Турк адабиёти тарихи



Download 457 Kb.
bet26/63
Sana11.01.2017
Hajmi457 Kb.
#22
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63

Hoji Bayram she’rlaridan


Na bo‘ldi ko‘nglim, na bo‘ldi ko‘nglim,

Dardu g‘am ila to‘ldi bu ko‘nglim.

Yondi bu ko‘nglim, yondi bu ko‘nglim,

Yonmoqqa darmon topdi bu ko‘nglim.

Yon ey ko‘ngil yon, yon ey ko‘ngil yon,

Yonmoqdan topdi dardiga darmon.

Parvona kabi, parvona kabi,

Sha’miga oshiq yondi bu ko‘nglim.

Garchi u yondi, garchi u yondi,

Rangiga jumla olam bo‘yandi.

O‘zida topdi, o‘zida topdi,

Matlabini xush bildi bu ko‘nglim.

Savodi a’zam, savodi a’zam1,

Balki bo‘libdir arshi muazzam.

Matlabi jonon, matlabi jonon,

Bo‘lsa ajabmi, endi bu ko‘nglim.

Sayri billohdir, sayri billohdir,

Li ma allohdir, fano fillahdir.

Ayinasinda, oyinasinda,

Kirdi, sivoni2 topdi bu ko‘nglim.

“Al faqru faxru, ol faqru faxri”3,

Demadilarmi Ul olamlar faxri.

Faqr faxrini, faqr faxrini,

Mahvu fanoda topdi bu ko‘nglim.


Bayramiy endi, Bayramiy endi,

Bayram etarsan yor ila endi.

Hamdu sanolar, hamdu sanolar –

Yor ila bayram qildi bu ko‘nglim.

Bilmoq istasang o‘zni,

Jon ichra izla jonni.

Jondan kechib top uni,

Sen seni bil, sen seni.

Kim bilsa af’olini,

Ul bildi sifotini.

Unda topdi zotini,

Sen seni, bil sen seni.

Ko‘ringan sifotingdir,

Uni ko‘rgan zotingdir.

O‘zga na hojatingdir;

Sen seni bil, sen seni.

Kimki hayratga toldi,

Qalbi nurga g‘arq bo‘ldi.

Tavhidi zotni topdi,

Sen seni bil, sen seni.

Bayram o‘zini bildi,

Bilganni unda topdi.

Topgani o‘zi bo‘ldi,

Sen seni bil, sen seni.

* * *

Hech kimsa torta olmas, og‘ir falakning yoyi,



Dardiga ko‘ngil berma bir kun oladi voyi.

Chun u yuzini burdi, bir lahza qaror etmas,

Necha sarni poy etar, do‘nar-sar etar poyi.

Bir foniy vafosizdir, qavliga inonma hech,

Goh boyni etar yo‘qsil, goh yo‘qsil etar boyni.

Bayram, hamma olimlar bu ma’nining ostinda,

Qofdan Qofga hukm etar, bilmas bu muammoni.

Vohiddir ul vahbatda, kasratda fikr tafriq,

Xizr yetmadi bu sirga, bildirmadi Musoni.

Miskin hoji Bektosh, sen dunyoga ko‘ngil berma,

Bir ulug‘ imoratdir, olma boshga savdoni.

* * *


Mening maqsudim olamda emasdir, lekin illo hu,

Bu mening dardima darmon emasdir, lekin illa hu.

Emasdir huru-yu g‘ilmon, na jannat ko‘shki, na Rizvon,

Bu mening ko‘nglima sulton emasdir, lekin illa hu.

Aning naqshi hayotinda jahon bir zarra bo‘lmishdir,

Nazar etsang u zarradan ko‘rinmas, lekin illa hu.

Ey Bayramiy, agar idrok etarsan sen bu olamda,

Bu sirning sirriga kimsa erishmas, lekin illa hu.



Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish