Алишер Навоий туркий тил наздида



Download 221,4 Kb.
bet10/11
Sana23.02.2022
Hajmi221,4 Kb.
#137963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Til haqida she'rlar

Shukur Qurbon
ONA TILIM
Qasida

Yuragimning qoshida
Sayrab turgan bulbulim,
Sensiz ochilmas gulim
Ruhiyat bo’stonimda,
Ona tilim, jon tilim.
Qadim ajdod qonida
Seni tanidi dunyo,
Insoniyat tongida
Berding qalbdan aks-sado.
Suvrat bo’lib chekilding
G’orlar ichra birma-bir:
«Ona qo’shuv bola», sevmoq bu,
«Yurak qo’shuv yoy o’qi»—sabr.
Ashshuriy, bobil, okkad
Taraqqiyoti bir yon,
Bir yon bo’ldi quyoshli –
O’lka quchgan sharaf-shon.
Ma’naviyat ufqida
Noming mangu aylandi.
Shumerlar mixxatiga
Ohanglaring joylandi.
Tosh, deganni kim-kimlar
Tepib o’tmagan befarq,
Lekin sen bois uni
Boshga ko’tardi bashar.
Misli ong dengizida
Zarrin mavj bo’lib qalqding.
Buyuk «O’rxun-Enasoy
Yozuvlari»da balqding.
Shakl—misli libosdir,
O’zgarar o’tib zamon.
Ayniqsa, bosqinchi yov
Bo’lsa boshda hukmron.
Ayniqsa, u bor yerda
So’zlashsang o’z tilingda,
Bilmay xunob bo’lsa u
Ne borligin dilingda.
Zo’rlab-da o’z yozug’in
Peshonangga o’yar u,
Yot tilda chuldiratib
Tomoshangni ko’rar u.
Biroq mazmun-mohiyat
Hokim erur shaklga.
Arab imlosi bo’yin
Egdi turkiy aqlga.
Navoiyday farzanding
Dunyoga keldi shu kez.
Seni deb sarg’ardi u,
Qon tupurdi erta-kech.
Parvoz etib nazm aro,
Osmonlarga urding bosh,
Lekin tuproqni qo’msab,
Pinhona to’karding yosh.
Ta’zimda bo’y-bastingga
Yetmish olam bosh egdi.
Go’zal «Boburnoma»da
Oyog’ing yerga tegdi.
Yer dardlari shu ondan
Seniki bo’ldi butkul,
Falakdan baxt so’radi
Mashrab – isyonkor o’g’il.
Yana shoir zarur bo’ldi
Sening so’z minbaringga,
Ona-tilim, chiqdi shoir
Turdi, yarab koringga.
Muqimlikni ko’rding yillab,
Yig’lab yurding furqatda.
Ko’plar seni unutdi
Davomli bu kulfatda.
Tumtaroq xonliklardan
Turfa jaholat qoldi.
Kim necha yillar yanglish
Xalqim omi sanaldi.
Kim aytar «bu g’alvirdan
Oson o’tdi vatanim».
Men aytarman, “ne baxtki,
Omon o’tdi vatanim».
Bois – har so’zing uni
Kelajakka chorlardi.
She’riyat osmoningda
Cho’lponlaring porlardi.
Yangrarding avj pardada
Yana-da hur, yana shan.
Lekin, odat, boqdilar
Senga ham hasad bilan:
Bir burchakda to’planib
Til bilmas uch-to’rt g’alcha,
Farzandlaring boshiga
Musibat soldi qancha.
Kitob ko’targan kimsa
Tahlikali ko’rindi,
Nonday aziz bitiklar
Yerga pinhon ko’mildi.
Asil shoirlaringni
Xalq dushmani dedilar,
Qarg’adilar, so’kdilar,
Bir-bir boshin yedilar.
Shoirni o’ldirarlar,
O’ldirib bo’lmas so’zni.
Sen tirik qolding yana,
Xalqimning ko’rar ko’zi.
Ne tong, Mustaqillikning
Shamollari esib shan,
Olding davlat maqomin
Qancha til aro rasman.
Peshonangga taqdirning
Saodati yozilgan.
Bugun senda Qur’oni
Karim, hadis bosilgan.
Men ham—ulug’ligingga
Orqa qilgan qalamkash.
Senda qanday kuyladim,
Elga havola yakkash.
Tasodif ko’p dunyoda,
Shoir bo’lsam-da bir kun—
Hikmating men uchun bu,
Muruvvating men uchun.
Bo’lolmasam, ayb menda,
Sevolmabman seni, oh.
Har ikki holatda ham
Senga sodiqman biroq,
Ona-tilim, jon tilim.
Zero men senikiman,
Sen tuygan zavqnikiman,
Sen kuygan qayg’uniki,
Ona-tilim, jon tilim.
Sen mangusan, baqosan,
Men esam – o’tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men – lahzalik xotirot.
Ona tilim, jon tilim.
Sensiz men so’ladirman,
Devona bo’ladirman.
Tuqqanimga yetti yot
Begona bo’ladirman,
Ona-tilim, jon tilim –
Yuragimning qoshida
Sayrab turgan bulbulim.

Download 221,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish