Mavlono Lutfiy
(121)
(alayhirrahma) — oʻz zamonining malik ul-kalomi erdi, forsiy va
turkiyda naziri yoʻq erdi, ammo turkiyda, shuhrati koʻprak erdi va turkcha devoni ham
mashhurdur va mutaazzir ul javob matla’lari bor, ul jumladin biri budurkim:
Nozukluk ichra belicha yoʻq tori gisuyi,
Oʻz haddini bilib, belidin oʻltirur qush'
Yana biri bukim:
Sayd etti dilbarim meni oshufta sochdin,
Soldi kamand boʻynuma ikki qulochdin.
Va Mavlononing «Zafarnoma» tarjimasida oʻn ming baytdin ortuqroq masnaviysi bor,
bayozgʻa yozmagʻon uchun, shuxrat tutmadi va lekin forsiyda qasidagoʻy ustodlardin
koʻpining mushkul she’rlarigʻa javob aytibdur va yaxshi aytibdur. Toʻqson toʻqquz
yashadi va oxir umrida radifi «oftob» she’ri ayttikim, zamon shuarosi barcha tatabbu’
qildilar, hech qaysisi matla’ni oncha ayta olmadilar va ul matla’ budurkim:
Do'stlaringiz bilan baham: |