Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism)



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/118
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#270892
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
Alisher Navoiy - Majolis un nafois 2-qism

Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
111 
library.ziyonet.uz/ 
 
S
AKKIZINCHI 
M
AJLIS
 
1. Rustam — Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sidagi qahramon, Eron fol'kloridagi 
mashhur obraz. Oʻrta va yaqin Sharq xalqlarida ham shuhrat qozongan. Rustam 
xalqparvar, Vatanni sevuvchi, mardlik va shijoatda bemisl pahlavondir. Uning nomi 
keyinchalik qahramonlik ramziga aylanib ketgan. 
 
Rustamning dunyoga kelishi va unga ism qoʻyilishi haqida Firdavsiy shunday hikoya 
qiladi: Zolning xotini Rudoba homilani gʻoyat ogʻir koʻtaradi. Oy-kuni yaqinlashganda 
dard boshlanishi bilan hushidan ketadi. Sarosimaga tushgai Zol afsonaviy qush Simurgʻ 
yordami bilan jarroh topib keladi. Jarroh onaning yonini kesib, bolani oladi. Hushiga 
kelgan Rudoba yonida gʻoyat boʻlalik bolani koʻrib, xursan holda «Rustam!» deydi. 
Forsiyda bu soʻz azobu darddak xalos boʻldim, degan ma’noni anglatadi. Onaning 
ogʻzidan chiqqan ana shu birinchi soʻzni oʻgʻilga ism qilib qoʻyadilar. 
 
Navoiy bu yerda Husayn Boyqaroning muruvvatliligi va bahodirligini Rustamga qiyos 
qiladi. 
 
2. Hotam — Abusafona Hotam ibni Abdulloh ibni Sa’di Toyi. Taxminan VI asr oxirlari 
VII asr avvallarida yashagan arab shoiri. Xalq orasida Xotamtoy nomi bilan mashhur. 
Uning bizgacha yetib kelgan bir qancha she’rlarini toʻplab, arab adibi va xattot Rizqulloh 
Hassun 1872 yilda Londonda nashr etdirgan. Hotam haqida Sharqda juda koʻp afsonalar 
va rivoyatlar, qissa va dostonlar mavjud. Xotam nomi Saxovat ramziga aylanib ketgan. 
Bu yerda Navoiy Husayn Boyqaroni ham shoirlikda, ham saxovatda Hotamga oʻxshatadi. 
 
3. «Nasabnoma» — Husayn Boyqaroning shajarasi, tarjimai holi haqidagi asar. Navoiy 
asar muallifining nomini keltirmaydi. 
 
4. Iso — paygʻambarlardan biri. Laqabi Masih. Diniy afsonalarda Iso oʻz nafasi bilan 
oʻlganlarni tiriltirish, ularga jon bagʻishlash qobiliyatiga ega boʻlgan, deyiladi. Bu yerda 
shoir yor labi qarshisida obi hayot xijolatda ekanligi, nafasi Iso nafasidek jon 
bagʻishlovchi demoqchi boʻladi. 
 
5. Masiho — qarang: Iso, yuqoridagi izoh. 
 
6. She’riy san’atda «tarjeh» bir narsani yoxud biror obrazni boshqa narsa yo obrazdan 
baland qoʻyib ta’riflashni anglatadi. Bu baytda shoir oʻz sevgilisi koʻzlarini nargis 
gulidan, ogʻzini gʻunchadan afzal deb ta’riflaydi. 
 
7. Nu’mon — arablardagi Toif shahri yaqinidagi daryoning nomi. Aftidan, shu yerlarda 
ungan lolaning rangi va undagi dogʻ ta’rifga loyiq boʻlsa kerak. 
 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish