Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
50
library.ziyonet.uz/
Sizni to shu yergacha yaxshi koʻraman va bas. Bu soʻzlardan Mirzo gʻoyat zavqlanib
kulibdi va debdi: Agar menda ayb koʻrsang ayt, tanbeh ber, toki men uni tuzatay. Shoir
debdi: Sizda sustkashlikdan boʻlak ayb yoʻqdir. Mirzo soʻrabdi: Qanaqa sustkashligim
bor? Shoir javob qilibdi: Bir ogʻiz soʻz aytishda sustkashlik qilasiz. Agar menga bir ming
oltin tanga berishlarini aytsangiz, men boyib qolardim. Mirzo kulib, shoirga ming oltin
tanga baxshida qilgan ekan.
83. Tarj.: Xoling anbar, yuzing gul, miyigʻing rayxondir; ogʻzing gʻuncha, tishing inju,
labing marjondir.
84. Amir Xusrav — Yaminuddin Abdulhasan Amir (tugʻ.1253, Patyoli — vaf. 1325,
Dehli) shoir, adib, mutafakkir, bastakor. Xusrav Dehlaviy nomi bilan mashhur. Otasi
Sayfuddin Mahmud lochin qabilasidan boʻlib, moʻgʻul istilosi arafasida Shahrisabzdan
Hindistonga qochgan. Juda yoshlikdan she’r yoza boshlagan, avvaliga «Sultoniy»
taxallusini olgan Xusrav Dehlaviy uzoq muddat Bangola va Dehli sultonlari xizmatida
boʻlgan. Shoir klassik she’riyatning barcha janr va turlarida ijod qilgan. Urdu va arab
tillarida ham she’r yozgan. U birinchi boʻlib she’rlarini alohida nomlar bilan hayotining
turli fasllariga moslab 5 ta devonga ajratgan. Nizomiy Ganjaviyning «Panj Ganji» (Besh
xazina) javobida 5 ta doston yozib, «Xamsa» deb atagan va bu bilan xamsachilik
an’anasiga asos solgan. Shoir shuningdek boshqa dostonlar, adabiyot ilmi, insho san’ati
va musiqa nazariyasiga oid ham asarlar yaratgan. Navoiy Xusrav Dehlaviyni har bir
dostoni avvalida oʻzining moʻ’tabar salafi sifatida ta’riflaydi va uning she’rnyatdagi
san’atkorligini yuksak baholaydi, she’rlarida ham shoirga payravlik qiladi. «Nasoyim ul-
muhabbat»da ham Xusravga alohida maqola bagʻishlaydi. Unda shoirning Shayx
Nizomiddin avliyo xizmatida boʻlganligi, Shayx shoirga Muhammad Kosales (kosa
yalovchi, gadoy) deb nom berganini yozadi. Navoiy bu yerda Mavlono Zohidiyning
Xusravning mashhur qasidalaridan biri «Daryoi abror» (taqvodorlar daryosi)ga tatabbu’
(oʻxshatma) qilganini yozadi.
85. Tarj.: 3uhraga chang yoki rubobni kim berdi; yo rab, tosh orasidagi la’lga porloqlikni
kim berdi? Zuhra — Choʻlpon yulduzi (Venera). U Sharqda erta tongda, Gʻarbda
kechqurun porlab koʻrnnadigan yorqin yulduz. Qadim yunonlarda Zuhra muhabbat
ma’budasi hisoblangan. Zuhrani Nohid ham deb ataladi. Zuhra goʻzallik, muhabbat
hamda musiqa ahli xomiysi sanaladi.
86. Shayx Kamol — Kamoluddin Mas’ud (tugʻ. taxminan 1318—23, Xoʻjand — vaf.
1401, Tabrez) Kamol Xoʻjandiy nomi bilan mashxur. Shoir asosiy tahsilni Xoʻjandda,
keyin Samarqandda olgan. Xorazm va Shosh (Toshkand)da ham istiqomat qilgan. Kamol
Xoʻjandiy nihoyatda bilimdon shaxs boʻlgan: adabiyot, arab tili, fiqh, hadis, kalom,
hikmat, tafsir va tasavvufni puxta bilgan. Iroq va Ozarbayjoi hokimi Tabrez atrofidan
Voliyonkuh degan mavze’ni tuhfa qilgach, oʻsha yerda bogʻ barpo etgan va uni Behisht
deb atab, bogʻdorlik bilan kun kechirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |