Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
89
library.ziyonet.uz/
Muhammad Ja’far — Muhammad Ali Koʻkaltosh oʻgʻlidurkim, otasi Mashhadi
muqaddasa dorugʻasidur. Oʻzining yaxshi tab’i bor. Bu matla’ aningdurkim:
On shabki, sham’i chehraro az tob meafroʻxti,
Rahme nakardi bar manu parvonavoram soʻxti
(25)
.
Shoh Quli Uygʻur — kichikdin tab’i tahsilgʻa va aksar fazliyotqa muloyim erdi.
Ota-onaning suyukligi jihatidin omi qoldi. Va koʻprak qobiliyati zoye’ boʻldi.
Qabilaning mirzosidur. Hukm uldurkim, ul qilgʻay, Tab’i muammoda muloyim
tushubtur.
Darvesh Abdulloh — Tarxoniylarda Shayx Salmon atkaning oʻgʻlidur. Tab’i
nazmlargʻa kichikdin moyil erdi. Bu matla’ aningdurkim:
Az xayoli labu dandoni tu chashmam ki pur ast,
Hamchu roʻdestki, sangash hama yoqutu dur ast
(26)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |