2-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning o‘zbekcha muvofig‘ini va antonimlarini yozing.
Плохо, позже, много, чистый, чисто, добрый, слабый.
3-topshiriq. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, yana qaysi holatlar inson salomatligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikringizni yozma bayon eting.
4-topshiriq. Savollarga javob bering:
Bugungi kunda o‘z bilimi, iqtidori, mehnati tufayli elga tanilgan insonlardan kimlarni bilasiz?
Kimga o‘xshagingiz, taqlid qilgingiz keladi, nima uchun?
Siz jamiyatda munosib o‘rin egallashingiz uchun, hurmat va obro‘ qozonishingiz uchun nimalar qilishingiz kerak?
Atrofingizda, kichik bo‘lsa-da, foydali mehnat qilib, boshqalarga yordam berayotgan, o‘rnak bo‘layotgan, har kuni o‘z vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan odamlar haqida nima deya olasiz?
Agar shu insonlar o‘z ishini qilmay qo‘ysa, nima o‘zgaradi?
“Har bir odamning qadriga yetish kerak” deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |