Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari - Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Sa’diyning Guliston asari uslubida yozilgan “Bahoriston” asari va “Xaft avrang”ga kirgan “Tuhfatul axror” hamda “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) va boshqa dostonlarida ifodalangan.
Jomiy fikrlari - Eng zarur bilimni qunt bilan o’rgan,
- Zarur bo’lmaganin axtarib yurma.
- Qoldiray desang jahonda yaxshi nom,
- Yaxshilik qil, yaxshilik qilgil mudom...
Jaloliddin Davoniy Jaloliddin Davoniy (1427-1502) — pedagogik tafakkur rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘rta asr Sharqining eng taniqli mutafakkirlaridan Muhammad Asad bin Jaloliddin (ba’zi manbalarda Saadiddin) ko‘pqirrali ensiklopedik olim bo‘lgan. - Jaloliddin Davoniy (1427-1502) — pedagogik tafakkur rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘rta asr Sharqining eng taniqli mutafakkirlaridan Muhammad Asad bin Jaloliddin (ba’zi manbalarda Saadiddin) ko‘pqirrali ensiklopedik olim bo‘lgan.
- Jaloliddin Davoniy Kazarun (Eron) poytaxtining Dovon qishlog‘ida tug‘ilgan, bolalik yillari shu yerda o‘tgan. Sherozdagi Dorul Aytom madrasasida Mavlono Qo‘shqanor va Xoja Xasanshoh Baqqol ulamolar rahbarligi ostida ta’lim olgan. Ta’limni yakunlagach, madrasada dars beradi, so‘ngra, Sheroz qozisi bo‘ladi. Qozilik lavozimida xizmatni o‘tab, murabbiylik faoliyatiga qaytadi, ko‘p sayohat qilgan, Eron, Iroq, Hindiston kabi shaharlarda, Kushon, Gilon, Tabriz, Hirotda (Afg‘oniston) bo‘lib, olimlar bilan uchrashadi.
- Manbalarga ko‘ra, u O‘rta Osiyoning ko‘plab olim va shoirlarining ishlarini yaxshi bilgan.
- U Farobiy, ibn Sino, Nasriddin Tussiylarning ilmiy ishlarini va ijtimoiy g‘oyalarini o‘rgangan, u Hirot, Vizantiya (Rum), Ozarbayjon, Karmana, Xurmuza, Tabariston, Xuroson va Jurjon olimlari bilan yozishmalar olib borgan.
Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari - Jaloliddin Davoniy (to’la nomi Jaloliddin Muhammad ibn Asad as Siddiqiy ad Davoniy) (1427 — Davon qishlog’i, Eron — 1502) — sharq olimi, faylasufi. Yoshligidan ilm-fanga, xususan fiqhshunoslikka qiziqadi. Maktabni bitirgach, Sherozga kelib madrasada tahsil ko’radi. So’ng Sheroz shahri qozisi etib tayinlanadi. Qozilikdan iste’foga chiqqach, mudarrislik qiladi. Umrining oxirida o’z qishlog’iga qaytib, ilmiy ish bilan band bo’ladi. Davoniy Eron, Hindiston, Iroqning ko’p shaharlarida bo’lib, olim va shoirlar bilan uchrashdi. Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy va boshqalarning dunyoqarashini o’rgandi, Temur va temuriylar davrida yashagan mutafakkirlar asarlaridan unumli foydalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |