Mavlono Fasihiddin — Mavlono Nizomiddin Hiravin ahfodidindurkim, alarni
Nizomiylar derlarkim, Xurosonda mundin sharifroq nasab yoʻqtur. yigirmi yoshigʻa yaqin
ekanda ulumni takmil qildi. Holo oʻttuz yilgʻa yaqin borkim, ifodagʻa mashgʻuldur. Zohir
ulumidin hech qaysi boʻlmagʻaykim, dars aytmagʻay. Va har bir ilmki aytur, koʻrida
havoshiy va mufid musannafoti borkim, ulamo andin bahramanddurlar. Muncha
purkorligʻ va ranginlikbila aql va bazli ham borkim, munofii bu ulumdoʻr. Koʻp hamida
axloq va pisandida avsofgʻa muttasyfdur. Bovujudi moʻncha kamol bu faqirning tanazzul
qilib, safar va hazarda koʻprak avqot oʻz sharif suhbati bilan musharraf qilur. Necha fikr
qililsa, bu tiyra roʻzgor nakoʻhida atvor musohibligʻidin oʻzga ayb onda topsa boʻlmas,
ammo aybsiz tengridur.
Toʻrtinchi majlis oxiri
Bu diqqatpesha va zarofatandesha azizlardin agarchi ba’zi ajal mayidin mast va
bexabardurlar, ammo ba’zi hayot bazmida sarmast va jilvagar va nazmgustardurlar, tengri
Do'stlaringiz bilan baham: |