Mavlono Osafiy
(13)
— otasi podshohi zamonning vazorat devonida muhr bosibdur va
oʻzining tab’i ta’rif qilgʻucha bor va hofizasi ham bagʻoyat xubdur. Ammo ne tab’in ishga
buyurur, ne hofizasin. Yatimvashlik va ra’nosifatliq va xudroylik va xudoroylik bila
avqotin zoye’ qilur. Bu nav’ gʻarib sifoti koʻpdurki, agar desa soʻz uzolur. Mutlaqo
pandpazir ermas. Bu jihatdin bagʻoyat parishondur. Yaxshi abyoti bor. Ammo bu matla’
mashhurdurkim:
Narext durdi may muhtasib zi dayr guzasht,
Rasida bud baloye, vale baxayr guzasht
(14)
.
Bu turkcha matla’ ham aningdurkim:
Yuz balolar koʻrdum, ul oromi jondnn koʻrmadim,
Ikki koʻzumdin yomonlik koʻrdum ondin koʻrmadim.
Insho ollohkim, tuz yoʻlgʻa kirgay.
Do'stlaringiz bilan baham: |