Sayyid Asadulloh — yaxshi tab’liqdur.
Mavlono Qosim — Mavlono Abdurahim munajjimning nabirasidir. Oʻz zamonida
nujum ahkomida muqarrar va musallam erdi va oʻzi ham nujum fanini yaxshi bilur. Bu
matla’ aningdurkim:
Mo masti mudomem zi mayxona chi pursam,
Az beshu kami sogʻaru paymona chi pursam
(50)
.
Mavlono Ali — hamonoki turshizlikdur va tab’i muammo fanida koʻp muloyim
tushubtur.
Shayxzoda Puroniy — Shayx Abusaid Puroniyning xalafidur. Ikki pushtidin valoyat anga
mavrusiydur. Va oʻz zotida ham qabuliyat koʻpdur. Oz fursatda xututni andoq bitidikim,
ul fan ustodlari oʻttiz yilda oncha bitimaqdurlar. Holo tahsidgʻa mash-gʻuldur, derlarkim,
rushd osori zohirdur
(51)
. Bu ruboiy aningdurkim:
Chung man ba gʻami tu dar jahon farde nest,
Dil soʻxtai niyozparvarde nest,
Xoham gʻamu dardi xeshro sharh kunam.
Lekin chi kunamki, hech hamdarde nest
(52)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |