Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
44
library.ziyonet.uz/
holatni nazarda tutmoqda.
40. Xoja Ismatullo (tugʻ. noma’lum—vaf. 1437, Buxoro)—asosan Buxoroda yashab ijod
etgai shoir. Xalil Sulton saroyida boʻlgan. Feodallar isyonidan soʻng shoir sargardonlikka
uchraydi. Ulugʻbek hukmron boʻlgach, Ismat Buxoriyni saroy xizmatiga taklif etadi.
Lekin shoir uzlatni, darveshlar orasida boʻlishni afzal koʻrib taklifni qabul qilmaydi.
Shoirning sakkiz ming baytdan iborat she’rlar devoni, «Ibrohim Adham» nomli
masnaviysi ma’lum. Uning tasavvufiy ta’surotlar, sufiyona hissiyotlar bilan yoʻgʻrilgan
she’rlari xalq orasida mashhur boʻlgan.
41. Xalil Sulton (1384—1411)—Temurning nabirasi, Mironshohning oʻgʻli. 1405—1409
yillarda Samarqandda hukmronlik qilgan. Temurning Hindiston yurishida qatnashib,
oʻzining harbiy salohiyati bilan ulugʻ bobosi ragʻbatini qozongan Xalil Sulton 1402 y. da
Turkiston hukmroni qilib tayinlangan edi. Lekin 1404 y. da Temurning ruxsatisiz oddiy
tabaqa qizi goʻzal Shodmulkka uylangani uchun uning gʻazabiga uchragan edi. Temur
vafotidan 1 oy keyin 1405 y. 18 martda taxtga oʻtirgan Xalil Sulton Movarounnahrdan
chetlarda tan olinadi. Feodal nizolari, vorislar orasidagi toʻqnashuvlar natijasida Xalil
Sulton 1409 yil 30 martda asir olinadi va Fargʻona, Andijon, Oʻtrorlarda sargardonlikdan
bezib, Shohrux bilan shartnoma tuzadi va taxtdan voz kechadi. Oxiri Rayga joʻnaydi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Shodmulk ham uning ortidan Rayga keladi. Xalil Sulton
Rayda vafot etadi. Shuningdek, manbalarda Xalil Sultonning Shodmulkka boʻlgan
muhabbati hamda oʻz dushmanlari, hatto xoinlarga nisbatan ham olijanob boʻlgani ta’rif
qilinadi.
Xalil Sulton saroyida olimu fozillar, san’atkor va shoirlar ijod qilar, oʻzi she’riyat bilan
shugʻullanar edi. Navoiy ushbu asarning yettinchi majlisida Xalil Sultonga alohida
maqola bagʻishlaydi va sohibi devon boʻlganini qayd qiladi. Xoja Ismat Buxoriy Xalil
Sulton devoni ta’rifida qasida ham bitgan ekan.
42. Tarj.: Yurak kabobdir undan shoʻr [gʻavgʻo] qoʻzgʻatganlar, chunki u yurakka Xalil
(chin doʻst, demakdir) tuzdonidan tuz sepganlar.
43. Tarj.: Bu bepoyon dengiz jahonlarni oʻz ichiga olgandir. Ilohiy aql gʻavvosi undan
gavharni payqay olmaydi.
44. Tarj.: Ey darding oʻqi oshiqlar yuragiga nishona! Butun xalq sen bilan ovorayu
oʻrtada sen gʻoyibsan.
45. Tarj.: Goh butxonada goʻshanishinman, goh masjidda istiqomat qilaman. Ya’ni seni
uyma-uy qidirib yuraman.
46. Tarj.: Dil shishadir, koʻzlaring uni har tomonga olib boradilar, ular mastdirlar,
Do'stlaringiz bilan baham: |