Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
94
library.ziyonet.uz/
Muhammad Qazviniy esa, agar Navoiy «Yusufga Ya’qub deb ot qoʻydilar» tarzida emas,
«Yusuf nomini Ya’qub qilding» deya oʻqiganda edi, har jihatdan she’r yaxshi chiqqani
ma’lum boʻlar edi, deb oʻz fikrini ilova qiladi.
49. Tarj.: Biror dam dunyo dastidan qutula olmadim. Ey soqiy, kel, bir nafas
mayparastman.
50. Tarj.: Biz doim mastdirmiz; mayxonadan nima ginayu, qadahlarning toʻla va
kamligidan nima gina!
51. «rushd osori zohirdur» yetuklik belgilarin koʻrinib turibdi, demakdir.
52. Tarj.: Jahonda sening gʻamingda yurgan mendek boshqa bir kishi noʻq. Yuragi
kuygan, yolvoruchan odam yoʻq. Gʻam va dardimni ochib tashlashni istayman, biroq
nima qilayki, hech hamdard yoʻq.
53. Mavlono Safiy — Faxriddin Ali Safiy (tugʻ. 1463, Sabzavor— vaf. 1533, Hirot) shoir
va adabiyotshunos. Uning asarlaridan «Rashahoti ayn ul-hast» — naqshbandiya silsilasi
haqida, «Mahmud va Ayoz» — Nizomiy «Layli va Majnun»iga javobiya tarzida
yozilgan, otasi Husayn Voiz Koshifiyning «Asrorn Qosimiy» risolasining qisqacha
bayoni, «Latoyif ut-tavoyif» (turli tabaqalarning latifalari) ma’lumdir. Ali Safiyning
«Latoyif ut-tavoyif»dan tanlab olingan ba’zi rivoyatlar K.Qahhorova va
S.Inomxoʻjayevlar tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.
54. Tarj.: La’ldek qizil lab va xush is bilan kelibsan; ajoyib bezak bilan undan chiqibsan.
55. Tarj.: Masih agar uning ogʻzidan bir ogʻiz soʻz eshitsa, uyalganidan ortiq dam urishga
ham majoli qolmaydi.
56. Mavlono Abdulvose’ — shoir, insho fanida mohir Navoiyning yaqin
suhbatdoshlaridan. Xurosonning Nuri degan viloyatida dunyoga kelgan. Vosifiy
«Badoye’ ul-vaqoye’»da Abdulvose’ Navoiy sharafiga Hirot yaqinidagi Barza degan
joyda bergan ziyofatda qatnashgani va unga nisbatan qilingan hazlga gʻoyat zukkolik
bilan javob berganini hikoya qiladi. Navoiy shoirga bergan alohida maqolasida ham
uning ana shu xislatini ta’kidlab oʻtadi.
57. Xoja Dehdor — Xoja Hofiz Gʻiyosiddin Dehdor Jomiy va Navoiylarga yaqin,
suhbatdoshlardan. Navoiy «Xamsat ul-mutahayyirin»da Xoja Dehdor haqida alohida
lavha keltiradi: Husayn Boyqaro va Navoiy Jomiyga taom va yegulik narsalardan nasiba
ilinganida Xoja Dehdor orqali yuborar ekanlar. U esa olib borgan narsalaridan oʻzi
miriqib yeb kelar, pul-muldan ham olib qolar ekan. Shular haqida Jomiy ruboiy, qit’alar
bitar ekan. Navoiy asarida ana shunday she’rlardan 4-tasini keltiradi. Bu yerda Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |