Mavlono Yaqiniy
(124)
— tundroq mashrabliq kishi erdi. Turkiy va forsiy she’r aytur erdi.
Turkchasidin bu matlain koʻp mubohotlar bila oʻqur erdikim:
Ohkim jonimgʻa yettim yori nodon ilgidin,
Dodu faryod ul jafochi ofati jon ilgidin,
Ammo forsiysidin bu matlai yomon voqe’ boʻlmaydurkim:
Subheki, dam ba mehr nazad yak nafas tui,
Naxleki, bor naxoʻrad az u hech kas tui
(125)
.
Oxir damida beadabona soʻzlaridin tavba qilib, ahli saloh tariyqi bila kechti. Umedkim,
ma’fu boʻlmish boʻlgay. Qabri Darai Dubarodarondadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |