Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
27
library.ziyonet.uz/
Hofizi Yoriy — xush suhbat va shirin kalom kishi erdi va qiroat ilmin yaxshi bilur erdi va
koʻproq avqot tilovat qilur erdi va hamisha faqir bila musohib erdi. Mav’izada insof
bobida bu bayt aningdurkim:
Garam bar sar hazor oyad balo shoyistai onam
Ki, hastam badtarin az xalqu xudro nek medonam
(74)
.
«Ixlosiya»
(75)
madrasasida favt boʻldi va koʻchai Safo boshida qoʻyildi.
Mavlono Qanbariy — Nishopurdindur. Omi kishi erdi. Ammo nazm ayturda cholok erdi
va she’rida ham choshni bor. Bu qasida matlai Bobur Mirzo madhida aningdurkim:
In guharho binki, dar daryoi axzar kardaand,
Z-in mashoil otashi xur binki chun barkardaand
(76)
.
Qabri hamul viloyat soridur.
Do'stlaringiz bilan baham: |