bezovta qilgani uchun undan ranjibdi va endi bunday qilmaslikni maslahat beribdi. Kunlardan bir kun Durroj haqiqatan ham tuzoqqa tushibdi va yordam so’rab baqiribdi. Lekin uning do’sti sher
39

bu har doimgidek yolg’on deya o’ylab bezovta bo’lmabdi. Natijada Durroj halok bo’libdi.


Biz hikoyani tugatib bolalarga yana savollar bilan murojaat qildik:


  1. Sher kim bilan do’st bo’libdi?




  1. Durroj nima deb gapiribdi?




  1. Shunda sher qanday yo’l tutibdi?




  1. Yolg’on gapirishning yomon oqibatlari haqida nima deya olasiz?

Bolalarning 80 % i hikoyani a’lo darajada o’zlashtirgan, to’rtinchi savolga bolalar o’z fikrlarini erkin tarzda bayon qilishdi. Jumladan, yolg’on gapirgan bolaga hyech kim ishonmasligi, u bilan hyech kim o’rtoq bo’lmasligini shuning uchun ular har doim rost gapirishga harakat qilishlarini aytib o’tishdi. Ularning fikrlarini umumlashtirib qo’shimcha fikrlar bilan bu mashg’ulotga yakun yasadik.


Uchinchi kuni baz yana tajriba-sinov ishlarimizni davom ettirdik. Endi biz mashg’ulotlar xonasidagi doskadan foydalandik. Ya’ni o’tgan mavzularni bolalarga yana bir bor eslatib doska o’rtasiga Alisher Navoiy so’zini yozib qo’ydik. Biz bu o’rinda klaster usulidan foydalandik. Bolalar yozishni mukammal bilmagani uchun ularning esida qolgan, ular bilib olgan ma’lumotlarni o’zlaridan so’rab doskaga birin-ketin yozib bordik. So’rash mobaynida bolalar ketma-ket javob berishdi. Bunda 18 nafar tarbiyalanuvchining barchasi ishtirok etdi. Borgan sari doskada yozuvlar ko’payib bordi. Jumladan, alloma, shoir, hotami toy, o’tinchi chol, kambag’al? boy, shohona kiyim, hikmatli so’z, Durroj, sher, yolg’onchi, rostgo’y kabi so’zlar doskada o’z ifodasini topdi. Biz o’tilgan mashg’ulotlardagi Navoiy merosini 80 % bola o’zlashtirganligini matematik tahlillar asosida aniqladik. Demak, 80 % tarbiyalanuvchining tafakkuri shakllanishida Navoiy merosi ham xizmat qilyapti.

40

XULOSA


Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishda bolalarga yoshligidan ma’naviyatimiz, ma’rifiy merosimiz, udumlarimiz, urf-odatlarimiz ruhida ta’lim-tarbiya berishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 1997 yil 29 avgustda bo’lib o’tgan Oliy Majlisning I-chaqiriq IX-sessiyasida so’zlagan nutqida «Bolalarga maktabgacha ta’limdanoq ma’naviyatimiz, boy merosimiz ruhida tarbiya bermoq lozim», - deb ta’kidladilar. Yana ushbu nutqida yurtboshimiz bolalarga yangicha ta’lim va tarbiya berishga, tarbiyachi murabbiylarning o’zlari ham tayyorlangan bo’lmoqlari lozim, deb ko’rsatib o’tdilar. Zero, yosh avlodga o’tmishimizdagi tarixiy an’analarimiz, ma’naviy merosimiz haqida ma’naviy bilim berish, ularni asrlar bo’yi davom etib kelgan insonparvarlik, xalqparvarlik g’oyalari ruhida tarbiyalashda boshlang’ich ta’limning ahamiyati kattadir.
Tadqiqotimizda maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni tafakkurini shakllantirishda mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlari o’rganildi.
Mashg’ulotlar jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlar yoritildi. Mashg’ulotar dasturining tahlili Alisher Navoiyning merosini o’rganishga bir yilda ma’lum vaqt ajratilgan bo’lsada amalda uning imkoniyatlari ko’pligi aniqlandi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishda tarbiyachilarning vazifalari tahlil qilindi.
Tarbiyachining o’ziga talabchanligi, o’zining har bir xatti-harakatini nazorat qilib bora olishni davlatimiz maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga qo’ygan talablarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning garovidir. Bunga quyidagilar kiradi:


  • bolaning sog’ligini saqlash va mustahkamlash;




  • aqliy qobiliyatlarini o’stirish;




  • jamiyatimizning, milliy madaniyatimizning g’oyaviy-axloqiy prinsiplariga mos keluvchi e’tiqod va qarashlarni tarkib toptirish;




  • ona – vatanga muhabbatni, ijtimoiy faollikni shakllantirish, mas’uliyat,

o’rtoqlik, do’stlik hissini, halollik, mehnatsevarlikni tarbiyalash.

41

Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirishda Navoiy merosidan foydalanish ijobiy samara berishi aniqlandi. Shuningdek, bog’chada o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda ham mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlari yetarli ekanligi aniqlandi.


Buyuk mutafakkirlar, allomalar ijodiy merosidan foydalanishda quyidagi qator muammolar mavjud:


  1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning tafakkurini shakllantirishda mutafakkir merosidan foydalanishning yillik ish rejalarini tuzishda va uni o’rganishning yangi, noan’anaviy uslublari ishlab chiqilmagan.




  1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida Navoiy merosidan foydalanishda tarbiyaviy tadbirlarning tashkil etish uslubiy ta’minlanmagan;




  1. MTMlarda Alisher Navoiyning merosini o’rganishga bag’ishlangan ishlanmalar, dasturlar, uslubiy tavsiyanomalar yetishmaydi.




  1. Milliy-ma’naviy tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zaruriy yangi qo’llanmalar, yo’l-yo’riqlar yaratilmagan. Bu borada tarbiyachilarning

kasbiy tayyorgarlik darajasi hozirgi zamon talablaridan orqada qolmoqda. Tarbiyalanuvlarning ma’naviy tushunchalarni o’zlashtirishning asosiy vositasi


hisoblangan mashg’ulotlar tizimi, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda turli an’analarni nishonlashda o’zgarishlar bor. Bizning fikrimizcha, mutafakkir merosini mashg’ulotlar jarayonida o’rganish quyidagi izchillikda takomillashtirilmog’i lozim:


  1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan mashg’ulotlarda ushbu maqsadni amalga oshirishdagi imkoniyatlari borlari belgilab olinishi.




  1. Allomalarning ijodiy meroslaridan maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvlari tafakkuriga mos keladigan asarlarning tanlab olish va muammoni hal etishni pedagogik texnologiya asosiga qurish.




  1. Mashg’ulotlar tizimining mavzular, boblar, bo’limlar bo’yicha didaktik imkoniyatlarini aniqlash.




  1. Mashg’ulotlarining namunaviy ishlanmalarini ishlab chiqish, tavsiyanomalar yaratish.

42


  1. Mashg’ulotlarda noan’anaviy, zamonaviy shakllardan uyg’unlashgan holda foydalanishni yo’lga qo’yib mashg’ulotlarni tashkil etishda tarbiyaviy tadbirlarni

o’tkazishning yangi, milliy, tarbiyaviy imkoniyatlarga egalarini qidirib topish va ularni bog’cha amaliyotida izchil qo’llash lozim.




  1. Maktabgacha ta’limda ma’naviy merosni o’rganish va o’rgatish uchun tayyorlaydigan tarbiyachilarni, murabbiylarni yetishtiradigan oliy ta’lim va pedagogik yo’nalishdagi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi o’quv yurtlarining o’quv-tarbiyaviy jarayonini, reja va dasturlarini ham takomillashtirish zarur.




  1. Mashg’ulotlar samaradorligini oshirishning pedagogik, psixologik va uslubiy mexanizmini takomillashtirish lozim.




  1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarixiy, ma’naviy manbalardan, madaniy merosdan tarbiyalanuvlar shaxsiyatini shakllantirishda quyidagi izchillik texnologiyasiga rioya qilinsa, pedagogik jihatdan samarali natijalarga erishilishi kutiladi: a) tarixiy manbalarda o’rganilishi lozim bo’lgan mazmun tanlab olinadi; b) tanlangan mazmunning pedagogik tasnifi ishlab chiqiladi; v) foydalanishi kutilayotgan guruhlardagi tarbiya maqsadlari, mazmuni va mavzular didaktik jihatdan tahlil qilinadi; g) didaktik tahliliga ko’ra pedagogik imkoniyatli mavzular ajratiladi; d) shakllantirilishi lozim bo’lgan ma’naviy xislatlar, fazilatlar majmui tuzib olindi; ye) mashg’ulotlarda o’rganilgan ma’lumotlar tarbiyaviy tadbirlarni

o’tkazishda mustahkamlanadi; j) tanlangan mavzular, mashg’ulotlar, turli ishlar mahalliy, hududiy sharoitlarni, metodik, moddiy ta’minotni hisobga olgan holda amaliyotchi tarbiyachilarning kasbiy mahoratiga tayangan holda amalga oshiriladi.


Ana shundagina, milliy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlarimizdan, xususan Alisher Navoiy merosi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishdek davlat buyurtmasi bajarilgan bo’ladi.

43


Download 390,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish