Sulton Husayn davrida Hirot birmuncha obod boʻldi. Bunda shubhasiz, Alisher Navoiyning xizmati benihoya kattadir. U tamom boyligini masjid - u madrasalar, hammom va shifokorlar, ravot va musofirxonalar qurilishiga, suv chiqarib shahar - u qishloqlarni obod qilishga sarfladi. Navoiy qurdirgan binolar va inshootlar haqida Xondamirning "Xulosat ul - axbor" hamda "Makorim ul - axloq" asarlarida ham nihoyatda qimmatli maʼlumotlar keltirilgan. Buyuk shoir adabiyot sohasida juda koʻp qalam tebratgan . Xususan, gʻazal , qitʼa , doston, ruboiy, muxammas, musaddas va h.k . Navoiyning eng buyuk asarlaridan biri "Xamsa" asaridir.Bu asarning boshqa "Xamsa" asarlaridan farqi turk tilda yozilgani va bunda Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida Farhod – komil inson timsolidir. U bolaligidan ilmga chanqoq bo’ladi va bir marta o’qigani sira yodidan chiqmaydi. Farhod o’n yoshga yetganda hamma ilmlarni egallab bo’ladi. Bu dostonning bosh g’oyasi komil inson va Allohga bo’lgan ishqni tasvirlash hisoblanadi. Bundan ko’rinib turadiki, tasavvuf olamini keng yoritib bergan. Biroq majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar bo’lmagan kitobxon Navoiy kabi mumtoz adabiyot namoyondasining ijodini to’la anglashi qiyin kechadi. Menga qolsa shoirning ijod namunalarini kosa ostidagi nimkosa derdim. Negaki, birgina g’azallarini olsak, aslida go’zal yor uchun atalgandek tuyuldi. Lekin qayta-qayta o’qiyversak, Yaratganni va boqiylikni tarannum etayotganiga amin bo’lamiz. Shoirning yana "Munshoot" , " Muhokamat ul-lug’atayin, " Lison ut - tayr " , "Chor devon " va “Mezon ul – avzon” nomli asarlari ham mashhur. Bu asarlarning birida turkiy tili haqida gap ketsa, boshqasida allomalar va yana birida umrning to’rt fasli kuylanadi. 4Buyuk adib,yozuvchi Oybek Navoiy haqida shunday deydi: "Navoiy sheʼriyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi koʻnglimni tortar edi. Oʻz asarlarida shoir Navoiy obrazini yaratishga zoʻr mayl, orzu, istagim, bor edi. Lekin tarixga koʻz tashlasam, Navoiy gigant, buyuk bir siymo holida qarshimda turar edi. Yoshligimdan beri Navoiyning oʻchmas, abadiy sheʼrlarini sevib oʻqir edim, uning jozibali gʻazallari borgan sari koʻnglimga singib bordi, shakl va mazmunlari yuragimni mast va maftun etdi.
Oltinga teng soʻzlar, negaki, Navoiyning har bir asarida Ollohni va Ollohga bo’lgan ilohiy ishqni tarannum etishi, komil inson qanday boʻlishi va bu yoʻlda qanday toʻsiqlarga uchrashimiz, oddiylikdagi botiniy tuygʻularni aks ettirish hammaning ham qoʻlidan kelmaydi. Bilamizki,
Do'stlaringiz bilan baham: |