Alisher navoiy- so`z mulkining sultoni tadbiri boshlovchi



Download 22,11 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi22,11 Kb.
#19342
ALISHER NAVOIY- SO`Z MULKINING SULTONI - TADBIRI

Boshlovchi: Turk dunyosi adabiyotining ravnaqiga ulkan

Hissa qo’shgan so’z mulkining mutlaq sultoni

Nizomiddin Mir alisher navoiy tavalludining

571 yilligiga bag’ishlangan badiiy kecha bu

Yil o’zgacha ruhda o’tkaziladi.chunki

Hurmatli yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning “Yuksak  ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida

Shoir haqida ajoyib fikrlar talqini bo’yicha kecha tashkil etilgan.
Boshlovcni:

Kimni tilasang bilay, maqolin angla,

Aslin desang anglayin, fiolin angla,

Kirdorig`a boqib, asl holin angla,

Aslig`a  dalil aning xisolin angla.

Deya misralar bitgan millatimiz quyoshi

Alisher Navoiy har qancha e’tirofga,tahsinga sazovor.
Boshlovchi: Ha, hurmatli prezidentimiz o’zining “yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida:” O’zbek Xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan. Ulug’ zotlardan Alisher Navoiyni avliyo desak ,u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak,mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak,shoirlarning sultonidir”,-deb e’tirof etganlar. Haq gap.
Boshlovchi:

Hozir e’tibo0ringizga taqdim etiladigan

Badiiy kechamizda o’zingiz guvoh bo’lasizlar.

So’z zohir etar ishi ko’pragidin

Til muxbir erur ko’hgil nihon emgagidin.

Fahm ayla kishi holini so’z demagidin,

Kim, berdi xabar hadisi ko’nglidagidin.          

Marhamat, biz ertaklar olamida emasmiz, lekin ertaknni-i-i…


Malika budur: (yugurib chiqadi va qo’girchog’ini irg’itib) Men yutdim, men yut-

dim. Endi shartlarimni bajarasan, bajarasan.


Oloviddin: Qanaqa shart?
Malika Budur: Jinga buyur, bizni shunday joyga olib borsin. Ham buyuk insonlar

bo’lsin, ham bir-biridan ajoyibu g’aroyib voqealarni kor’moq istarman.


Oloviddin: Malika, bu ishlar meni qo’limda emas. Jin chiroqqa qaytib kelgan

bo’lsa bajonidil( chiroqni olib ichiga nimalarnidir shivirladi va ishqalab yerga otdi. Shovqin bilan jin paydo bo’ladi)


Jin: Amringizga muntazirman, xojam.
Oloviddin: Ulamolar , aql, qalb ko’zlarini ravhanlashtirayotgan odamlarni ko’rmoq istayman.
Jin: (soqolidan uzib afsun o’qiydi) Hakkalla-dukkalla-cho’kkalla…
Malika Budur: Vuy,chiroyliligini…
Oloviddin: Jim, mana bu joyga o’tir.
Sahna 15-asrdagi ko’rinishda bezatilgan. Xontaxta atrofida to’rt-besh shoirlar ashor o’qishardi.
Alisher Navoiy: Lalingni qilib nuqtasaro, ey qora ko’z,

Ishq ahli hayotiga yaro, ey qora ko’z

Chekma yana surma ko’z aro, ey qorako’z

El qonig’a  ko’z qaro, ey qorako’z.


Shoirlar:                  Ofarin, tasanno, bali-bali deb baho berarlar. Misralarg’a jo bo’l-

g’an ma’nisi meni ko’p hayron qoldiradur.


1-shoir: Avvalgi mushoirada bu ruboiy ustida bahs-munozara bo’lg’onini

eshitib erdik.Mir Alisher ne boisdin sizning bul shoh misralaringiz

bahsga sabab bo’lg’on erdi?
Alisher Navoiy: Menim xos hattotim bir oz betoblanib erdi. Havasmand hattotdan

biri chiroyli kochirishga olib ko’chiribdur. Biroq qora ko’z so’zida  bir nuqtani tushirib qoldirg’onlig’in bilmagan.Uni o’qig’on shoiri buyuklar “Alisher “ko’z” emas “ko’r” yozibdi xato yozibdi, o’zlari nuqson-qusurga yo’l qo’yibdilarmi, boshqalardan nimani

kutish mumkin” degan gap qulog’imga chalindi. Aslini ularg’a uzotib “meni ko’r qilg’onlar, ko’r bo’lsin” deb anga javob berib yubordim.
Shoirlar: -Xato yozadirg’on hattotdan hattot chiqmas, ko’ngli egridan tog’-

ri gap chiqmas deb bekorga aytmaslar, - debdilar.


Malika Budur: Oloviddin, ul Mir Alisher haqida ko’p bilmoqchiman.Menga hiko-

ya qilib bersinlar. Tezroq.


Oloviddin: (Chiroqni ishqalaydi,jin hozir bo’ladi va xojasining amrini kutadi)

Jin, malika Budurga hikoyalar biladiganlarni ko’rsat. Kim haqida bilmoqchiligini anglagandirsan.


Jin: Amringiz bajariladi, xojam.

Boshlovchilar chiqib keladilar.


1-boshlovchi: Turk dunyosi adabiyotining eng mashhur va buyuk shoiri Alisher

Navoiy 1441-yil 9 fevralda Amir Temurning o’g’li Shohrux Mirzo shohligi davrida Hirotda tug’ildi.Uning otasi G’iyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan, onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan,ismi ma’lum emas.Alsherning Bobosi Temurning o’g’li Umarshayx bilan ko’kaldosh bo’lgan.


2-boshlovchi: Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazo-

ratda o’sdi.Kichiklik chog’idan she’r va musiqaga ishqi tushgan. Olimu fozillar davrasida bo’ldi. Uch-to’rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning she’rini yoddan aytib mehmonlarni hayrtga soldi. Besh yoshida maktabga berdilar.U bo’lajak sulton

Husayin Boyqaro bilan birga o’qidi.7-8 yoshidan she’r yozgani ma’lum. 12 yoshida zamonasining mashhur tarixchisi Mirshohiy bilan xat yozishgan.15 yoshida keksa shoir Lutfiyning lutfiga sazovor bo’lgan.Shoirlar sultoni 1469-yilgacha Hirot,Mashhad va Samarqandda tahsil oldi.
3-boshlovchi: 1469-1472 yillarda muhrdor, 1472-1476 yillarda vazir bo’lib ishladi,

1487-1488 yillarda Astobodda hokimlik qildi.Tabiatdan ijod kishisi bo’lgan Alisher Navoiy turk tili va adabiyotining ravnaqi uchun Bobur tabiri aytganda unga qadar bu tilda bunchalik “ko’b va xob” yozmagan edi.1465-1466 yillarda muxlislari 25 yoshgacha yozgan she’rlarini to’plab “Ilk devon” nomi bilan mashhur bo’lgan “Devon” ni tuzadilar. 1472-1476 yillarda “Badoe ul-bidoya”,1476-1483 yillarda “Navodir un-nihoya”, 1481-1482 yillarda “Vaqfiya”,1483-1485 yillarda “Xamsa”,1488 yilda “Tarixi mulki ajam”,1490 yilda “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Xamsat ul-mutahayirin”, “Holoti

Pahlavon Muhammad” asarlarini yozgan. 1490-yilda “Hazoyin ul-maoniy” 4 devondan iborat asarni yozadi, 1491-yilda “Risolayi muammo”, “Arbain”, “Nazm ul-javohir” asarlarini 1495-1496 yillarda “Nasoim ul-muhabbat” asarini,1498-yilda “Majolis un-nafois” asarini 1499-yilda “Lison ut-tayr”,1500-yilda “Mahbub ul-qulub”  asarini

va yana ko’plab asarlar yaratgan.



1-boshlovchi: Muso Toshmuhammad Oybek tabiri bilan aytganda “Alisher Navoiy

asarlarini o’rganishga inson umri yetmaydi”.

Olimu odam fidong o’lsunki, borsen sen habib,

Sen g’araz insondin, ar olamdin insondin g’araz.

Azizlar,“Qizlar gulshani” guruhi ishtirokida Alisher Navoiy ruboiy va

gazallaridan tinglang.

Ko’nglungni arit barcha yomon xislatdin

Kim,yaxshi qilig’ dadil erur raxmatdin,

Badxo’ylik ul vahshat erur shiddatdin

Kim, elga xalosliq yo’q ul vaqshatdin.

Boshni fido ayla ato qoshig’a,

Jismni qil sadha ano boshig’a…

Tun –kunung’a  aylagali nur fosh,

Birisin  oy angla, birisin quyosh.

*******************************************************************

Har kimki, haloyi hra dono ko’rinur,

Oyini xirad aro tavono ko’rinur,

Faxr asl bila ajab tammano ko’rinur,

Faxr aylasa fazl birla avlo ko’rinur

Ista ato yo’lida jon fido qilmoq.                     Har kimki, falak zulmu inodig’a yetar,

Qulluq onoga ham ulcha imkon qilmoq,        Sabr aylagan oxir e’tiqodig’a yetar,

Zuxri abad istasang farovon qilmoq,              Chun bo’ldi sabir, Tengri dodig’a yetar,

Bil oni ato-onog’a ehson qilmoq.                   Sobir kishi oqibat murodig’a yetar.

Chun sinsa ko’ngul zaxmi zabon og’rig’idin  Uch qism ila imong’a bino fahm ayla,

Kim, ermas anning og’rig’i jon og’rig’idin,    Avvalg’isini anning hayo fahm ayla,

Har neki sanga yetar lison og’rig’idin,            Ikkinchisini dag’I vafo fahm ayla,

Bilgilki, qatiqdurur sinon og’rigidin.               Uchunchini bilmasang, saxo fahm

ayla.
Ruboiylar aytilgach, buyuk shoirning qiyida nomlari keltirilgan g’azallari aytiladi.

“Kelmadi” radifli g’azali

“O’n sakkiz ming…” g’azali

“Sanga” radifli g’azali

“Yo’q” radifli g’azali

“Kimga qildim bir vafokim…”g’azali
Malika Budur:   Oloviddin, men bu g’azallarni eshitib mashhur shoirning asarlarida-

biror qahramonga o’xshagim kelib qoldi.



Oloviddin:          Kimga?

Malika Budur:    Bilmayman. Lekin o’xshagim kelur.

Oloviddin:           (chiroqni olib ishqalaydi, jin xizmatga hozirligini bildiradi) Budur

ikkimizni tillarda doston bo’lgan Farhod va Shiringa aylantir.



Jin:                      Amringiz bosh ustiga, xojam.
“Farhod va Shirin” dostonidan kichik lavha ko’rsatiladi.
Shirin:                  Ki:”Ey na’layning o’rni qiblagohim!

Harami nazhating g’amdin panohim!


Farhod:                        Necha yetkay sanga mendin malolat,

Necha kelgay manga ondin xijolat.


Shirin:                  Boshimg’a tig’I g’am sursang ne bo’lg’ay,

Bu so’z deguncha o’ltursang ne bo’lg’ay,


Farhod:                         Meni hindidek otashgahga boshla,

Uzorim xolidek o’t ichra tashla.


Shirin:                  Ki,jismim bo’lsa ui o’t ichra nobud,

Sochimdek chiqqay ondin cnirmanib dud.


Farhod:                          Malolimdin bari olam qutulsin,

Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.


Shirin:                 Qulog’I mustami bo’lmay so’zimga,

Ko’zi oylar o’tub tushmay yuzumga.


Farhod:                           Tog’ ichra sel yanglig’ oqizib yosh,

Urub tosh uzra hardam seldek bosh.


Shirin:                 Xayolim birla ko’nglim kone aylab,

Firoqim ichra umrin zoye aylab.


Jin:                             Hakkalla, dukkalla,cho’kkalla. Aslingga qayt.

Malika Budur:     Voy, menga  Shiringa o’xshash yoqib qolgandi.

Oloviddin:           Malika Budur, bu tomonga qaragin, podishoh nimadandir

siqilganga oxshaydi.


“Dunyodagi ehg yoqimli hid” nomli sahna ko’rinishi.
Husayin Boyqaro:   Menga hoziroq dunyodagi eng yoqimli hid nimaning hidi

ekanligini  bilib kelinglar!


Mulozimlar:            Xo’p bo’ladi, Shaxanshoh.(chiqib ketadilar va Alisher Navoiy-

ga bu xabarni aytadilar)


Alisher Navoiy:      (Ko’p o’ylanadi va o’zi bilmagan holda yo’lga tushadi. Bir deh-

qonga duch keladi) Assallomu alaykum, bobo.


Bobo:               Voallaykum assalom, o’g’lim.
Alesher Navoiy:      Bobo, sizning suyagingiz mehnatda qotganligi ko’rinib turib-

di. Siz ko’p narsani bilasiz, albatta. Dunyoda eng shirin hid nimaning hidi bo’lishi mumkin?


Bobo:                      Ha, menga otam dunyoda kishi ko’ngliga tegmaydigan hid nonning

hidi degandi.


Alisher Navoiy:      Rahmat bobo,umringiz uzun bo’lsin,-deb shoh oldiga keladi.

Sultonim, mulozimlar har tomonda dunyodagi eng shirin hid nimanikiligini bilishni istab yuribdilar.Agar meni bir qoshiq qonimdan kechsangiz,men aytsam.


Husayin Boyqaro:   Vaziri a’zam, siz tog’ri javob aytishingiga hech shubha yo’q.

Marhamat, ayting.


Alisher Navoiy:      Bu yangi yopilgan nonning hididur.

Husayin Boyqaro:   Barakalla, xudaychi,vazirga boshdan oyoq sarpo keltiring.

Alisher Navoiy:      Sultonim, bunday mukofotga men emas, menga bu javobni aytgan dehqohbobo haqlidur.

Husayin Boyqaro:  Yana bir sarponi dehqonga beringlar.

Malika Budur:         Oloviddin, qarang-a, biz bilgan shoir nafaqat ijod kishisi,balki

To’g’riso’z kamtarin ham bo’lgan ekan.


Oloviddin:               Har qancha ehtiromga, ardoqqa, ibratga loyiq shoir ekan.

Malika, bugungi sayohat sizga yoqdimi? Endi qasrga qaytsak ham bo’ladi.Otangiz sizni qidirtirayotgan bolsalar kerak.



Malika Budur:         Sayohat tugadimi,afsus, mayli qaytsak qaytamiz-da.Boshlovchilar:         Azizlar,buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlangan

Badiiy  kecha o’z nihoyasiga yetdi. Yakuniy so’z…..
Download 22,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish