Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
65 
library.ziyonet.uz/ 
 
Qarofiy va Duqqiy va Abu Usmon Magʻribiy q. s. deb-durki, hech kishi koʻrmadim 
mashoyix orasida Abu Ya'qub Nahrajuriydin yorugʻroq va nuroniyroq va Abulhasang 
Dinavariydin haybatliroq. Ul Abu Ja’far Saydaloniyning shogirdidur. Ul debdurki, 
dunyodin ikki qatlag bezor boʻlmoq kerak: Bir qatla chiqsang xalq qabul yuzidin 
sanga yuzlangaylar, yana dunyogʻa yongaysen, yoʻq hirsu shugʻl bila, onchaki el 
qabulin. zoyil qilgʻay, botin bila andin munqate’ boʻlgʻaysen, to dunyoning tarkining 
gunohi aning talabining gunohidin ulugʻroq boʻlmagʻay, nechunki xalq qabulining 
fitnasi dunyogʻa iqbolning fitnasidin ulugʻroqdur. Va ham ul debdurki, [orzu va umid 
inson tab’ining buzilishidandir]
(1)
 Va ham ul debdurki, [oʻzingni yaxshi koʻrishing – 
oʻzingni halok qilishingdir]
(2)
. Andin soʻrdilarki, murid kimdur va aning sifati nedur? 
Bu oyatni oʻqudikim, [to ularga keng yer torlik qilib qolguncha va dillari siqilib, 
Allohning faqat oʻziga tavba qilish bilangina qutulish mumkin ekanini 
bilgunlaricha]
(3)

198.
 
A
BULHASAN 
S
UBAYHIY Q
.
 S

Uchunchi tabaqadindur. Ba’zi debdurlarki, ul Hasan b. Abdulloh b. Bakrdur. Basra 
ahlidindur. Derlarki, aning saroyida bir uy erdi, yerda qozgʻon. Gʻttuz nil andin 
chiqmadi va mujohada tortib ibodat qildi. Va derlarki, taom yemas erdi. Ani Basra eli 
Basradin chiqardilar. Susqa bordi va anda dunyodin oʻtti va qabri anda-oʻqdur. Shayx 
ul-islom debdurki, ul Basra masjidi eshikida turub erdi. Ul vaqt Basra masjidi 
gʻalabaliqdin andoq erdikim, el sajda bir-birining uchasida qilurlar erdi. Ul 
shogirdigʻa boqib ayttikim, bu xalqnikim koʻrarsen, bular behishtni toʻla qilmoq 
uchundur, bu ishkina bizga tushub turur. Ul debdurki, [gʻarib – oʻz vatanida musofir 
boʻlgan kishidir]
(1)
. Va ham ul debdurki, [gʻarib – oʻziga monandi boʻlmagan kishi]
(2)

Va ham ul debdurki, [gʻarib–oʻzi kabilar bilan suhbat qurgan kishi]
(3)

199.
 
A
BULHASAN 
S
UYUTIY R
.
 T

Shayx ul-islom debdurki, ul bu toyifadin erdi. Shayx Abu Ali Rudboriy derkim, 
Horun, Sahl Abdullohning sohibi dedikim, Abulhasan Suyutiy bila bodiyada erduk. 
Och boʻlsak erdi va hayu hilla yoʻlin bilmasak erdi, Abulhasan boʻri uni qilur erdi, to 
har yerda it boʻlsa, ani eshitsa, un qilur erdi, ul un bila bilur erdukkim, anda eldur. Va 
borib ashob uchun yemak kelturur erduk. Ham Shayx Abu Ali Rudboriy debdurki, 
hech kim yoronlar mehribonligʻida Abulhasan Suyutiydek emas erdi. 
200.
 
A
BULHASAN B
.
 
S
HA

RA R
.
 T

Oti Amr b. Usmon b. Hakim Sha’radur. Sufiylarning mashoyixidindur. Shayx Abu 
Said Moliniy ani arba’inida kelturubdurki, Misr mashoyixidin erdi. Derlarki, aning 
qabridin Qur’on oʻqumoqning unin eshiturlar. Har kishi aning ziyoratigʻa borsa erdi, 
eshitur erdi. Vallohu taolo a’lam. 
201.
 
A
BU 
H
OMID 
A
SVAD 
M
A

RUF 
Z
ANJIY
.
 R
.
 T

Abu Ali Rudboriyning ustodlaridindur. Abulhasan Muzayynn debdurkim, Shayx 
Homid Asvad Zanjiy oʻttuz yil masjidi Haramda erdi. Ka’ba oʻtrusida oʻlturdikim, 
tashqari chiqmadi, magar tahorat uchun. Va hech kishi aning nima yeganin 
koʻrmaydur va ichkanin ham, Abu Homidqa har qachon vajd yetishsa erdi, rangi 
oqarurerdi, chun ul vajd taskin topsa, yana ham ul rangiga borur erdi. 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish