Alijonova durdona farhodjon qizining



Download 8,09 Mb.
bet38/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
Bog'liq
topildiiii

Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931). Munavvar – “nur olgan”, “nurli” degani. Bu so‘zni ziyoli o‘rnida ham qo‘llaydilar. Qori – Qur’onni maromiga yetkazib o‘qiydigan kishilarga nisbatdir.
Munavvarqori o‘z nomiga munosib, maktab-maorif islohoti, milliy maktab yaratish, chet elga bolalarni o‘qishga yuborish, boylarning boshini qovushtirib, maorifga xizmat qildirish, turli xayriya jamg‘armalari tuzish kabi faoliyatida ham, adib va murabbiy sifatida ham ziyo tarqatuvchi zot edi. Ta’kidlash joiz, Munavvarqori boshqa jadid adiblariga nisbatan, juda kech – 1999-yilning aprelida oqlandi. Shungacha u haqda xorijda maqolalar yozilgan, xolos. Faqat istiqloldan




22Qarang: Barakayev R. O‘zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi. T., “Fan”, 2004.–B.27-29.
23 Qarang: B.Qosimov va boshq. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Т., 2004. –B.210.
keyingina B.Qosimov, S.Xolboyev, S.Axmedov, I.Abdullayev, N.Avezov, N.Ergashova kabi tadqiqotchilar maqolasida adibning jadidchilik, ma’rifatparvarlik hamda pedagogik faoliyati keng o‘rganila boshlangan. Bu haqda B.Qosimov shunday yozadi: “Munavvarqori yaqin tariximizning eng yorqin shaxsiyatlaridan. U millatning uyg‘onishiga yordam beradigan deyarli hamma soha bilan shug‘ullandi. Lekin ulardan uchtasi ajralib turadi. Bular: maorif, matbuot, siyosiy faoliyat”24. Darhaqiqat, muallimlik uning birinchi kasbidir. Munavvarqori 1901-yilda Toshkentda birinchilardan bo‘lib “usuli jadid” maktabi ochadi. Bunda uning darsliklari alohida qiymatga ega. U madrasalarda asosiy darslarni arab tilida emas, balki ona tilida olib borish, diniy saboqlar bilan birga, ijtimoiy fanlarni o‘qitish masalasini kun tartibiga qo‘yadi. Usuli jadid maktablari faoliyatini teran o‘rganib, ongda, fikrlashda, maorifda o‘zgarish yasamay turib, jaholatdan qutulib bo‘lmasligini birinchilar qatori anglab yetadi. Munavvarqori madrasalarda yillar mobaynida o‘qitiladigan bilimga tez, oson va yengil olib boradigan yo‘lni topish haqida qayg‘uradi. U yangi qo‘llanmalarni, fundamental, zamonaviy pedagogika asosida kichik maktab-madrasalarni tashkil etishni xohlardi.
Munavvarqori usuli jadid maktablari uchun suv va havodek zarur bo‘lgan darslik va dasturlarni ishlashga kirishadi. 1907-yilga kelib “Adibi avval” darsligini yaratdi. O‘zbek tilining deyarli ilk alifbolaridan bo‘lgan bu kitob Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” darsligi bilan oldinma-ketin bosilib chiqadi. U tez orada Turkistondagi barcha maktab o‘qituvchilari tomonidan yaxshi kutib olinadi va amaliyotga tatbiq qilinadi.
Islohotchi pedagog 1912-yilga kelib, o‘quvchilarga husnixat, jug‘rofiya, islom tarixi, turk qavmlari tarixi fanlarini o‘qita boshlaydi, maktab ostonasiga qorovul qo‘yib, ijtimoiy sohalardan saboq beradi.
Uning “Adibi avval” alifbe va “Adibus-soniy” o‘qish kitoblari darslik-majmua yo‘sinida yozilgan bo‘lib, ko‘plab she’r va ixcham hikoyalarni o‘z ichiga olganligi bilan diqqatga sazovor. Ular mavzusiga ko‘ra rang-barang: ko‘pchiligi axloqiy- tarbiyaviy, tarixiy, ijtimoiy mavzuda bo‘lib, yo‘nalishiga ko‘ra, ibratomuz pandlardan tashkil topgan; tili sodda, o‘qilishi qiziqarli.
Xususan, “Adibus-soniy” boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga alifbedan keyingi o‘qish kitobi ekanligi sababli bevosita kichkintoylar didi, tiliga mos, sodda usulda yozilgan. O‘sha davr alifbo va o‘qish kitoblarining o‘ndan ortiq ro‘yxati nazarda tutilsa, Munavvarqori darsligi kichkintoylar yosh xususiyati inobatga olinib yozilgan dastlabki o‘qish kitobi ekanligi oydinlashadi.
“Adibus-soniy”da bolalarni kindik qoni to‘kilgan ona-Vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, Vatan tuprog‘ini, uning benazir tabiatini to‘lib-toshib kuylash ruhidagi hikoyatlar alohida o‘rin egallaydi. Muhimi, bunday matnlar bolalarbop ifoda uslubiga egaligi bilan e’tiborni tortadi. “Adib us-soniy”dagi matnlarning ba’zilari mumtoz adabiyotdan davom etib kelayotgan va xalq orasida ancha mashhur rivoyatlar (“Iskandar Zulqarnayn”, “Odob”, “Iskandar ila Arastu”, “Yolg‘onchilik zarari”) bo‘lsa, ayrimlari rus adabiyotidan qilingan tarjimalar (“Ikki


24 Bu haqda qarang: B.Qosimov. Milliy uyg‘onish.Toshkent, “Ma’naviyat”, 2002. –B 235.
yo‘ldosh”)dir. Shu bilan birga, o‘qish kitobidan bolalar olami, ularning turli fe’l- atvoridan hikoya qiluvchi didaktik matnlar (“Ko‘r ila do‘xtir”, “Orif ila Sodiq”, “Ahmad ila onasi”) ham o‘rin olgan. Darslikdagi hikoya va she’rlar, qissadan hissa tariqasida keltirilgan baytlar esa uning bolalar adabiyoti namunasi sifatida o‘rganishga ham asos bo‘ladi.

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish