Alijonova durdona farhodjon qizining



Download 8,09 Mb.
bet17/103
Sana26.02.2022
Hajmi8,09 Mb.
#472897
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
Bog'liq
topildiiii

ERKALAMA VA OVUTMACHOQlar ham suyish qo‘shiqlarining bir-biridan farq qiluvchi mustaqil janrlari sanaladi. Ovutmachoqlar kichkintoylar g‘ashlanganda, chinqirib yig‘laganda, ehtiyojga aylanish oqibatida yuzaga kelsa, erkalamalar uchun esa, kayfiyatning ko‘tarinkiligi muhimdir. Erkalamalar mehr xuruji jarayonida yuzaga keluvchi badihalardir. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylansa, erkalamalar kayfiyat taqozosi tufayli yuzaga chiqadi.
ERKALAMALAR xalqning o‘z farzandlariga beqiyos mehr tovlanishlarini aks ettiradi:
O, shugina, shuginagina, Munchagina tunchagina. Shunchagina-kunchagina. Yashnab turgan g‘unchagina.
Mehr xuruji ona qalbini tug‘yonga keltirganidan u shu so‘zlar tizimi ritmida arzandasini ardoqlash, erkalash ohangini chuqur tuygan. Erkalamalarda “-gina”, “- ginagina” qo‘shimchalari faol, ularda kichraytirishdan ko‘ra erkalash ma’nosi bo‘rtibroq tovlanadi.
Erkalamalarning “Ha, lo‘tti-lo‘tti”, “Ha, do‘rsa-do‘rsa”, “Ha, kishta-kishta- kishta”, “Kishtala-kishtal” singari taqlidiy va so‘qma so‘zlar tizimidan iborat an’anaviy qolipga aylangan satrlar bilan boshlanuvchi qator turkumlari borki, faqat 2-3 yashar bolalarga mo‘ljallangan. Buning sababi – shu yoshdagi bolalar vaznining yengilligi, ularni havolata-havolata ko‘tarib tushirish o‘ngg‘ayligidir. Erkalama ham xuddi shu harakat ravishiga mutanosib ohangda shovqin solingan holda aytiladi:
Ha, do‘rsa-do‘rsa-do‘rsa. Bozorga otasi borsa, Go‘shtu birinch ketirsa, Onasi pazanda bo‘lsa.
Bolasi xo‘randa bo‘lsa.
Erkalamalarda kichkintoylar kelajagiga daxldor orzularni kuylash-yetakchi motivdir. Ular, asosan, yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga aytilsa-da, aslida bolalarni faol erkalash jarayoni 11-13-yoshga to‘lganlaridagina va hatto undan keyin ham davom etishi mumkin. Biroq bu davrda erkalash poetik shaklda kechmay, maqtash, xatti-harakatni ma’qullash va minnatdorchilik izhoridan iborat obrazli iboralar (“Yasha!”, “Balli!”, “Ofarin!”, “Rahmat”, “Barakalla!”, “Baraka top!” va hokazo) va olqishlar vositasida amalga oshadi. Erkalamalar bolalarda samimiylik tuyg‘usini tarbiyalaydi.
OVUTMACHOQLAR esa bolani tinchlantirish ehtiyojini qondiruvchi badihalardir:
Vo‘y-vo‘y, shuginani kim urdi? Vo‘y-vo‘y, shuginaga kim lab burdi? Yig‘lama, oppoqqinam,
Boshimdagi qalpoqqinam!
Ko‘rinayotirki, chaqaloqning yig‘isi onada uni tinchlantirish assotsiatsiyasini uyg‘otgan. Ona shu zaruriyatga ko‘ra so‘zga murojaat qilayotir. U so‘zbozlik qilayotgani yo‘q, balki so‘zni tashkil etgan tovushlar garmoniyasida tinchlantiruvchi ohangga urg‘u berib, orom beruvchi, ovutuvchi ma’noni anglatishga, his etishga va tuydirishga erishayotir. Bunda bolani bag‘riga bosib, beshik yo belanchakda tebrata turib, unga termulgan holda lablarni cho‘chchaytirib yoxud bolaning yupqagina lablarini qitiqlab, ovutuvchi ma’noning omuxtalashtirilishiga alohida ahamiyat berilishini ham unutmaslik darkor. Shundagina so‘zlarda ham, tovushlarda ham ohang, ma’no va harakatning o‘zaro muvofiqligi ovutmachoqning ritmik mehvariga aylana oladi. Buni his-hayajonni ifodalovchi so‘zlarning juftlashgan takrori bo‘rttirib ifodalagan:
Ho‘-ba, ho‘-ba, nega yig‘laysan? Ho‘-ba, ho‘-ba, nega big‘laysan? Ho‘-ba, ho‘-ba, big‘-big‘lama
Ho‘-ba, ho‘-ba, san yig‘lama.
Ho‘-ba, ho‘-ba .. jo..o..on, jo..o..on, Sadqa senga shirin jo..o..on.
“Ho‘-ba, ho‘-ba” taqlidiy so‘zidan tarkib topgan anafora mayin va cho‘zinchoq ohangda aytiladi. Tovushlar alliteratsiyasi asosida ohangdoshlik kasb etgan qofiyalar anaforadagi mayin va cho‘zinchoq ohangni to‘ldirib, izchil tarovatlanishini ta’minlagan. Natijada boladagi injiqlikni elita oladigan jozibali ovituvchi ohang yuzaga kelgan.

Download 8,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish