Alisher navoiy merosi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirish



Download 390,5 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2020
Hajmi390,5 Kb.
#31836
1   2   3   4
Bog'liq
alisher navoiy merosi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirish


- maktabgacha ta’lim va boshlang’ich ta’lim muassasasi (bolalar bog’cha-maktabai); tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir qancha yo’nalish bo’yicha (til, badiiy-estetik, sport va hokazo) tayyorlaydigan maktabgacha ta’lim muassasasi;
- faoliyati tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarni malakali tuzatishga qaratilgan bolalar bog’chasi;

16


  • tibbiy-gigiyena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish orqali kuch-quvvati zaif bolalarni nazorat qiladigan va sog’lomlashtiradigan bolalar

bog’chalari;




  • birlashgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashgan bog’cha tarkibiga turli xil umumiy rivojlantiradigan, nuqsonlarni tuzatadigan va sog’lomlashtiradigan guruhlar kiradi).

Maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va unda bolalarning bo’lish


muddati maktab ta’lim sifati va darajasiga davlat talablari, ustav, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar, shuningdek, muassislar (mulkdorlar) o’rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi.
Rivojlanish va sog’ligida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi.
Navoiy asarlarini maktabgacha yoshdagi bolalarda o’rganish jarayonida ularni yosh xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Chunki bola ongi aytilayotgan narsalarni fahmlab olishi zarur. Shuning uchun biz tajriba-sinov ishlarimiz jarayonida katta guruhga murojaat qildik. 5-6 yoshli bolalarning psixologiyasiga alohida e’tibor berishni lozim topdik.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:


  • bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro

muomalasiga qiziqadi;




  • bolalar rolli o’yinda atrofdagi voqyelikning eng tashqi ifodali, jo’shqin his-

tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar;




  • rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;




  • kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas

iz qoldiradi.

17

Guruh tarbiyachisi har bir bolaning psixologiyasini, uning nimaga qiziqishini, unga qanday ta’sir etish yo’llarini bilishi zarur. Navoiyning ma’rifiy qarashlarini bolaga o’rgatish chog’ida mana shu bilganlari asqotadi.


Pedagog olimlardan O.Musurmonova, M.Ochilov, R.Mavlonova, M.Quronov, M.Inomova, S.Nishonova, U.Mahkamov, N.Ortiqov, J.Hasanboyev, S.Hasaniy, S.Rahimov, O.Hasanboyeva va boshqa bir qator olimlar milliy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlarimizning yoshlar ta’lim va tarbiyasini takomillashtirishdagi o’rnini belgilab berishda salmoqli hissalarini qo’shdilar.
Alisher Navoiy merosini pedagogik jihatdan o’rganish respublikamizda I.Hasanxo’jayev, A.Zunnunov, X.Hamrayeva, K.Abdullayev, A.Hasanova, G.Rahimova, A.Abdumannotovlar tomonidan amalga oshirilgan.
Jumladan, A.Abdumannotov “Alisher Navoiy merosi asosida boshlang’ich sinf tarbiyalanuvlarining ma’naviy tushunchalarini shakllantirish” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan. Olim Navoiy asarlaridagi boshlang’ich sinf tarbiyalanuvlarining ma’naviyatini shakllantiradigan jihatlarini ko’rsatib bergan. Boshlang’ich sinf tarbiyalanuvlari va maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshi bir-biriga yaqin bo’lganligi bilan ta’lim jarayoni bir-biradan tubdan farq qiladi.
Navoiy ijodi bebaho xazina. Undan imkon qadar tezroq foydalanish lozim. Shuning uchun bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq Navoiy merosi bilan bolalarni tanishtirish, ularni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash muhim masalalardan bir sanaladi.

18

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirishda


mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlari
O’zbek xalqining ulug’ shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyotining buyuk san’atkorlaridandir. Uning nomi va merosi Gomer va Dante, Rudakiy va Firdavsiy, Nizomiy va Shota Rustaveli, Sa’diy va Jomiy, Shekspir va Balzak, Pushkin va Tolstoy kabi ulkan so’z san’atkorlarining nomi va merosidek o’lmasdir.
Navoiyning butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag’ishladi.
Navoiy merosi maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirishda muhim vositalardan sanaladi.
Tafakkur (arabcha – fikrlash, aqliy bilish) – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlaydigan, ular o’rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar ya’ni qonuniy bog’lanishlani aks etadigan bilishning rasional bosqichi.
Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:


  1. Unda voqyelik abstraklashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali belgilaridan fikran chetlashgan, mavhumlashgan holda e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi.




  1. Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribasiga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi.




  1. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo’lmagan narsalar yuqori darajada ideallashgan obyektlarni yaratish, turli xil forma sistemalarini qurish bilan keladi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o’rganish, hodisalarni oldindan ko’rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.

19

Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o’zaro fikr almashish vositasiga aylanadi.


Tafakkur shakllari – fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog’lanish usuli, uning tuzilishi. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilinadigan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur uch shaklda: tushuncha, hukm, xulosa chiqarish shaklida mavjud. Xususan, ayrim predmetlar, ularning sinfi kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega bo’lgan tushunchalarda aks ettiriladi.
Tafakkuri yaxshi rivojlangandagina bolaga ma’rifiy qarashlarni tezroq va osonroq singdirish mumkin. Bundan tashqari, ya’ni bolada nafaqat tafakkurning yaxshi shakllanishi, balki insonga xos bo’lgan barcha yaxshi xislatlar va fazilatlar ham mujassamlashgan bo’lmog’i lozim. Jumladan, odamiylik, qanoatlilik, do’stonalik, mehribonlik, rahmdillik, olijanoblik, xushmuomalalik, quntlilik, halollik, tirishqoqlik, chaqqonlik, zehnlilik, xotirjamlik, topag’onlik, sinchkovlik, serg’ayratlik, jo’shqinlik, intizomlilik kabilar. To’g’ri, maktabgacha yoshdagi bolada bu xislatlarning barchasi shakllanib bo’lgan, deyish qiyin. Lekin mana shu fazilatlarni shakllantirish tarbiyachilar va ota-onalar vazifasi ekanligini ta’kidlab o’tish joiz. Biz tadqiqotlarimiz jarayonida maktabgacha tayyorlov davri (6-7 yosh) dagi bolalarga e’tibor qaratishni lozim topdik. Yuqorida sanab o’tilgan barcha xususiyatlar bu davrgacha ham ma’lum ma’noda shakllanib ulgurmog’i kerak. Bola chaqaloqligidanoq atrof-muhit bilan tanishib bora boshlaydi. U ona allasini eshitar ekan, unda mehribonlik, nafosatlilik kabi xususiyatlar shakllana boradi. Ota-onasining bir-biriga qilgan shirin muomalasidan, o’ziga bo’lgan munosabatidan axloqlilik, shirinsuxanlik sifatlari kurtak yoza boshlaydi. Bola maktabgacha ta’lim muassasasiga kelganida esa zehnini o’stiruvchi, aqlini charhlovchi mashg’ulotlarda qatnashib borib, jamoat joyida o’zini tutishni, kattalar bilan qanday munosabatda bo’lish lozimligini, o’rganib boradi. Bularning barchasi bolani shaxs sifatida shakllanishiga turtki bo’ladi. Qachonki bola o’z shaxsini yaxshi anglab yetsa, atrofdagilariga o’zining qanday nafi tegishi mumkinligini bilib borsa, nima yaxshi,
20

nima zararligini uqib olsa, uning kelajakka qarab ketadigan yo’li ravon deyish mumkin. Har bir boladagi kelajak yo’lining qanday bo’lishi oila va ta’lim muassasalariga bog’liq. Bola 2-3 yoshda oila a’zolarini taniydi va har bir harakatni ulardan o’rganib boradi. Bog’chada esa do’stlaridan va tarbiyachi opalardan o’rnak oladi. Oiladagi va bog’chadagi muhitning qanaqaligini bola kelajagini belgilovchi omillar qatoriga kiradi.


Avvalo, oila mustahkam, ma’naviy toza bo’lsa, unda tarbiyalanayotgan farzand ham o’sha toza muhitdan bahra oladi. Ona har doim bolani erkalab, alla aytib uxlatishi lozim. Ulg’aygan sari ota-ona unga ertaklar, rivoyatlar aytib ularning dunyoqarashi kengayishiga turtki bo’lishi lozim. To’g’ri so’z bo’lishiga va hyech qachon yolg’on gapirmaslikka da’vat qilish kerak. O’zidan katta opa-akalarni hurmat qilishi, ular tomonidan berilgan vazifalarni bajarashi, ulardan qo’rqibroq turishi kerakligini ota-ona har doim bola ongiga singdirib borishi lozim. Qo’rqibroq turish degan jumla, biroz g’aliz tuyular, lekin inson psixikasi shunday, bir narsadan yoki biron kimdan haymiqsagina qilinmog’i kerak bo’lgan vazifa osonroq va tezroq bitadi. Ota-ona bolaning o’zidan kattalarga gap qaytarishga hyech qachon yo’l qo’ymasligi zarur. Shunday o’rinlar bo’lganida u bilan alohida gaplashib kerakli maslahatlarni berishi lozim bo’ladi.
Bolaning yarim kuni o’tadigan joyi bu ta’lim muassasalari hisoblanadi. Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarida bola o’z kunining 9-10 soatlarini o’tkazishadi. Bunday vaqt mobaynida bola tarbiyachi nazoratida bo’ladi. O’z kasbini sevuvchi, bolalarga mehribon, o’z ishining ustasi bo’lgan bog’cha opa qo’liga bolalarni bemalol ishonaverish mumkin. Tarbiyachining o’zida ham shaxsga xos barcha fazilatlar bo’lishi darkor. Buning uchun tarbiyachi – mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari zimmalariga ham katta vazifa yuklatiladi. Mutaxassislik fanlaridan, jumladan, turkum pedagogika va psixologiya fanlaridan yaxshi dars berilishi lozim.
Yuoridagilardan ko’rinib turibdiki, bola ma’naviyatini shakllantirish ko’p narsalarga bog’liq ekan. Bola ma’naviyatini, tafakkurini shakllantiradigan vositalar ham ko’p. Shulardan biri sifatida Navoiy merosini aytib o’tish joiz. Avvalo, Navoiy
21

asarlarini bilish kerak, shundan keyin maktabgacha yoshdagi bolalarga o’rgatsa bo’ladigan asarlarni tanlab olish lozim.


Alisher Navoiyning nasriy, nazmiy, ilmiy asarlari: “Xamsa”, “Xazoyin ul-ma’oniy”, “Devoni Foniy”, “Nazm ul-javohir”, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub”, “Majolis un-nafois”, “Xamsat ul-mutahayrin”, “Haloti Sayyid HAsan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Vaqfiya”, “Muhoakat ul-lug’atayin”, “Mezon ul-avzon”, “Mufradot”, “Tarixi mulki Ajam”, “Nasomul-muhabbat”, “Tarixi anbiyo va hukamo”.
Keltirilgan asarlari orasida “Xamsa” tarkibidagi “Hayrat ul-abror” asari bog’cha yoshidagi bolalarni ma’naviy-axloiy ruhda tarbiyalashda muhim manba hisoblanadi. Biz tadqiqot jarayonini olib borishda shu narsani aniqladikki, mashg’ulotlar orasida “Nutq o’stirish” va “Badiiy adabiyot” mashg’ulotlarida Navoiy merosidan foydalanishning imkoniyati mavjud ekan. Maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturi hisoblangan “Uchinchi mingyillikning bolasi”da yuqorida zikr etilgan mashg’ulotlar rejasiga Navoiyning “Sher bilan Durroj”, “Himmatli bo’lsang”, “Ikki vafoli yor”, “Bir kabutar” kabi hikoyatlari kiritilgan. Keltirilgan hikoyatlar “Hikoya qilib berish” rukni ostida. Demak, tarbiyachi bu hikoyatlarni bolalarga so’zlab beradi. Hikoya qilish chog’ida bollalar gap nima haqida ketayotganligiga e’tibor berishlarini nazorat qilib turishi shart. Kerakli o’rinlarda savollar bilan murojaat qilib, bolalarni bahsga tortishi lozim. Bunda bola erkin fikrlashga, o’z fikrini bemalol bayon qilishga o’rganadi, qolaversa boshqalar fikrini eshitishga, hurmatlashga o’rganib boradi.
“Sher bilan Durroj” hikoyati orqali bola yolg’onchilikning oqibatlari xususida Durrojning yolg’on gapirishlaridan bilib oladi. Tarbiyachi bu o’rinda qahramonlarni alohida ta’riflab o’tsa yaxshi bo’ladi. Sher – bu o’rmonlar shohi. U hyech narsadan qo’rqmaydi. Lekin u o’z bolalarini o’ylaydi. Durrojning u yoqdan – bu yoqqa qilgan tinimsiz harakatlari bolalari tinchligini buzayapti. Shuning uchun katta bo’lishiga qaramasdan Durroj oldida bosh egib, u bilan do’stlashdi. Mana shu o’rinda tarbiyachi bolalarga o’z onalarining ular uchun hamma narsaga tayyorligini ta’kidlab, shuning uchun onalarining qadriga yetishi, ularni har doim yaxshi ko’rishi, ardoqlash, aytganlarini so’zsiz bajarishi kerakliligini aytib o’tsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
22

Vaziyatga qarab bolalardan navbatma-navbat onalariga qanday munosabatda bo’lishlari haqida so’rab borilsa ham o’rinli bo’ladi.


Durrojning mahmadonaligi, o’zbilarmonchiligi, yolg’onchiligi o’z boshiga kulfat olib kelganligini tarbiyachi obrazli qilib bolalarga yetkazish lozim. Bolalardan bu holatga munosabatlarini ham so’rasa yaxshi bo’ladi. Shunda bolaning yolg’on va yolg’onchilikka nafrati oshadi, oqibati yomon bo’lishini sezib yolg’on gapirmaslik lozim degan fikrni miyasida mustahkamlaydi. Boladagi rostgo’ylik xususiyatining shakllanishi uning ma’naviyati yuksalayotganligidan dalolat beradi. Xullas, rejada ko’rsatilgan har bir hikoyat singari bola dunyoqarashini kengaytirib, undagi insoniy fazilatlarni o’stirishda ko’maklashadi.
Bulardan tashqari “Hayrat ul-abror” dostonidagi adablilik odati, qanoat, saxiylik to’g’risidagi hikoyatlarni ham dastur tarkibiga kiritish lozim. Ularda aks etgan insoniy sifat va xususiyatlar orqali bolalar tafakkuri shakllantirilsa maqsadga muvofiq ish bo’lar edi.

23

2 BOB. ALISHER NAVOIY MEROSI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING


FORMA VA METODLARI
2.1. Mashg’ulotlar jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari
Mustaqillik bizga asl Navoiyni qaytarayapti. Lekin bizning hozirgi avlodimiz asl Navoiyning tasavvufiy dunyoqarashini idrok qilishga bundan besh yarim asr ilgarigi poetik leksikasi va uslubiga xos forsiy, arabiy va hatto talay eskirgan turkiy so’zlarni, o’sha davrdagi ajdodlarimizga xos fikrlash tarzini ianglashga tayyor emas.
Navoiyga bunday munosabatni o’zgartirish uchun avvalo mavjud ilg’or an’analardan ijodiy foydalanish kerak. Aytaylik “rus she’riyatining quyoshi” A.S.Pushkin asarlari bilan bolalar bog’chalarining tayyorlov guruhlarida tanishtiriladi. Eng muhimi Pushkin asarlari bolalarning yoshlik xususiyatlarini hisobga olgan holda ham rasmli, ham rangli, ham sharhli, ham qayta aytish negizida kitob qilingan. Natijada Pushkin asrlaridan iborat turli xil komikslar, animal, yig’ma, kesma o’yinchoq kitoblargina emas, o’sha asarlarning qahramonlarini qiyofasini ifodalovchi o’yinchoqlar, multiplikatorlar g’ayrati bilan uning she’riy - adabiy ertaklari asosida o’nlab multiplikasion filmlar, o’quv filmlari va badiiy filmlar tayyorlanmoqda. Natijada rus bolalari har bir yosh bosqichda o’z Pushkinlari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo’layapti.
Gruziyada ham “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” asaridan turli yoshdagi bolalarga mos hikoyatlar tanlanib, ular asosida har xil hajmdagi bezakli rangli o’yinchoq - kitobchalarni ko’rganda har bir gruzinning gapira turib, o’z fikrini Shota Rustavelidan misra aytib isbotlashining sirini tushinish mumkin.
Ozarbayjonda ham Nizomiy “Xamsa”si va Fuzuliy asarlari syujetlari negizida turli yoshdagi bolalar kitoblarini nashr qilish yo’lga qo’yilgan.
Bular turli yoshdagi bolalarga mumtoz merosga muhabbat uyg’otibgina qo’ymaydi, balki uni his qilib tushunib anglab idrok etishga yo’l ochadi va ularda ilgari surilgan g’oyalarni o’zlashtirishlariga as qotadi.

24

Shuning uchun Alisher Navoiyning “Sher bilan Durroj” masali asosida bog’cha bolalari uchun nafaqat rasmli o’yinchoq kitoblar, balki go’zal multifilm yaratish mumkin. Qolaversa “Yolg’onchi, Hotami Toy hikoyati, Ko’rlar va fil hikoyati”, “Marhamatli Ayub va o’g’ri, Suhayl va Mehr”, “Muqbil va Mudbir” kabi o’nlab syujetlar mazmuniga mos go’zal rasmlar ishlab shu xildagi rang - barang rasmli kitobchalar hamda multifilmlar, qo’g’irchoq teatri spektikllari yaratishda navoiyshunos olimlar, rassomlar, dramaturglar, rijissyorlar, artistlar va noshirlarning hamkorligi zarur.


Mashg’ulot bolalar bog’chasida bolalarga ta’lim berishning asosiy shaklidir. Mashg’ulot – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malaklardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi, ularning bilimlarini boyitadi, madaniy-gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko’nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg’ulot egallaydi. Mashg’ulotlar bolalar bog’chasida ta’limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir. Unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o’rin va vaqt ajratilgan. Mashg’ulot tarbiyachi rahbarligida o’tkaziladi, tarbiyachi mashg’ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg’ulotlaini tashkil etadi.
O’quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg’ulot bolalarni maktabgacha tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg’ulot orqali bolalar o’quv malakasini egallab oladilar, o’z-o’zini yaxshi yaxshi tashkil etadigan bo’lib qolidalar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta’lim berish natijasida bilimga qiziqishlari rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyata ega, birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta’sir etishadi, o’z tashabbusi, topag’onligini namoyon qilish imkoniyati tug’iladi. Bolalar oldiga umumiy zo’r berishni talab etuvchi vazifa qo’yilganda birgalikda qayg’urishadi, jamoatchilik hissi
25

shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish-yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-yishlaini ijro etish, badiiy asarlarin eshitish, o’qishda paydo bo’lgan birgalikdagi do’stona jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o’rgatadi. Mashg’ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o’qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o’zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to’g’ri sifatlar hosil qilinadi.


Mashg’ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solib, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan voqyeadagi asosiy g’oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beraladi.
Tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik hissi takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va hoxishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o’rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi. Bolalar bog’chasida kichkintoylarni tevarakatrofdagi hayot, tabiat bilan
tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o’tsrish mashg’ulotlari, musiqa mashg’ulotlari, tasviriy san’at mashg’ulotlari, qurish yasash, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari olib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali sur’atda muomalada bo’lishidan iborat bo’lib, bu mashg’ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir, bu esa bolalarni mashg’ulotlar tayyorlash bosqichidir, go’daklar ixtiyoriy diqqat o’sib borgan sari bunday mashg’ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalarni bilan bir yo’la olib boriladi.
Mashg’ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo’r berishni talab etadi, ya’ni u bolaning aktiv faoliyati bilan bog’liq bo’lib, bola ma’lum natijaga erishishi uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi.
26

Shuning uchun mashg’ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e’tiborga olish zarur, mashg’ulotning vaqtini, kun tartibidagi o’rnini, dasturning har xil bo’limlarini to’g’ri almashtirib turishni oldindan o’ylab, aniq belgilab olish zarur.


Mashg’ulotlarni kunning birinchi yarmida o’tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki, birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug’lik bilan yaxshi ta’minlangan bo’ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg’ulot o’tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg’ulot yosh guruhlari bo’yicha necha daqiqa davom etish bolalar bog’chasi tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda belgilab berilgan.
Bolalar o’zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bo’lishi kerak. Bog’cha dasturi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni (bular tabiatga muhabbat uyg’otadi, o’simliklar va hayvonlarga g’amxo’rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi, bilimlarni o’zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahri, o’z vataniga, xalqiga muhabbat, ulug’ kishilarga muhabbat va hurmat, o’lkaning ijtimoiy hayotiga qiziqish paydo bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ijtimoiy hodisalar, voqyealar to’g’risida umumlashgan tasavvurlar tarkib topadi.
Didaktik maqsadiga ko’ra mashg’ulotar quyidagi xillarga bo’linadi: bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlar, bolalarning egallagan bilimlarini mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashg’ulotlar, bolalarning bilimini tekshiruvchi – sinovchi mashg’ulotlar kompleks mashg’ulotlar


  1. Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlarni o’tkazishdan maqsad – ularni yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqyealar

to’g’risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday mashg’ulotlarga yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib so’zlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur mashg’ulotlar hamma yosh guruhlarida o’tkaziladi.




  1. Bolalarning to’plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashg’ulotlar. Undan ko’zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarni anglab olish va dastlabki umumlashtirishga o’rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt

27

kuzatiladi, ikki narsa solishtiradi (xona o’simliklari, daraxtlar, hayvonlar), didaktik o’yinlar, suhbatlar o’tkaziladi. Bunday mashg’ulotlarni o’tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o’zlashtirib olganu, nima yaxshi o’zlashtirilmaganini bilib oladi. Tarbiyachi mashg’ulot jarayonida bolalarning bilimini yangi narsalar – detallar bilan boyitib boradi.


3. Bolalarning bilimini sinovchi mashg’ulotlar. Bunday mashg’ulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo’yicha o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va malakalarni o’zlashtirib oldilarmi-yo’qmi, shuni bilib oladi va o’zining bo’lajak ish mazmuni, metodini belgilaydi.
Kompleks mashg’ulotlar bolalar bog’chasi tajribasida keng tarqalgan bo’lib, bunday mashg’ulotlarda bolalarga yangi bilimlar beriladi, egallangan bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, sistemaga solinadi, olgan bilim va malakalarini amalda qo’llashga o’rgatiladi. Bolalar bog’chasida tasviriy faoliyat konstruksiyalash, tevarak-atrofdagi ijtimoiy hayot va tabiat bilan tanishtirish, nutqni o’stirish, savod o’rgatish, eng oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish, musiqa va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi. Mashg’ulotga to’g’ri tayyorgarlik ko’rib, uyushgan holda o’tkazilganda, bolalar oldiga ma’lum aqliy vazifa qo’yilgan taqdirda, ularning fikrlash faoliyati rivojlanadi. Aqliy vazifalarning biriligi va muayyan qiyinchilik bolalarni uyushtiradi va ularning diqqatini ma’lum tomonga yo’naltiradi. Eng avvalo bolaning aqliy vazifasini hal etish yo’lidagi qiyinchilikni yengish imkoniyati tug’iladi. Natijada bolalar faoliyatga qiziqish uyg’onib, u malakani egallash uchun mustaqil intiladi, o’ylaydi va vazifaning uddasidan chiqish uchun fahm-farosatni ishga soladi.
Mashg’ulotlar jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishda har bir mashg’ulotni e’tiborga olish lozim. Biz tadqiqot jarayonida maktabgacha tayyorlov (6-7 yosh) davridagi bolalarga diqqat e’tiborimizni qaratdik. Bu davrda bolalar “Nutq o’stirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish”, “Badiiy adabiyot”, “Matematika”, “Tasviriy faoliyat”, “Jismoniy tarbiya” kabi mashg’ulot turlari bilan shug’ullanishadi. Har bir mashg’ulot turida bolalar tafakkurini shakllantirish imkoniyati mavjud.
28

“Nutq o’stirish” quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:


Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish – bunda bolalar tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni o’rganadi, tovushlarning uzun-qisqaligini, jarangli-jarangsiz ekanligini farqlay olish qobiliyatini shakllantiradi, so’zlarning aniq, burro talaffuz qilishga o’rganadi.
Ijodiy hikoya qilish – bunda bolalar o’z bog’chasi bog’i, sirkka borgani haqida, mehmonda, avtobusda, do’konda, hayvonot bog’ida, qo’g’irchoq teatrida qanday voqyealar bo’lgani, joylarga kim bilan borganligi to’g’risida bog’cha opasiga, o’rtoqlariga hikoya qilib berishga o’rganadi. Bunda bolada o’z fikrini boshqalarga yetkaza olish, o’zgalar diqqatini jalb qilish, qolaversa, tinglash, fikrlash qobiliyati o’sadi.
Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish – bunda bolada ona tilimizga xos dastlabki qonun-qoidalar shakllanadi.
Lug’atni boyitishni shakllantirish – bunda bolalar tarbiyachi opalari yordamida “Mustaqillik bolalarimiz” mavzusida suhbat qurishadi. Xalq maqollari, iboralaridan namunalar keltirishib, ularning mazmunini anglashga urinadi. Bu mashg’ulot turi ham bola tafakkurini shakllantirishga asos bo’lib xizmat qiladi. Bolada vatan, gerb, bayroq, madhiya haqida dastlabki tushunchalar shakllana boshlaydi. Ularning aslida nima ekanligi, bularni bilishdan maqsad neligini anglab boradi. Maqollarda ifodalangan mazmun ular ongiga ta’sir ko’rsatib dunyoqarashini o’sishiga ko’maklashadi. Savodxonlikka o’rgatish bo’limidagi “Gapni tugat”, “Shirin so’zlar” o’yini mashg’ulotlari bola tafakkurini o’stirishda ayniqsa kuchli rol o’ynaydi. Har ikkila o’yin turida ham bolalar tez fikrlashga, mantiqiy mulohaza yuritishga o’rganadi.
Hikoya qilib berish to’g’risida ertaklar va hikoyalar keltirilgan. Ularning har bir bola ruhiyatiga ta’sir o’tkazadi. Tarbiyachi opa har mashg’ulotda “Egri va to’g’ri” o’rtagini, Alisher Navoiyning “Sher bilan Durroj”, “Himmatli bo’lsang”, Abdulla Avloniyning “Xo’roz bilan bo’ri” hikoyasini, K.Rahimning “Xo’rozqand” hikoyasini, xalq ertaklaridan yana “Saxiy bilan baxil”, “Xurmacha polvon”, “Qarg’avoy”, “Ur to’qmoq”, “Zumrad bilan Qimmat” kabi ertaklarni,
29

F.Musajonovning “To’lab ber” hikoyasini, Z.A’lamning “Yakshanba kungi shokolad” va xalq rivoyatlaridan navbatma-navbat hikoya qilib beradi. Bola bu davrda ertak, hikoya, rivoyat kabilarni eshitishga o’ch bo’lganligi sababli ularni jon qulog’i bilan eshitadi. Bu jarayonda eshitayotganlarning bolaga qay darajada ta’sir o’tkazishi tarbiyachining hikoya qilib berish mahoratiga ham bog’liq. Bola eshitganlaridan bolalara fikrlab o’ziga yarasha xulosa chiqaradi. Masalan, Egrivoyga o’xshash xiyonatkor, yolg’onchi bo’lishni istamay qoladi. Sababi Egrivoy bu xususiyati bilan baxtli hayot kechira olmadi. Uning o’rtog’i to’g’rivoy esa kechirimli, aqlli, farosatli, to’g’riso’zli bo’lgani uchun shohlik martabasiga ko’tarildi. Uning halolligi uning yutuqlariga sababchi bo’ldi. Navoiy hikoyasidagi Durrojning yolg’onchiligi, Sh.Perroning “Qizil shapkacha”dagi ochko’z bo’rining yolg’onchiligi, “Ur to’qmoq”dagi bolalarning yolg’onchiligi o’z boshiga kulfat yog’ilishiga sababchi bo’ldi. Qimmatning dangasaligi, ishyoqmasligi, ochko’zligi, beodobligi, o’zining va onasining o’limiga olib keldi. Zumradning mehnatsevarligi, tantiligi, ochiqko’ngilligi uning baxtli bo’lishiga yo’l ochib berdi. Har bir bola eshitgan har bir ertagu hikoyasini analiz qilib ko’radi. Asar voqyealarini ko’chada, o’yda o’ylaydi. O’zi chiqargan xulosalarini boshqalar bilan o’rtoqlashishni istaydi. Hatto buni ota-onasiga, o’zidan kichik uka-singillariga aytib o’ziga yoqqan qahramonlarni oqlab ularday bo’lishga o’zini ham, o’zgalarni ham da’vat qila boshlaydi. Yomon tasavvur qoldiradigan qahramonlardan nafratlanadi, ular kabi halokatga yuz tutishdan qo’rqadi. Bu jarayon bola dunyoqarashini kengaytiradi, tafakkurini borgan sari rivojlantiradi. To’g’ri xulosa chiqarishni, o’z fikrini boshqalarga yetkaza olishni, kattalar, kichkinalar, tengdoshlari bilan muomala qilishni o’rganishadi.


Biz yuqorida faqatgina “Nutq o’stirish” bobining bo’limlari bilan tanishib, keltirilgan mashg’ulot jarayonlarining bola tafakkuriga ta’sirini atroflicha ko’rib chiqdik. Qolgan barcha boblardagi mashg’ulotlar turlari ham xuddi mana shunday bola tafakkurini shakllantirishning vositasi bo’lib xizmat qiladi.

30

2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishda


Download 390,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish