Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
66
library.ziyonet.uz/
Mavlono Doiy — ham astrobodligʻdur. Gʻarib xayol topmoq huzurida koʻp boʻlur. Bu
matla’ aningdurkim
On pariroki, zi gulbargi qabo dar bari ust,
Har taraf bandi qabo nestki, bolu pari ust
(175)
.
Bobo Shoʻrida — qasidaxonliqqa ma’ruf va mashhurdur. Tab’ ahlining koʻpi bila
musohib boʻlubtur va tab’ida koʻp choshni zohir boʻlur. Qariliq bobida aytilgʻan
masnaviydin bu bayt aningdurkim:
Qadam shud chun kamonu umri man shast,
Javoni hamchu tir az shasti man chast
(176)
.
Mavlono Sufiy — ham astrobodligʻdur. Yaxshi tab’i bor va inshosi ham xubdur. Bu
matla’ aningdurkim:
Nest dar hajri tuam za’f zi bemorii dil,
Tarsam ozurda shavad tab’i tu az zorii dil
(177)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |