Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
50
library.ziyonet.uz/
Mavlono Salomiy — shahr masjidi jome’ida Muluk gunbazida xodimdur. Bu matla’
aningdurkim:
In bas az ashki jigargun zi gʻamash hosili man
Ki, ba har qatra kushoyad girihe az dili man
(53)
.
Mavlono Forigʻiy — Xonaqohi Jadidiyda boʻlur. Darveshvash yigitdur. Bu matla’
aningdurkim:
Az bas ki on jafojoʻ ozor menamoyad,
Andak tarahhumi u bis’yor menamoyad
(54)
.
Mavlono Jamshed — emdi paydo boʻlgʻon xush tab’ yigitlardindur. Obodon kotib ham
bor. Soyir she’r asnofidin tab’i muammogʻa moyildur.
Mavlono Shihob — emdi paydo boʻlgʻon kichiq yoshlik yigitdur. Atosi zikrikim,
Mavlono Nizom xonaqohida oʻttikim, muammogʻa mashhur erdi. Oʻzi dagʻi muammogʻa
koʻprak mashgʻul boʻlur.
Do'stlaringiz bilan baham: |