Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети педагогика факультетининг Бошланғич таълим ва спорт бўлимининг сиртқи бўлим курс талабаси Очилова Дилфуза синф «Ўқиш китоби»да А


II.BOB. O'qish darslarida she'rlarni o'rgatish



Download 125,31 Kb.
bet5/7
Sana17.07.2022
Hajmi125,31 Kb.
#810631
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-sinf o\'qish darslarida

II.BOB. O'qish darslarida she'rlarni o'rgatish
2.1.She'r va uni o'qitishning usullari.
Ma'limki, o'qish kitoblaridagi aksariyat mavzularni she'rlar qamrab olgan.
Quyidagi she'r nomlari va mualliflarining ro'yxatiga e'tibor beraylik:
O'qish 1-sinf
She'r:

  1. Vatan - bu... Po'lat Mo'min, 5-bet.

  2. O'zbekiston askarlari. Odil Abdurahmon, 8-bet.

  3. Ota rozi - Vatan rozi. Eson Rahimov, 9-bet.

  4. Qish. Tursunboy Aashboyev, 11-bet.

  5. Oy allasi. Odil Abdurahmon, 13-bet.

  6. Vatan. Miraziz A'zam, 1-bet.

  7. Quyoshdan erta turib. Yo'ldosh Sulaymon, 17-18-bet.

  8. Bahor kelgach. Tursunboy Adashboyev, 36-bet.

  9. Lola. Hamid Olimjon, 37-bet.

  10. Mehribon oyijonim. Po'lat Mo'min, 39-40-bet.

  11. Bekinmachoq. Anvar Obidjon, 41-bet.

  12. Navruz. Rauf Tolib, 44-bet.

  13. Maktab - oftob qo'shig'i. Quddus Muhammadiy, 47-bet.

  14. Kitob, mening do'stim. Zafar Diyor, 49-bet.

  15. Yaxshi niyat. Anvar Obidjon, 53-bet.

  16. Maslahat. Ikandar Rahmon, 74-75-bet.

  17. Yer nima der? Po'lat Mo'min, 87-bet.

18.O'zbek elim. Odil Abdurahmon, 96-bet.

  1. Ming yashang. Yo'ldosh Sulaymon, 99-100-bet.

  2. Ulug'bek bobom. Po'lat Mo'min, 103-bet.

  3. Boychechak. Muhtarama, 104-bet.

22.Ota - ona. Tolib Yo'ldosh, 105-bet.
23.Qushcha. Abdulla Oripov, 106-bet.
24.Oftob va odob. Po'lat Mo'min, 107-bet.
25.Dil so'zlari. Habib Rahmat, 110-bet.
26.Ochiq gap. Nurllo Oston, 112-bet.
27.Oltin quyosh. Miraziz A'zam, 119-bet.
28.Turnalar. Ilyos Muslim, 121-bet.
O'qish 2-sinf
She'r:

  1. O'zbekiston. Abdulla Oripov, 4-bet.

  2. O'zbekistonim. Hamza Imonberdiyev, 5-bet.

  3. Istiqlol. Jumaniyoz Jabbor, 6-7-bet.

  4. Humo qushi. Po'lat Mo'min, 7-bet.

  5. O'lka. Erkin Vohidov, 11-bet.

  6. Sohibqiron bobomiz. Muxtor Xudayqulov, 14-15-bet.

  7. Vatan. Narimon Orifjonov, 15-bet.

  8. Yur tog'larga. Usmon Nosir, 17-18-bet.

  9. Tilagim. Yo'ldosh Sulaymon, 18-19-bet.

  10. Kuz. Kavsar Turdiyev, 21-bet.

  11. Olma. Erkin Vohidov, 22-bet.

  12. Gilos. Erkin Vohidov, 22-bet.

  13. Bog'da. Qambar ota, 24-bet.

  14. Dehqonga ta'zim. Tursunboy Adashboyev, 25-bet.

  15. Kuzda. Habib Rahmat, 26-bet.

  16. O'quvchiga esdalik. Quddus Muhammadiy, 28-bet.

  17. Kitob deydi. Quddus Muhammadiy, 29-bet.

  18. Orzular Rauf Tolib, 30-31-bet. Bu ro'yxatni uchunchi hamda to'rtinchi sinf darslilaridagi she'rlar hisobiga yanada kengaytirish mumkin. Ammo shulardan ham ko'rinib turibdiki, she'r ilmi - jiddiy ilmdir.

Albatta, darslikda berilgan har bir mavzu o'quvchilarning ongi va tushunchasi darajada berilib, mavzuning g'oyaviy-badiiy xususiyatlarini qanchalik idroq qila olishlari hisobga olinishi zarur.
Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining «Barkamol avlod o'rzusi» nomli kitobda «Farzandlarimiz bizdan ko'ra bilimli, kuchli dono va albatta baxtli bo'lishlari kerak» deb ta'kidladanidek, yosh o'sib kelayotgan avlod yoshligidanoq tarbiyali, o'qimishli qilib tarbiyalanishi kerak.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda «Ta'lim to'g'risida» Qonun ham shu maqsadga qaratilgan.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
O'quvchi matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standartli (DTS) talabalari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv- biluv ko'nikma-malakalari hamda bilimlari egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta'limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi.
Shu maqsadda «O'qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o'rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do'stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo'yicha atroflicha tushunchalar berishga mo'ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
O'qish darslari savod o'rgatish davrida o'quvchilarni bo'g'in, so'z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o'qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o'qish texnikasi egallangandan so'ng o'qish muayyan mavzular bo'yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
Boshlang'ich sinf «o'qish kitobi» darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o'quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib Kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to'g'ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. shunga ko'ra, o'qish darslarining yetakchi xususiyati o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash bilan birga, o'quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlarruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladishgan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ular ona tabiat yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muxabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat mavzular alohida ajralib turadi. ulardan ko'zlangan maqsad o'zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularni uyg'otishdir.
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam. mehnatsevarlik kabi mavzular o'qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo'lib, 2 sinf «O'qish kitobi»dagi «Ona yurtim-oltin beshigim» bo'limiga kiritilgan «O'zbekistonim» (H.Imonberdiyev), «Istiqlol» (J.Jabborov), «O'lka» (E.Voxidov), «Yur tog'larga» (U.Nosir), 3-sinfda «Ona bita, Vatanyagona» bo'limidagi «Vatan haqida she'r» (A.Avloniy), «O'zbegim» (E.Voxidov), «Vatan mo'tabirdir» (X.Davron), «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» (T.Malik), 4-sinfda «O'zbekiston» - Vatan manim bo'limidagi «Serquyosh o'lka» (Z.Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» (M.(Shayxzoda), «Xarita» (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o'tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ilug' siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o'quvchilarni faqat o'tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, vatan oldidagi farzandlik burchi va masuliyatini teran anglashga ham yordam beradi. ularda Vatanga muxabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o'timishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo'ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo'lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Tabiatga oid mavzular yordamida o'quvchilar tabiatdagi o'zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o'quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga. unga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi.
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashga tabiat bag'riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o'rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlil vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Umuman, «O'qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini boyitishga, og'zaki va yozma nutqini to'g'ri shakllantirish va nutq madaniyatini o'stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi «O'qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o'tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o'rgatiladigan «Ajdodlarimiz - faxrimiz», «Ilm - aql chirog'i», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o'quvchilarning oldingi bilimlarini to'ldiradi va boyitadi.
Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviy-axloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang- barangligiga, poetik mukammalligiga, o'quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi.
O'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikma va malakalarning kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib yetishishlariga erishish o'quvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
Boshlang'ich ta'lim bo'yicha DTS va «Ona tili» o'quv dasturida o'qish ta'limi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to'g'ri tashkil qilish, o'qish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'likdir.

Shu o'rinda, bir fikrni aytib o'tishni o'rinli hisoblaymiz.


Bir qancha o'qituvchilar, metodik qo'llanmalarning avtorlari adabiyotni faqat o'quv materiali deb hisoblab, adabiyot darslari bolalarga faqat plan tuzishni, qahramonga xarakteristika berish yo'llarini, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirishni o'rgatadi, deb talqin qildilar. Ular adabiyotning estetik ta'sirini, shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam berishni ikkinchi o'ringa qo'ydilar, ba'zan adabiyotning bu xususiyatini batamom unutib qo'ydilar. Shuningdek maktabga adabiyot darsi hozirgi zamon hayoti bilan yaqndan bog'lanmadi va o'quvchilarni uncha qiziqtirmadi. Bu hol o'qituvchining zimmasiga adabiyot darsini qayta ko'rish va uni yangi talablarga mos shaklda tashkil qilish kabi g'oyat muhim vazifani qo'ydi. Hozirgi o'rta maktablarda adabiyot o'qitishni ijtimoiy hayot talablari bilan o'quvchilarning mehnati bilan uzviy bog'lash ta'limning bosh masalasidir. O'quvchilarga beriladigan bilim va ularga hosil qilinadigan ko'nikmalar ta'sirli, o'quvchilarning yangicha yashashlari va ijodiy mehnatlari uchun yordam beradigan bo'lishi lozim. Bu talab o'qituvchining diqqat markazida turishi kerak.
O'qituvchi o'quvchilarga adabiyot fani asoslarini, adabiyot tarixi va nazariyasi puxta tushuntirib borishi lozim. Lekin fan asoslarini tushuntirishda uning hayotiyligini, biror maqsadga qaratilganligini o'quvchilar ongiga singdirib borish zarur. Shundagina adabiyotning zamonaviyligi to'g'ri ochiladi va o'quvchilar adabiyotni o'z hayotiy tajribalari bilan bog'lay oladilar.
O'quvchilarning hayotiy tajribalari cheklangan, ularning odamlar haqidagi tushunchalari hali zaif, subyektiv va beqaror bo'ladi. Badiiy adabiyot o'quvchilarning tasavvurini kengaytiradi, ularning ko'zi oldida yangi dunyo yangi hayot ochadi, ularning xilma-xil davrlarga olib kiradi, har xil odamlar va ijtimoiy sinflar bilan tanishtiradi. Shu tariqa, badiiy adabiyot o'quvchilarning inson va jamiyat haqidagi tasavvurlarini kengaytirib boradi, ularning shaxsiy tajribalarini tartibga soladi va chuqurlashtiradi, kuzatishlarini o'tkirlashtiradi, insonning tabiatini bilishga o'rgatadi.
Adabiyot o'qitishning yana bir fazilati shundan iboratki, o'qish va asarni o'rganish o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishga kuchli ta'sir etadi.
Bolalar maktabga kirgan vaqtlarida ozgina so'z zapasiga ega bo'ladilar. Ular o'z nutqlarida shevaga xos so'z va iboralarni ko'proq ishlatadilar, jumladan ko'pincha noto'g'ri tug'ri tuzadilar. So'z san'atkorlarining programmaga kiritilgan asarlari nutq madaniyatini taraqqiy ettirishda asosiy rol o'ynaydi, o'quvchilarni adabiy nutqqa o'rgatishda katta yordam beradi. O'qituvchi esa o'quvchilar nutqining lug'aviy, mantiqiy va grammatik jihatdan o'sishiga alohida diqqat qilishi lozim.
Demak, o'quvchilarga badiiy adabiyot vositasi bilan axloqiy-estetik tarbiya berish hozirgi maktablarimizning asosiy vazifasidir.
O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o'rgatish, kitobga muhammat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish.
O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yutuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
O'quvchilarning bog'lanishni nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o'stirish.
O'quvchilarning xayolot olamini boyitish.
Elementar adabiy tasavvurini shakllantirish.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo'lib ular zamonaviy o'qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o'zaro bog'liq holda va sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o'rta ta'limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta'kidlangan.
Ilg'or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o'qituvchi va o'quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o'qishga o'rgatish yo'l-yo'riqlarini o'qish metodikasi ishlab chiqadi. O'qish metodikasi kichik yoshdagi o'quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
O'qish darslarining samaradorligi ko'p jihatdan ta'lim metodlarining to'g'ri tanlanishiga bog'liq. Binobarin, fanning o'zi kabi o'qish metodlari ham doimiy rivojlanishga bo'ladi. Masalan, eski maktablarda o'qish quruq yod olish metod asosida o'rgatilgan bo'lsa, hozir izohli o'qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so'zlarga izoh berishga, ma'nosini tushuntirishga, o'qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o'qishning ongli bo'lishga mutlaqo e'tibor berilmagan. Ularda ko'proq to'g'ri talaffuz, qiroat bilan o'qish ifodali o'qish nazarda tutilgan.
Hozir maktablarda o'qish izohli o'qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug'iladi: Izohli o'qish nima?
Izohli o'qishga XIX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D. Ushinsikiy asos solgan, u o'qishga o'quvchilarni «ongli tushunib, o'ylab o'qishga» o'rgatishni alohida ta'kidlaydi va uni «Izohli o'qish» deb nomlaydi.
Izohli o'qish K.D.Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o'qish o'quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o'quvchilarga o'qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog'liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.
Professor Asqar Zunnunov o'qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, o'quvchilarning oldin bilimlarini o'zlashtirishga, so'ng yod olishlariga e'tibor berilishi ta'lim jarayonida izohli o'qish deb nomlanganini ta'kidlaydi.
Demak, izohli o'qish deb o'ylashga, his qilishga, asarni to'liq idrok qilishga, o'qilganning mazmunini o'zlashtirishga olib keladigan o'qishga aytiladi. Izohli o'qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan qoyani anglashni ta'minlaydi.
Izohli o'qish quyidagi tamoyillarga to'liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo'ladi:

  1. O'qishni hayot bilan bog'liq holda tashkil etish.

  2. O'qishning ongli va ta'sirchan bo'lishi uchun o'quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish.

  3. O'qishni ko'rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o'simliklar dunyosini kizatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o'quvchilarning ifodali o'qishi tarzida olib borish.

Boshlang'ich sinf o'qish darslarida asosan she'rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o'qib o'rganiladi. Tabiyki ularning har biri o'ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o'ziga xos usulda o'qib o'rganish taqozo qilinadi.
Badiiy asarni izohli o'qishga yaqin bo'lgan metodlardan biri ijodiy o'qishlardir. Atoqli emetodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o'qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi:

  1. o'qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o'qishi hamda o'quvchilarning asarni to'g'ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emosional idrok etishlarini t'minlash maqsadini ko'zda tutuvchi so'zi;

  2. o'qilgan asardan o'quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadida ega bo'lgan va ularning diqqatini matnning muhim g'oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo'naltirilgan suhbat uyushtirish yoki o'qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo'yilishi;

d) o'qituvchining asar o'qilganidan keyin o'quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida tug'ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko'zda tutuvchi so'zi.
Ko'rinadiki, ijodiy o'qish izohli o'qishdan farqli o'laroq, to'g'ridan-to'g'ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashini taqoxzo etadi. Masalan, 4-sinfda A.Oripovning «Dehqonbobo va o'n uch bolakay qissasi» asarini ijodiy o'qish metodi asosida o'rganish jarayonida matn mazmuni va shoir qoyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog'liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda «O'tinchi yigit», 3- sinfda O'tkir Xoshimovning «Xazonchinak», 4-sinfda S.Anorboyevning «Qo'rqoq» asarlarini ham ijodiy o'qish metodi asosida o'qitish ijobiy o'qish metodi asosida o'qitish ijobiy samaralar beradi.
Avvalo, o'qituvchi shunday temani bir butun holda tasavvur qilishi zarur, ya'ni turmushni bilish nuqtai nazaridan bu tema o'quvchilar uchun qanday yangiliklar berishi, bu tema bolani axloqiy-estetik jihatdan qanday tarbiyalashi, badiiy mahoratni tushunish va o'quvchilarning nutqini o'stirish kabi masalalar o'qituvchining diqqat markazida turishi zarur. Mana shunday umumiy vazifalar aniqlangandan so'ng, adabiy materiallarni har bir darsga bo'li zarur. Har bir dars metod va usul tomonidan xilma-xil bo'lishi mumkin va o'quvchilarning qiziqishlarini so'ndirmaslik, ularning asardan olgan taassurotlarini zaoiflashtirmaslik lozim. Har bir dars tamomlangan bo'lishi va o'tgan dars bilan, kelgusi yangi dars bilan bog'lanishi zarur. O'qituvchi dars planini tuzayotgan vaqtida sinfning ahvoli uning diqqat markazida turishi kerak. Agar darsga kirgan ilmiy bo'lim mudiri yoki biror ona tili va adabiyot o'qituvchisi asarni murakkab va zerikarli deb topsa, dars planini qaytadan tuzish va materialga ijodiy munosabat bo'lish zarur.
Materialni takrorlash asosida yangi materialni o'zlashtirish darsi tashkil qilinadi (takrorlash o'quvchilarning bilimini tekshirish va baholash bilan bog'lanmaydi).
O'qituvchi rahbarligida o'quvchilarning yangi materialni o'zlashtirishlari va ayni vaqtda ularning o'zlashtirganliklarini tekshirish.
Bilimni mustahkamlash asosida o'quvchilarning mustaqil ishlari.
Boshqa dars materiallari asosida uzoq o'tilganlarni takrorlash.
Darsning hamma bosqichlarida o'quvchilarning bilimlarini aniqlash. Jurnalga baho qo'yish.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarga ifodali o'qish ham boshlang'ich ta'lim tizimida mantiqiy o'qish (matnni to'g'ri, tushunib, tez (me'yorida) o'qish) va adabiy o'qish mukammal o'zlashtirilganidan so'ng ifodali o'qishga o'tiladi. U yod olingan she'riy asarlarni ifodali o'qishni ham o'z ichiga oladi. Ifodali o'qishning muvaffaqiyati o'quvchilarning asar mazmuni, g'oyaviy-badiy xususiyatlari haqida muayan tushunchaga ega bo'lishi bilan bog'liq.

Ohang va intonasiya she'riy asarlarni ifodali o'qishga qay darajada muhim bo'lsa, nasriy asarlarni o'qishga ham muhim talablardan biridir.


Nasriy asarlarni ifodali o'qishdan oldin unda qanday g'oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To'xtaboyevning «Xatosini tushungan bola» hikoyasini ifodali o'qishdan oldin o'quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo'lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to'g'risida tushuncha beriladi.
Ifodali o'qish oldiga qo'yilgan bu talab M.Abdurashidxonovning «Har kim ekkanini o'rar», Sh. Sa'dullaning «Laqma it», A.Oripovning «Dehqonbobo va o'n uch bolakay qissasi» kabi she'riy hikoyalarini o'qishga ham xosdir.
Boshlang'ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o'qish katta ahamiyatga ega. Badiiy o'qish ifodali o'qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so'z san'atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o'quvchidan asar ruhiga batamom kirishi, san'atkorona o'qishni talab etadi. Badiiy o'qishga asar qahramonlarining ruhiy holat, kechinmalari to'la anglab etilgandagina ta'sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o'qishga tayyorgarlik ko'rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Boshlang'ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o'qishning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan omillardan biri tanlab o'qishdir. Masalan, 3-sinfda X.To'xtaboyevning «Xassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki S.Anorboyevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan o'qituvchi topshirig'iga ko'ra mazkur o'rinlarni tanlab qayta o'qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik qimmatini chuqurroq o'zlashtirishga erishiladi.
Boshlang'ich sinflarning 3-4 sinlarida voqyea va tafsilotlar asosida o'quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qaxramonlarga baho berishda keng qo'llaniladigan usuldir.
O'qish darslarida reproduktiv metod keng qo'llaniladi. Masalan, o'qituvchi dastlabki darslarda o'zi asar matnini qismlarga bo'ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo'lgan muhim fikriga o'quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko'rsatadi, o'quvchilar bilan birga tasivr vositalariga yuklatilgan ma'noni ochib, o'quvchilariga ko'maklashadi.Bularning bari o'quvchilar uchun bir ko'rsatma vazifasini o'tadi. Shundan so'ng o'quvchilar o'qituvchilarning ko'rsatmalari yordamida yuqorida ko'rsatib o'tilgan vazifalarni o'zlari mustaqil ravishda bajaradilar.
Yuqorida ta'kidlangan metodlardan tashqari, boshlang'ich sinf o'qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan «Aqliy xujum», «Tarmoqlash», «Guruhlar bilan ishlash», «Blis texnologiyasi» kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo'llash o'qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va ruxta ishlab chiqilishi kerak.
O'qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari. Dastur talablarini to'liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o'qish ko'nikmalarini to'g'ri va puxta egallash va takomillashtirilib borish zarur. O'qish ko'nikmalari savod o'rgatish jarayonida shakllanadi, o'qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.
O'qish malakalari deganda badiiy asar matnini to'g'ri tez, ongli va ifodali o'qish tushuniladi. O'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi.
O'qish malakasining sifatlari o'zaro bog'liq bo'lib, ularningasosi ongli o'qish hisoblanadi. O'quvchi matnni tez va to'g'ri o'qisa-yu. anglab o'qimasa yoki uning tez o'qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to'g'ri o'qisa- yu, o'ta sekin o'qisa, nutq birliklari orasida to'xtamlarga e'tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to'g'ri o'qish ongli o'qishga xizmat qiladi, to'g'ri, tez va ongli o'qish esa ifodali o'qishning asosi hisoblanadi.
O'qish malakalarini egallash maktabda o'qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishning muhim sharti xisoblanadi. 3-sinf «O'qish kitobi» darsligida berilgan Miraziz A'zamning bir talay she'rlari oddiy haqiqatni lo'nda qilib berishga bag'ishlangan. Masalan, Miraziz A'zamning «Yer aylanadi» she'rini olib qaraylik. Bu bir oddiy gap, axir necha ming asrdanberi u aylanadi, yana aylanavereradi, bu haqda jozibali eshe'r bo'lishi mumkin emas, degan tushuncha xayolingizdan o'tadi. Lekin she'rni o'qiydigan bo'lsanshgiz sizning tasavvuringiz butunlay o'zgaradi. Murg'ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning aylanishi, onlarning o'tishi, shamolning esib turishi bidlan o'sib-ulg'ayishimiz, kamodl topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko'z o'ngimizdan o'tadi. Qilgan yaxshi-yomon ishlarimizni o'ylaymiz. «Yer aylanadi» - xuddi shu haqda bahs yuritadi:
Asta-asta shamol esadi,
Asta-asta yer aylanadi. Asta-asta odam o'sadi, Asta-asta aylanadi.
Asta-asta ulg'ayar aql, Asta-asta yer aylanadi. Asta-asta yetilar naql, Asta-asta yer aylanadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari, xususan, 3-4 sinflar hayot murakkabligidan unchalik xabardor emas. Ular o'qituvchilarning ko'magida, o'zlari tinglagan badiiy asarlar yordamida olam mujizalari, va turmush bilan tanishib boradilar.
O'qish faoliyatning asosiy turi bo'lib, o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o'qish malakalarini o'stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi.
O'qish malakasini egallash ancha murakkab bo'lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T.G.Yegorov o'zining «Ocherki psixologii obucheni detey chteniyu» nomli asarida o'qish malakalarini shakllantirish jarayonini ish bosqichiga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqichi va avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi, bunda so'zni bo'g'in harf tomonidan tahlil qilish va bo'g'inlab o'qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so'zni sidirg'a o'qish xarakteridir; bunda so'zni ko'rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so'z ma'nosini anglash bilan asosan mos keladi. O'qish so'z ma'nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O'quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o'tadilar. Bundan keyingi yillarda o'qish avtomatlasha boradi.
O'qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o'qish malakalarini takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'lsin.
To'g'ri o'qish xato qilmasdan, yanglishmasdan o'qish tushuniladi, ya'ni to'g'ri o'qish so'zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarini buzmasdan, so'zdagi tovush yoki bo'g'inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushi qo'shmay, harflar o'rganini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so'zga urg'uni to'g'ri qo'yib o'qish hisoblanadi. M.Odilova va T.Ashrapovalar «Adabiy talaffuz me'yorlariga qo'yilgan barcha talablar to'g'ri o'qish ko'nikmasiga ham taalluqlidir», - deb ta'kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to'g'ri o'qishga qo'yilgancha ta'rif bergan: «To'g'ri o'qish - bu materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko'chirishdir». Demak, to'g'ri o'qish so'zning tovushi tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me'yorlar asosida o'qishdir.
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga Miraziz A'zamning «Metallurg», «Aqlli bolalar», «Senga nima bo'ldi?», «G'alati tush», «Yer aylanadi», «Yerga dovruq solamiz» singari she'r, qo'shiq, ertak dostonlari kichik bolalarga bag'ishlangandir. U har bir asarida bolajonlar uchun albatta bir yangilik, bir yaxshi gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab toshadi va uni uddasidan chiqadi. Shu mavzularni idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o'rtasida puxta sintez bo'lgani uchun ular o'qishda xatoga yo'l qo'ymaydidlar. Ba'zilarda esa puxta sintez bo'lmashganligi uchun xatoga yo'l quyadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiynlashtiradi.



Download 125,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish