Alisher navoiy davlat arbobi va shoir sifatida



Download 21,91 Kb.
bet5/6
Sana31.07.2021
Hajmi21,91 Kb.
#133536
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

Kim damidin tushti o’t jonim aro, yor-yor [16-tom, 92-93].

Shunday qilib, "Mezon ul-avzon" Sharq poetikasining tarkibiy qismi bo’lgan aro’z ilmini turkiy-o’zbek she`riyati qonun-qoidalari asosida o’zbek tilida yoritgan hamda bu masalaga doir ko’pgina ilmiy muammolarni hal qilgan asardir. Bu ish esa, keyinchalik, Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan "Muxtasar" da rivojlantirildi.

"Majolis un-nafois". "Nafosat ahlining majlislari" deb atalgan bu mashhur asarning birinchi tahriri 1491 melodiy yilda yaratilib, shundan so’ng u yanada to’ldiriladi va 1498 melodiy yilda uning ikkinchi-to’ldirilgan nusxasi maydonga keladi. Asarning birinchi tahririda 350ta shoir kiritilgan bo’lsa, ikkinchi tahrirda 459 ta shoir va she`riyatga daxldor siymolarning zikri keltirilgan.

"Majolis un-nafois"ning kirish qismida uqtirilganidek, unda Sulton Husayn Boyqaro tavalludidan (m. 1438) to kitob yaratilgan davr oralig’ida faoliyat ko’rsatgan she`r va she`riyatga aloqador siymolar, ya`ni asosan Alisher Navoiyga zamondosh bo’lganlarning zikri keltirilgan.

Ma`lumki, Alisher Navoiyga qadar va uning zamonasida ham arab va fors-tojik tilida shoirlarga bag’ishlangan ko’pgina tazkiralar yaratilgan edi. Masalan, Saolibiyning "Yatimat ud-dahr", Muhammad Avfiyning “Lubob ul-albob”, Davlatshohning "Tazkirat ush-shuaro" va boshq. Biroq, Alisher Navoiy yaratgan tazkira bir qator xususiyatlarga ega:

1. Alisher Navoiygacha bo’lgan tazkiralar arab yoki fors-tojik tilida yozilgan bo’lib, ularda asosan arab she`riyati yoki fors-tojik she`riyati namoyandalari haqida ma`lumot berilgan.

Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois"i esa turkiy-o’zbek tilida yozilgan bo’lib, unda XV asrdagi zullisonayn adabiy muhitning xususiyatiga ko’ra ham turkiy-o’zbek va ham forsiy-tojik tilida ijod qilgan shoirlar qamrab olingan.Asarda shoirlarga daxldor ma`lumotlar o’zbek tilida bo’lib, ularning asarlari qaysi tilda (turkiy, forsiy) yozilgan bo’lsa, aynan keltirilgan.

Shu jihatdan "Majolis un-nafois" tazkirasi XV asrdagi turkiy-o’zbek she`riyati va forsiy-tojik she`riyati haqida ma`lumot beruvchi muhim manbadir. Shundan kelib chiqib, bu asar XVI-XVIII asrlar davomida to’rt marta Faxriy Hirotiy, Muhammad Qazviniy, Shoh Ali, Abulboqi Sharif Razaviylar tomonidan fors-tojik tiliga tarjima qilingan edi.

2. Alisher Navoiy "Majolis un-nafois"ida shoirlarni joylashtirish, ularga doir ma`lumotlar berish, asarlaridan namuna keltirish va ularga baho berish mezoni boshqa tazkiradagilardan farq qiladi. Jumladan, Alisher Navoiy asarning birinchi, ikkinchi va uchinchi majlislarida shoirlarni ko’rgani-ko’rmagani, muloqotda bo’lgani va bo’lmagani nuqtayi nazaridan joylashtiradi; ikkinchidan, shoirlar asarlaridan eng yaxshi namuna sifatida bir yoki ikki baytni keltiradi; shoirlar bilan muloqotda bo’lgan bo’lsa, o’zining unga bo’lgan shaxsiy yoki ijodiy munosabatini ham uqtirib o’tadi; shoirlar haqidagi ma`lumotlar esa haqqoniy va xolisonaligi bilan ajralib turadi.

3. Alisher Navoiy "Majolis un-nafois"ida Sharq adabiyotshunosligidagi ikki an`ana ko’rinadi: biri-tazkirachilik, ikkinchisi biror-bir shoir she`rlariga sharh yozish.

Ma`lumki, biror-bir shoir she`rlariga sharh yozish arab va fors-tojik adabiyotshunosligida ancha tajribalarga ega. Jumladan, Hofiz, Rumiy asarlariga yozilgan sharhlar. Ammo bu tajriba turkiy-o’zbek tilidagi adabiyotshunoslikda Alisher Navoiygacha bo’lgan davrda ko’zga tashlanmaydi.

Alisher Navoiy turkiy adabiyotshunoslikdagi bu bo’shlikni to’ldirish maqsadida "Majolis un-nafois" tazkirasining sakkizinchi majlisida Husayn Boyqaro she`riyatiga yozgan sharhini joylashtiradi. Shuning natijasida "Majolis un-nafois"da ham tazkirachilik an`anasi va ham sharh yozish an`anasi mujassam bo’lib, "Majolis un-nafois"ning boshqa tazkiralardan farq qiluvchi xususiyatini ham maydonga keltiradi. Shuning bilan bir qatorda Alisher Navoiy turkiy-o’zbek adabiyotshunosligida shoirlar she`rlariga sharh yozish an`anasini boshlab beradi. Alisher Navoiy bu an`anani Shoh G’arib mirzo devoniga sharh yozish bilan davom ettirish niyatida edi, ammo bu niyat amalga oshmagan ko’rinadi.

4. Alisher Navoiy "Majolis un-nafois"da birinchi marta Amir Temur va temuriyzoda shoirlar haqida tizimli ma`lumot va asarlaridan namunalarni keltiradi. Bu nihoyatda muhim va nodir ma`lumotlardir.

Demak, Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois"i o’zining bu va boshqa xususiyatlari bilan bundan oldin yaratilgan tazkiralardan farq qiladi hamda tazkirachilik an`anasida, xususan, Movarounnahr, Xuroson, Ozarboyjon hududlarida XVI-XIX asrlar davomida yaratilgan tazkiralarda zamondoshlarga bag’ishlanganlik an`anasining ustuvor bo’lishiga sababchi bo’ladi.

Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois"i kirish, sakkiz majlis va xilvatdan iborat.

"Kirish" qismida asarning yozilish sabablari bayon etilgan.

"Majolis un-nafois"dagi majlislarni uch guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga- birinchi, ikkinchi va uchinchi majlislar mansub. Ularda shoirlar Alisher Navoiyning o’sha mualliflar bilan uchrashgan-uchrashmaganligi mezoni asosida joylashtirilib, 311 shoirning zikri keltirilgan. Ikkinchi guruhga-to’rtinchi, beshinchi va oltinchi majlislarni kiritish mumkin. Bularga she`riyatga daxldor shaxslar - fozillar, mirzodalar hamda Xurosondan tashqari hududlarda yashovchi 125 ta fozil va donishmand kishilar kiritilgan. Uchinchi guruhga yettinchi va sakkizinchi majlislarni kiritish mumkin. Bu majlislarda she`r va she`riyatga daxldor Amir Temur va temuriyzodalar (23 kishi) zikri berilgan.

"Majolis un-nafois" ning birinchi majlisi Amir Qosim Anvor zikri bilan boshlanib, uning sakkizinchi bobi Husayn Boyqaro zikri bilan nihoyasiga yetadi. "Xilvat" bo’limida esa Husayn Boyqaroning nozik she`rshunosligidan dalolat beruvchi hayotiy hikoyatlar keltiriladi va asar yakunlanadi.

"Majolis un-nafois"da Alisher Navoiy tarjimayi holi, ustoz va zamondosh shoirlar bilan uchrashuvlari, jumladan, Abdurahmon Jomiy, mavlono Lutfiy, Fazlulloh Abulaysiy, Mirzobek, Sayfiy Buxoriy, Shayximbek Suhayliy va boshqalar haqida nihoyatda qimmatli ma`lumotlar bor.

"Majolis un-nafois" XV asrdagi ko’pqirrali adabiy muhitning nihoyatda tiniq ko’zgusi bo’lganidan undan adabiy muhit tarkibi, xususiyatlari (zullisonaynlik, janriy rang-baranglik), undagi adabiy yo’nalishlar (yuksak mazmunli badiiy yodgorliklar yaratish va shaklbozlik), har bir shoirning o’ziga xos fazilatlari haqida nodir ma`lumotlar joy olgan.

"Majolis un-nafois"ning ilmiy tanqidiy matni arab alifbosida Suyima G’anieva tomonidan nashr ettirildi (Toshkent, Fan, 1961). Uning to’liq matni MATning 13-tomida nashr etildi.

Shunday qilib, Alisher Navoiy nasriy asarlari turkiy-o’zbek nasrining nodir va bebaho yodgorliklari bo’lgani bilan ahamiyatlidirlar. Bu asarlar Alisher Navoiy ijodiy-ilmiy merosi ko’lamining naqadar keng ekanligini yana bir karra namoyish etib, uning o’zbek xalqi tamadduni xazinasini noyob durdonalar bilan boyitganidan dalolat beradi.




Download 21,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish